• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 20 » Erdo‘g‘on G‘arb davlatlarining koronavirusga tayyor emasligini aytdi
09:27
Erdo‘g‘on G‘arb davlatlarining koronavirusga tayyor emasligini aytdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on G‘arb mamlakatlari COVID-19 koronavirus infeksiyasiga tayyor bo‘lmaganini aytdi. Bu haqda prezident Anqarada koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi yig‘ilish yakunida ma’lum qildi, deb yozmoqda "RBK”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning avj olishi G‘arb mamlakatlari ijtimoiy himoya tizimining mukammal emasligini ko‘rsatdi.

"G‘arb mamlakatlari yillar davomida asosiy davlat xizmatlarini xususiy sektorga o‘tkazib, o‘z fuqarolariga g‘amxo‘rlik qilmadi. Aslida, bu javobgarlikdan qochish uchun qilingan”, — dedi Erdo‘g‘on.

Turkiya prezidentining qayd etishicha, ba’zi Yevropa davlatlari "liberalizmning ashaddiy tarafdorlari” bo‘lgan va bugungi kunda ular kasalxonalarni davlat ixtiyoriga o‘tkazmoqda hamda "omon qolgan omon qoladi” tamoyiliga amal qilmoqda.

Erdo‘g‘onning ta’kidlashicha, Turkiya yangi kasallikning tarqalishini diqqat bilan kuzatib bordi va uning xavfini yo‘q qilish uchun barcha imkoniyatlarini safarbar qildi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar 65 yoshdan oshgan fuqarolarga Istanbul va Anqarada niqoblar va dezinfeksiyalash vositalarini tarqatishni ko‘zlamoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tuzilishdagi global o‘zgarishlar bilan ajralib turadigan yangi davrga kirmoqda.

Turkiyada COVID-19 infeksiyasini yuqtirish bilan bog‘liq birinchi holat 11-mart kuni aniqlandi. Bir hafta o‘tgach, 18-mart kuni, mamlakatda koronavirusdan birinchi bemor vafot etdi. Jons Xopkins universitetining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada 191 kishi kasallikkni yuqtirgan, ikki kishi vafot etgan.

Turkiyada koronavirus tufayli barcha ta’lim muassasalari yopildi, sayyohlik mavsumi boshlanishi kechiktirildi. Koronavirus sabab Turkiya Superligasi ham to‘xtatildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda qayd etilgan koronavirus bilan bog‘liq bir nechta holat Turkiyadan qaytib kelgan fuqarolarda aniqlangan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:580 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031