Меню сайта
Супер премьера
Реклама
Загрузка...
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 126
Статистика



waplog
Statok.net


Сейчас онлайн: 65
Гостей: 65
Пользователи 0

kiler
Qahramonbek
123
kozimjon
vertex1006
abdulxay
Elyor_Media
5288392
12555345
Ota111
Тизер
Главная » 2016 » Oktyabr » 27 » Er-xotin o‘rtasidagi qizg‘in ehtiroslar davri abadiy emas... Bunga tayyor bo‘ling!
22:31
Er-xotin o‘rtasidagi qizg‘in ehtiroslar davri abadiy emas... Bunga tayyor bo‘ling!

Birgalikda o‘tadigan dastlabki maftunkor tunlar shu qadar qisqadek tuyuladiki, yosh kelin-kuyov qanday qilib tong otganini ham bilmay qoladi. Qorni och, kiyimi dazmollanmagan yoki hovlisi chala supurilgan bo‘lsa ham erkak va ayolning ko‘zlari porlab turadi. Sevgan yori bir zumga bo‘lsa-da hayolidan ketmaydi, ismi esa tilidan tushmaydi... Er-xotinning bir-biriga bo‘lgan telbalarcha intilishi vaqt o‘tgach oila oldidagi ma'suliyat hissiga joy bo‘shatadi. Juftlik munosabatlari u qadar lazzatli tuyulmay qo‘yadi. Oilaviy hayotning turli davrlarida kechuvchi bunday jarayon juftlik munosabatlariga xavf solishi tayin. Qanday qilib bunday "sovish” dan himoyalanish mumkin? Bu savollarga oliy toifali shifokor, androlog-seksopatolog Ramazon NAZAROV javob beradi.    

Birinchi yil. "Sensiz o‘laman!”

Kuyov imkon topildi deguncha ishidan ertaroq uyga qaytishga harakat qiladi. Kelin esa sepidagi eng chiroyli ko‘ylaklarini kiyib, pardoz uchun hafsala va atir-upani ayamaydi. Bir-biriga mehr to‘la nigohlar bilan soatlab tikilib o‘tirishadi. Sevimli futbol komandaning o‘yini ham, bitta qismi qoldirilmay ko‘riladigan serial ham unutiladi. Ehtiroslarga bo‘ysungan jinsiy hayotning jo‘shqinligi ertami-kechmi, yoshlarni charchatadi. Romantikaga bo‘lgan ishtiyoqning pasayishi natijasida yosh er-xotinning yotog‘i endi ikir-chikirlar borasidagi tortishuv maydoniga aylanadi. Turmushdagi tushunmovchilik va dilxiraliklar jinsiy hayotga rahna sola boshlaydi. Ishdan kech kelingani yoki taomning sho‘r chiqqanligi kabi holatlarda bir-birlariga yotoqdan bosh tortish bilan jazo qo‘llashlari ham mumkin. Bu davrning talofatlarsiz kechishini istaganlarga bir-birlariga e'tiborli bo‘lishlari hamda "yotoqxona inqirozi” sabab keskin xulosalarga kelmaslik tavsiya etiladi.

Uchinchi yil. Odatiy holat

Bu vaqtga kelib ko‘pgina juftliklar jinsiy hayotlariga "Bir oyda ikki marta, faqat shanba kuni!” iborasini kiritishadi, ya'ni belgilangan jadvalga amal qilishadi. Va bu ular uchun normal holat deb baholanadi. Albatta yangi kelin-kuyovlik davrlarida bu narsani eshitganlarida "menda hech qachon bunday bo‘lmaydi” deyishlari aniq edi. Jinsiy hayotga sovuqchilik tushishiga asosan bir narsa xavf soladi, u ham bo‘lsa tirikchilik tashvishidir. Yosh bola yig‘lab turganida, uyda kartoshka qolmaganida yoki chiroq haqini to‘lash kerak bo‘lganida "ehtiros” so‘zi ensani qotiradi  xolos...

Ammo iliq munosabatlarni saqlab qolishga harakat qilish faqat o‘zingiz uchun foyda: oyda bir-ikki marotaba bo‘lsa-da, hamma tashvishlarni ortga tashlab, faqat bir-biringizga vaqt ajratishga harakat qiling! Chunki jinsiy hayotning zavqli kechishi oilaviy munosabatlarning "yoqilg‘i”si sanaladi. O‘choqning so‘nayotgan oloviga o‘tin qalab turish kerakligini yaxshi bilasiz.

Yettinchi yil. Shu shartmi?

Bu davrga kelib ikkita xavfli vaziyat vujudga keladi. Ketma-ket farzandli bo‘lib, uyda o‘tirib qolgan ayol o‘zining tashqi ko‘rinishidan qoniqmaydi, "semirib ketdim, hayotdan ortda qoldim” deb tushkunlikka tushadi. Er esa ro‘zg‘orning g‘oridan, uyda ertadan kechgacha noliydigan xotinidan, biri olib-ikkinchisi qo‘yib to‘polon qiladigan bolalar xarxashasidan bezib, oilaviy hayot unga zerikarli tuyula boshlaydi.

Unutmang: er-xotin o‘rtasidagi ehtirosning mash'alasi ayol qo‘lida! Modomiki ayol o‘zini go‘zal va yoqimli va yoki aksincha hisoblar ekan, er faqatgina ayolining fikriga qo‘shiladi xolos. Latofatli, nazokatli, o‘ziga jalb qilishni biladigan ayolning yonida bo‘lish uchun erkak doimo uyiga oshiqadi. Ayolning mehri va mahorati erning atrofdagi begona "etak”larga o‘ralashmasligi uchun yaxshi sabab bo‘la oladi. Erkakning sevimli ayoli bilan yonma-yon nafas olish istagi ham shundandir. 

Tashvishga berilmang!

Jinsiy hayotni yaxshilash borasida seksopatolog hamda ruhshunoslarga murojaat qilayotganlarning aksariyati 5-7 yil davomida birga yashagan er-xotinlardir. Tajribali mutaxassislar maslahati "Bir kunda erni qaytariq qilaman” degan e'lonlardan ko‘ra ishonchli va foydaliroq bo‘ladi.
Demak, bir-biriga qiziqishi qolmaganidan er-xotinlar atrofga alanglay boshlashi mumkin. O‘zingizga mahkam bo‘ling, "uchinchi shaxs” qo‘shilishi oilani barbod qiladi!


Категория: Har-Hil | Просмотров: 546 | Добавил: Admin | Теги: Эр-хотин ўртасидаги қизғин эҳтиросл | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:46
Добро Пожаловать, Mexmon
Переводчик сайтов
Поиск
Для Android
Реклама
Календарь
«  Oktyabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Партнер
Загрузка...