• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 4 » Epidemiolog nima sababdan Germaniyada koronavirus qurbonlari soni kamligini izohladi
20:51
Epidemiolog nima sababdan Germaniyada koronavirus qurbonlari soni kamligini izohladi

"Sharite” universiteti tibbiyot kompleksi hamda Garvard universiteti professori Tobias Kurt "RBK”ga bergan intervyusida Germaniyada koronavirus qurbonlari sonining nisbatan kam ekanligini tushuntirib beruvchi ikkita omil mavjudligini ma’lum qildi.

Birinchidan, Germaniya pandemiyaga yuqori tayyorgarlik holatida yondashgan.

"Bizda epidemiyaga qarshi tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt bor edi. Bizning sog‘liqni saqlash tizimimiz shundoq ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa-da, biz uni yanada kuchliroq mustahkamladik”, — deydi Kurt.

Epidemiologning ta’kidlashicha, Janubiy Yevropa davlatlari, masalan, Italiya kasallar sonining keskin ortishiga duch kelgan va ularni davolash uchun tibbiyot muassasalarida joy, xususan, sun’iy nafas oldirish apparatlari yetmay qolgan. Bundan tashqari, Germaniya Yevropaning boshqa davlatlaridan farqli o‘laroq virus tarqalishining dastlabki bosqichidayoq uni sekinlashtirishga muvaffaq bo‘lgan, bu esa keksalarning kasalikka chalinishining oldini olishga xizmat qilgan.

Ikkinchidan, qurbonlar sonining kamligiga Germaniya jamoatchiligi va madaniyatining o‘ziga xos shakli sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyada bir necha avlod vakillari bitta oilada yashashi kamdan kam hollarda uchraydi. "Janubiy Yevropa davlatlarida keksalar ko‘pincha oilaning boshqa a’zolari bilan birga yashaydi. Tabiiyki oilada bir kishi kasallikka chalinsa, virusning boshqalarga yuqish xavfi ortadi, keksa insonlarda esa o‘lim xavfi yuqori”, — deydi professor.

Kurtning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqida iqtisodiy faollik qayta yo‘lga qo‘yilgani bois koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuzaga kelish ehtimolligi yuqori, biroq uning oldini olish mumkin. Uning fikricha, kasallik ko‘payishining oldini olishni uchta kompleks chorasi mavjud: infeksiyaga chalinganlarni aniqlash va ularni izolyatsiya qilish uchun testlarni ko‘paytirish, kasallar bilan aloqa qilganlarni aniqlash uchun barcha imkoniyatni ishga solish va fuqarolarning ijtimoiy masofalanish hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyada koronavirusga chalinganlar soni 197 ming kishidan, virus qurbonlari soni esa 9 ming kishidan oshgan.

Avvalroq butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 11 milliondan, qurbonlar soni esa 524,5 mingdan oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:485 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031