• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 20 » “Eng yomoni hali oldinda”. COVID-19 pandemiyasining yangi o‘chog‘iga aylangan mintaqa
12:19
“Eng yomoni hali oldinda”. COVID-19 pandemiyasining yangi o‘chog‘iga aylangan mintaqa

Lotin Amerikasi davlatlarida koronavirusning tarqalish statistikasi borgan sari xavotirli bo‘lib bormoqda, mintaqa kasallikning yangi o‘chog‘iga aylanishi mumkin. Bu haqda Der Spiegel xabar qilgan.

Braziliyadagi "Chegara bilmas shifokorlar” bo‘linmasi rahbari Ana de Lemosga ko‘ra, oxirgi haftalar ichida Lotin Amerikasi davlatlarida kasallanish va o‘lim holatlari soni bo‘yicha rekordlar yangilangan.

"Peru poytaxti Limada odatdagidan ikki baravar ko‘p odam halok bo‘lmoqda. Ko‘rsatkich Parijdagi epidemiyaning eng yomon davriga o‘xshash”, — deb yozgan Der Spiegel.

Aholisi 2 million kishini tashkil qiluvchi Braziliyaning Manaus shahrida o‘lim ko‘rsatkichi uch baravar ko‘paygan. London va Madridda ham xuddi shunday epidemiologik vaziyat hukmron. Ekvadorning Guayakil shahrida esa o‘tgan yillardagi ko‘rsatkichdan besh baravar ko‘p odam hayotdan ko‘z yumgan va bu Nyu-Yorkdagi vaziyatni eslatadi.

Braziliyada koronavirusdan vafot etganlar ommaviy ravishda dafn qilinmoqda. Mamlakatda o‘tkazilayotgan COVID-19 testlarining soni ham kam.

Nashr San-Pauludagi shifokorlardan birining so‘zlarini keltirgan va uning aytishicha Braziliyada koronavirus qurbonlari soni 100 ming nafarga yetishi mumkin va "eng yomoni” hali oldinda. Maqola muallifining qayd etishicha, ushbu prognozlarga mamlakat prezidenti Jair Bolsonaru kasallikni "kichik gripp” deb, tegishli karantin choralarini ko‘rmagani sabab bo‘lmoqda.

"Aksariyat shtatlarning gubernatorlari Bolsonaruni tanqid qilgan bo‘lsa ham o‘zlari hududda karantin cheklovlarini belgilamagan. Shaharlardagi cheklovlarni qo‘llashda esa mas’uliyat hukumat tomonidan merlarga yuklatilgan. Bolsonaru amaldagi karantin cheklovlarini yumshatmoqchi, sababi iqtisodiy zarar unga koronavirusdan ko‘ra xavfliroq vaziyatdek ko‘rinmoqda”, – deyilgan materialda.

Bundan tashqari, Lotin Amerikasida kasallanganlar va o‘lganlar soni bo‘yicha 3-o‘ringa chiqib olgan Meksikada ham avvalgi cheklovlar bekor qilina boshlagan. Virusologlar Mexikoda epidemiya o‘z cho‘qqisiga chiqmaganligini aytmoqda.

Peruda ham vaziyat og‘ir, qat’iy karantinga qaramay Loreto hududida koronavirusdan har soatda bir nafar bemor vafot etmoqda.

"Yevropa va AQSh bilan solishtirganda Lotin Amerikasi mamlakatlarida inqirozga qarshi kurashish qiyin kechadi. Iqtisodiy tanglik davrida bir qator davlatlarda sog‘liqni saqlash tizimida qisqarishlar amalga oshirilgan. Ular dunyo bozorida boy mamlakatlar bilan raqobat qilishiga to‘g‘ri keladi”, — deya xulosa qilgan muallif.

Koronavirus pandemiyasi deyarli butun dunyoni qamrab olgan. Jahonda 4,8 million nafardan ko‘proq odam kasallikka chalingan, qurbonlar soni esa 300 mingdan oshib ketgan.

Lotin Amerikasida kasallanganlarning soni yetti baravarga ko‘paygan — 542 693 nafar, COVID-19 oqibatida vafot etganlar soni esa 8,5 baravarga ko‘paygan — 30 396 nafar. Mintaqadagi kasallanganlar va o‘lganlarning yarmi Braziliyaga to‘g‘ri keladi (mos ravishda 254 220 va 16 792), keyingi o‘rinda Peru (94 933 va 2789), Meksika esa yuqorida aytilganidek 3-o‘rinda (51 633 va 5332).
Категория: Har-Hil | Просмотров:540 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:06
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь