• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2014 » Avgust » 29 » Eng Ovsar Talonchilar
00:04
Eng Ovsar Talonchilar

Biror jinoyatni ko‘zlagan shaxs, albatta, qo‘lga tushmaslik yoki jazodan qutulib qolish choralarini ham o‘ylaydi. Lekin ular orasida ovsarlari ham bo‘lishini ko‘pchilik bilmasa kerak. AQShda sodir etilgan ana shunday qiziq jinoiy holatlar bilan bog‘liq voqealardan ayrimlarini "byaki.net” saytida keltirishibdi.

1995 yilda Kaliforniyada bir uy talonchisini o‘ta g‘ayritabiiy sabab bilan qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishgan. Anchadan beri tutqich bermay kelayotgan bu usta jinoyatchi navbatdagi uyga derazadan kirayotib, oynani va romni sindirib qo‘ygan. Shunda vijdoni qiynalganidan, talonchilik uchun uyga kirmasdan, derazani ta’mirlatish uchun tokchada 50 dollar pul qo‘yib ketgan. Buyam yetmaganday, xat qoldirgan: «Agar pul ta’mirga yetmay qolsa, meni mana shu paytda falon joydan topishingiz mumkin». Voqea qanday davom etganini o‘zingiz bilsangiz kerak…

Agar uyga yetib olishga pulingiz bo‘lmasa nima qilasiz? Nyu-Jersi shtatidagi bir kishi buning uchun avtobusni olib qochgan. Tag‘in u avtobusni o‘sha belgilangan yo‘nalish bo‘ylab haydagan, barcha bekatlarda to‘xtab o‘tgan. Yo‘lovchilardan olgan yo‘lkira haqlariga xiyonat qilmay, pullarini avtobus kassasiga qo‘ygan. Uyiga yetib olgach avtobusdan tushib, kirib ketganligi sababli, uni topish qiyin bo‘lmagan.

Tungi bardan og‘ir bir musiqa avtomatini o‘marib chiqqan ikki o‘spirin, «o‘lja»ni mashinalariga ortishga sal qiynalishgan. Shunda ulardan biri yonlaridan o‘tib ketayotgan bir avtomobilni to‘xtatib, haydovchidan yordam so‘ragan. Buni qarangki, u to‘xtatgan mashina politsiya avtomobili ekan!..

Yana bir talonchi mashina bilan kelib, yoqilg‘i quyish shoxobchasini talagan, ammo avtomobilining bakini to‘ldirmagan. Natijada shoxobchadan ko‘pam uzoqlashmay, avtomobilining yoqilg‘isi tugab, o‘chib qolgan. Politsiya uni topishga hecham qiynalmagan.

Eng g‘alati talonchilardan biri – Shon Uilou kichik shaharchadan Nyu-Yorkka kelib, kvartiralarni to‘nashga ahd qildi. Ammo katta shahardagi binolardagi kvartiralar ham ko‘p xonali, buning ustiga katta va murakkab tuzilishga ega ekanligini u hisobga olmagan ekan. Signalizatsiyani o‘chirib, «ish»ini tugatgach, u kvartiradan chiqish yo‘lini topolmay adashib qoldi. Aytish kerakki, uni qo‘lga olishga kelgan politsiyachilar ham uydan chiqib ketishga sal qiynalishgan.
Категория: Turfa olam | Просмотров:2084 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:02:04
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Avgust 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031