• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Noyabr » 15 » “Ekopen” kompaniyasi “Imzo” brendining reklamalariga e'tiroz bildirib, ochiq xat yo‘lladi
14:08
“Ekopen” kompaniyasi “Imzo” brendining reklamalariga e'tiroz bildirib, ochiq xat yo‘lladi

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, xususiy korxonalar faoliyatiga keng yo‘l ochishga katta e'tibor qaratib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kuni kecha qabul qilingan "Tadbirkorlik faoliyatinining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu yo‘nalishdagi istiqboldagi ishlar uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
 
"AKFA” kompaniyasi O‘zbekiston bozorida bir necha yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan korxonalardan biri sanaladi. Kompaniya faoliyatining galdagi bosiqichini "Imzo” brendi ostida davom ettirayotganidan ko‘pchilikning xabari bor. Yangi brendning reklama roliklari allaqachon xalq tiliga tushib, unda ishlatilgan so‘zlar iboralar singari qo‘llanila boshlanganiga ko‘p bo‘lmadi. "Mahsulot reklamasi bir ko‘rishda oddiydek tuyulsa-da, unda boshqa mahsulotlarning sifatiga nisbatan shubha uyg‘otishga qaratilgan ong ostiga ta'sir etuvchi piardan foydalanilgan”. Bu bizning emas, aksincha, tomoshabinlar, ko‘p sonli kichik biznes sub'yektlarining fikri.
 
"Imzo” brendining reklama roliklari O‘zbekiston bozorida faoliyat yuritayotgan boshqa raqobatchi kompaniyalarning ham g‘ashiga tegishga ulgurdi. Xususan, PVX profillari ishlab chiqarishda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan "EKOPEN” kompaniyasi rasmiy sayti orqali "AKFA” kompaniyasiga ochiq xat yo‘lladi. Kompaniya saytida chop etilgan e'tirozli mazkur murojaatni e'tiboringizga havola etamiz.
 
"EKOPEN” QK MCHJdan "AKFA”
kompaniyasiga ochiq xat
"EKOPEN” MCHJ QK PVX profillari ishlab chiqarish bozoridagi ko‘p yillik o‘zaro muvaffaqiyatli faoliyati uchun sizga o‘z hurmati va minnatdorchiligini bildiradi. Bizning fikrimizcha, kompaniyalarimiz orasidagi uzoq muddatli professional va sog‘lom raqobat tufayli, bizning yurtdoshlarimiz "O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” belgisi ostida yuqori sifatli mahsulot va xizmatlardan foydalana olish imkoniga ega bo‘lishdi.
 
Biz "AKFA” kompaniyasining rivojlanishida yangi yo‘nalish kasb etgan, PVX oyna va eshiklar bozoriga kirib kelgan "Imzo” brendiga ijobiy baho beramiz. Umid qilamizki, bu o‘zgarishlar keyinchalik mahsulot sifatining yanada yaxshilanishiga va hammabop narxda sotilishiga, raqobatning oshishiga o‘z hissasini qo‘shadi.
 
Shu o‘rinda, biz yangi brend ishlab chiqish va rivojlanish konsepsiyasidagi ikkita muhim salbiy jihatdan havotirda ekanligimizni ta'kidlamoqchimiz.
 
Birinchidan, yangi brendning turli xil OAVda o‘tkazilayotgan reklama kampaniyalari ochiqdan-ochiqchasiga agressiv tarzda raqobatdoshlarning mahsulotlarini tahqirlash va yerga urishga yo‘naltirilganligi achinarlidir. Bu holat barchamizga tanish bo‘lgan professional etika va odob-ahloq qoidalariga zid deb hisoblaymiz. Bizning fikrimizcha, bu kabi harakatlar iste'molchilarning g‘ashiga tegadi va shu bozordagi barcha qatnashchilarning professional sifatlariga bo‘lgan ishonchiga sezilarli putur yetkazadi. Shuni inobatga olgan holda, biz barcha hamkorlarimizdan o‘z mahsulotlarini tanishtirish va keng ommaga taqdim etish siyosatini chuqur o‘ylab chiqishni va bosiqlik bilan ish yuritishni so‘rab qolamiz.
 
Ikkinchidan, "Imzo” brendi uzoq yillardan beri samarali faoliyat yuritayotgan PVX oyna va eshiklar ishlab chiqaruvchi kichik va o‘rta hajmdagi korxonalarning yangi fabrika konsepsiyasidagi ishtirokini keskin qisqartirishni amalga oshirishini shubhali deb hisoblaymiz. Shu o‘rinda, xususiy kichik biznes kompaniyangiz tomonidan teng haq-huquqli hamkor sifatida baholanmayatganligi tashvishli holat ekanligini aytib o‘tishimiz zarur.
 
Hammamizga ma'lumki, O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadi va mazmuni huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini qurish va kuchli ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini yo‘lga qo‘yishdir. Davlatimiz rahbariyati tomonidan aholining keng qismini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilishga, yangi ish o‘rinlarini yaratishga va yurtdoshlarimizning bandligini oshirishga, raqobat rivojlanishi uchun kerakli sharoitlar yaratilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli, bugungi kunda mamlakatimizda, kichik biznes sohasida band aholining 77 foizi faoliyat yuritadi va u YAIMning 56,7 foizini tashkil etadi.
 
PVX oyna va eshiklar ishlab chiqarish bozori ko‘rsatkichlariga yuzlansak, bugungi kunda ushbu sohada bir necha ming sexlar ro‘yxatdan o‘tgan va ularning har birida o‘rtacha hisobda 10 ta ishchi faoliyat yuritadi. YUqorida keltirilgan salbiy qarorlar natijasida kichik sexlar kasodga uchrab, bir necha o‘n minglab xodimlar ish joylaridan ayrilishi muqarrardir. Ishsiz qolganlarning oila a'zolarini hisobga olsak, bu holatning umumlashtirilgan ta'siri bir necha yuz minglab insonlarning taqdirida o‘ta salbiy aks etadi.
 
YUqoridagilardan kelib chiqib, "EKOPEN” kompaniyasi mas'uliyatni to‘liq o‘z bo‘yniga olgan holda, quyidagilarni ma'lum qiladi:
 
- bundan keyin ham PVX oyna va eshiklar ishlab chiqaruvchi kichik va o‘rta korxonalar bilan har tomonlama hamkorlikni davom ettiradi va qo‘llab quvvatlaydi;
 
- har turdagi provokatsiyalarga e'tibor qaratmaydi, "axborot urushlarida” qatnashmaydi va insofsiz usullar bilan o‘z mahsulotlarini bozorda targ‘ib etmaydi;
 
- bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillaridan bo‘lgan bir sohadagi raqobatchilarga to‘liq hurmat bildirgan holda, faoliyat yuritishga rioya etadi;
 
- "g‘urur” va "or-nomus” tushunchalariga ish jarayonimizda har doim alohida urg‘u beriladi.
 
Umumiy sohamizning barcha ishtirokchilarini aynan o‘xshash harakatlarga chorlaymiz. PVX oyna va eshiklar ishlab chiqarish bozorini barqaror rivojlanishini ta'minlash, davlatimizning iqtisodiy ravnaq topishi maqsadida, milliy an'analarimizga xos bo‘lgan ijtimoiy mas'uliyatni his qilgan holda, adolatli tadbirkorlik faoliyatini yuritish – eng ma'qul yechim deb hisoblaymiz.
 
P.S.: O‘ylamizki, "EKOPEN” kompaniyasining "Imzo”chilarga bildirgan e'tirozi javobsiz qolmaydi. Biz "Imzo” kompaniyasiga qo‘ng‘iroq qilib, mazkur masala yuzasidan mas'ullarning fikrini olishga harakat qildik. Go‘shakni ko‘targan xodima keyinroq biz bilan bog‘lanishlarini ma'lum qildi.


Категория: Har-Hil | Просмотров:1922 | Добавил: Admin | Теги: “Ekopen” компанияси “Imzo” брендини, очиқ хат йўллади | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:59
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь