• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Avgust » 3 » Ehtiyot bo`ling, Toshkentda bir daqiqa to`xtash yarim million so`m
17:23
Ehtiyot bo`ling, Toshkentda bir daqiqa to`xtash yarim million so`m

Ko`pgina davlatlarda "aqlli” shaharlarni yaratish masalasi ko`ndalang turganda, biz megapolisga aylantirishni ko`zlagan Toshkent shahrida hamon oddiygina mashinalar uchun turargoh masalasini hal eta olmayapmiz.

Nazarimizda, hokimiyat bu masalani echishni hali kun tartibiga ham qo`ymagan.

Shaharlarda avtomobillar uchun to`xtash, ya`ni "parking” masalasi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda ham birdek muammo sanaladi. Butun dunyo bo`yicha – 6 qit`ada va 30 dan ortiq davlatlarda haydovchilar vaqtinchalik to`xtash uchun joy qidirishni eng asabbuzar ish deb bilishadi.

AVTOMOBIL QULAYLIKMI YoKI MUAMMO?

"IBM Global Parking Survey” korparasiyasi yigirmata Evropa davlatlari aholisi o`rtasida (10 ming kishi qatnashgan) so`rovnoma o`tkazgan. Unda har 10 kishidan 6 nafari avtomobilni qoldirish uchun joy izlashni tushkunlikka olib keluvchi vaziyatlardan deb hisoblagan. Shuningdek parking muammosi shaharda biznes rivojlanishi uchun xalaqit beruvchi omillardan biri sifatida ko`riladi. Markaziy yo`llarda tirbandlik hosil bo`lishining 30 foizi haydovchilarning to`xtash uchun joy izlashlari tufayli kelib chiqadi.

Bugungi kunda ko`pgina biznes markazga aylangan shaharlar avtomobil uchun to`xtash joylarini turli zamonaviy yo`llarini izlashmoqda. Avvaliga ko`p qavatli avtomobil turar joy binolari qurilgan. Keyinchalik qavatli to`xtash binolariga joy etmagach, mavjud biznes markazlari er osti yo`llari va tomlarini parkingga alantirish urf bo`lgan. Bu uchala usul ham kor qilmagan joylarda bino tarzida o`ralmagan, liftli parkovkalar qurish rivojlandi. Ularda mashina qoldirish soatiga o`rtacha 30 dollar bo`lib, lift mashinani yuqoriga ko`tarib joylab qo`yadi. Bu kabi ixcham avtoturargohlar Germaniya, AQSh kabi davlatlarda rivojlangan.

XO`Sh, TOShKENTDA QANDAY TO`XTASh JOYLARI MAVJUD?

Toshkentda hozirda ayrim to`yxona va tamaddixonalar parkingni hisobga olgan holda qurilish qilmoqda. Yirik supermarketlarda ham albatta, avtoturargoh inobatga olingan. Lekin shaharning aksar qismlarida hozirda faqatgina "to`xtash mumkin emas”, belgilarini ko`rish mumkin. Buni avtomobillarni shahardagi transport oqimiga xalaqit qilmaslik uchun ko`rilgan chora, deyish mumkin. Bugunga kelib Toshkent shahrining o`zida 450 mingdan ortiq transport vositalari harakatlanmoqda. Shahar markazlari doim avtomobillar bilan gavjum. Biroq avtoturargoh u yoqda tursin, markazlarda to`xtash mumkin bo`lgan joyning o`zi topilmaydi.

500 MINGGA YaQIN ODAM JARIMA TO`LADI

Toshkentning Xadra maydonidan O`rda anhoriga qarab "Navoiy” ko`chasi bo`ylab yurarkansiz, avtomobilni chetda to`xtatishning iloji yo`q. Chunki ko`cha bo`ylarida "to`xtash mumkin emas” (3.27) belgilari ketma-ket joylashtirilgan.

Qoidaga ko`ra, bu belgi (3.27) ostida 1 daqiqa ham to`xtab turish mumkin emas. Biron ish bilan yo`l chetida to`xtab, mashinadan tushdingizmi, YPX xodimi bunga guvoh bo`lib qolsa, naqd 530 ming so`m jarima soladi. Joriy yil boshidan bugunga qadar 11 208 nafar haydovchi to`xtash va to`xtab turish qoidasini buzgan, (3.27) yo`l qoidasini buzish bo`yicha 461 063 nafar haydovchiga ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Salkam 500 mingga yaqin haydovchi yarim million, bir yil ichida bu qoidani ikkinchi marotaba buzishi bo`lsa, 1 million so`m atrofida jarima to`lagan.

Qoidabuzarlarni ayblashga shoshilmaylik. Chunki qoidabuzarga jarima bor-u, lekin tartibni buzmaslik uchun sharoit yo`q. Vaqtincha to`xtash uchun maxsus joylar mavjud emas. Bor joylar ham, kun davomida avtomobillarga to`la bo`ladi.

Shunday ekan, (3.27) belgilarini kamaytirishning imkoni yo`qmi? Navoiy xiyoboni Toshkent markazining asosiy ko`chalaridan bo`lib, doim mashinalar bilan gavjum. Qoidani buzib to`xtab turgan mashinalar ham "taxlanib” yotibdi. Lekin kimning bugun omadi chopmagan bo`lsa, unga bu to`xtash 530 ming so`mga tushadi. Shahar markazida bu kabi belgilar qo`yilgan ko`chalar anchagina. "O`zbekiston”, "Buyuk Turon”, "I.Karimov” ko`chalariga ishingiz tushsa, piyoda yo`lga otlanavering. Toshkent sizni sevadi, lekin sizga qulaylik yaratib berolmaydi. To`xtash uchun sharoit yaratish kerak yoki belgini o`zgartirish lozim. Aks holda, (3.27) belgili yo`llar odamlar uchun muammoli, YPX xodimlari uchun esa "daromadli” ko`chaligicha qolaveradi. Yildan-yilga mashinalarning ko`payib borishini hisobga olsak, bugun 450 mingta bo`lgan transport vositalari millionga chiqqanda, turargohlar muammosi yanayam dolzarblashadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1135 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:02
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Avgust 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031