• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 689
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
Главная » 2018 » May » 4 » DXX va prokuratura millonlab mablag‘ni o‘zlashtirgan mansabdorni qo‘lga oldi
19:05
DXX va prokuratura millonlab mablag‘ni o‘zlashtirgan mansabdorni qo‘lga oldi

Farg‘ona viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining Quva tuman davlat arxivi direktori Gulnoza Mamajonova pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Matbuot xizmati xabar qilmoqda.
 
Ma'lum bo‘lishicha, M.Xolmatova tuman arxiviga murojaat qilib, uy-joy qurish uchun buvisi nomiga qabul qilingan qarorni qarindoshlari da'vo qilmasliklari maqsadida otasi A.Bekmirzayevning nomiga chiqarilgan qarordan ko‘chirma tayyorlab berishni so‘raydi.
 
Arxiv direktori Gulnoza Mamajonova bunday "mijoz”ni qo‘ldan boy bergisi kelmadi. Ta'magirlik yo‘lini tutib, qarordan ko‘chirma tayyorlab berish uchun 300 dollar talab qildi.
 
M.Xolmatova bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga ariza bilan murojaat qiladi.
 
DXX va Bosh prokuratura huzuridagi soliq valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Quva tumani bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda G.Mamajonova o‘z xizmat xonasida 250 AQSH dollari va A.Bekmirzayevning fuqarolik pasportini olganida ushlandi.
 
Afsuski, G. Mamajonovaning nafsi hakalak otganlardan ekan. Moliya xodimlari Quva tuman davlat arxivi tomonidan pullik xizmatlar hisobidan tushgan pul mablag‘larining qonuniyligi, to‘g‘ri va to‘liq undirilganiligi va qat'iy belgilangan me'yorlarga rioya etilganligi yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishda ham bir qator noqonuniy holatlar aniqlandi.
 
Ta'kidlanishicha, G.Mamajonova 2015-2017 yillar davomida yer uchastkalari ajratish, xonadonlarni xususiylashtirish, egalik huquqini aniqlash bo‘yicha ijroiya qo‘mitalari, hokimlar, sudlar, notarial idoralar qarorlari va hujjatlari bo‘yicha 832 holatda arxiv ma'lumotlaridan berilgan arxiv ko‘chirmalarini, har bir ko‘chirma uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 61 ming 649 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘zlashtirgan.
 
O‘z qilmishini yashirish maqsadida tashkilotning ro‘yxatga olish kitobiga ushbu ko‘chirmalar ish haqidan ekani, ya'ni davlat boji undirilmaydigan ko‘chirmalar ekanligi haqida soxta ma'lumotlarni kiritgan.
 
U mazkur mulkiy turdagi ko‘chirmalarga qalbaki chiqish raqamlarini qo‘yib, jami 51 million 291 ming 968 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘zlashtirib yuborgan.
 
Shuningdek, 2015-2017 yillar davomida xuddi shu ish bilan jami 2 million 499 ming 234 so‘m miqdordagi pul mablag‘larini rastrata qilish yo‘li orqali talon-taroj qilgani aniqlangan.
 
Jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tumani sudi tomonidan G.Mamajonovaning qilmishlariga yarasha jazo tayinlandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1081 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь