• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 374
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 1
Гостей: 1
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2021 » Dekabr » 8 » DXX O‘zbekistonning bir qator hududlarida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni qo‘lga oldi
14:44
DXX O‘zbekistonning bir qator hududlarida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida O‘zbekistonning bir qator hududlaridan 24,5 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi, deb xabar bermoqda O‘zA.

DXXning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Farg‘ona shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan fuqaro (1988-yilda tug‘ilgan) haydab ketayotgan Spark to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, uning salonda 4 kilogramm 459 gramm opiy va 2 kilogramm 975 gramm gashish giyohvand moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u avvalroq jinoiy sherigiga (1993-yilda tug‘ilgan)  7 kilogramm 969 gramm gashish bergani aniqlanib, ushbu narkotiklar ham tegishli tartibda olib qo‘yilgan.

Yana bir o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida esa 1973-yilda tug‘ilgan ikki nafar fuqaroning Farg‘ona shahridagi yashash manzilida 1 kilogramm 110 gramm gashish hamda 991 gramm opiy borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Shuningdek, tadbir davomida ulardan narkotik sotib olish uchun Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlaridan kelgan ikki xaridor ham qo‘lga olingan

DXXning Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Xo‘jaobod tumanidagi "Do‘stlik” xalqaro nazorat o‘tkazish punktida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon tumanida istiqomat qiluvchi, muqaddam sudlangan fuqaro (1988-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Spark’da 6 kilogramm 109 gramm gashish borligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yilgan.

DXXning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Surxondaryo—Farg‘ona yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, Uchko‘prik tumanida yashovchi, fuqaro (1974-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi avtotransport vositasi "Umakay” YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda avtomashinada xo‘jalik mollarini o‘lchashga mo‘ljallangan taroziga xufiyona joylashtirilgan 1 kilogramm 47 gramm gashish borligi aniqlangan.

Shuningdek, unga ushbu giyohvandlik moddasini berib, ortidan kuzatib kelayotgan jinoiy sherigi, Denov tumanida istiqomat qiluvchi, muqaddam geroin savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan fuqaro (1973-yilda tug‘ilgan) ham hibsga olingan.

DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirida Ellikqal’a tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan fuqaroda (1988-yilda tug‘ilgan) 2990 dona Tramadol giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 5 kilogramm 450 gramm opiy, 19 kilogramm 210 gramm gashish hamda 2990 dona Tramadol giyohvandlik vositalari musodara qilingan.

Qayd etilishicha, barcha holatlardagi giyohvandlik vositalari kelgusida sotish maqsadida qo‘shni davlatlardan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan. Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:409 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:35
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031