• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 28
Гостей: 28
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 16 » Dunyoga ocharchilik xavf soladimi? BMT rasmiy bayonot berdi
10:32
Dunyoga ocharchilik xavf soladimi? BMT rasmiy bayonot berdi

COVID-19 pandemiyasi dunyo oziq-ovqat xavfsizligiga uzoq muddat tahdid tug‘dirmaydi, ammo davlatlar xalqaro savdoni ochiq saqlashlari va eski xatolarni takrorlab, cheklov qo‘ymasliklari kerak. Bu haqda BMT qoshidagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lum qilmoqda.

"Global ma’noda oziq-ovqat hamma uchun yetarli. Masalan, jahon don zaxiralari qulay darajada. Bug‘doy va boshqa asosiy ekinlar (masalan, guruch) yig‘ib olinishining 2020 yilga prognozi ijobiy”, dedi tashkilot vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya nazorat ostida bo‘lsa va qishloq xo‘jaligining inson, ijtimoiy, iqtisodiy kapitali isrof qilinmasa, "oziq-ovqat uchun uzoq muddatli tahdid bo‘lmasligi kerak”.

"FAO barcha davlatlarni xalqaro savdoda ochiq bo‘lishga, oziq-ovqat ta’minoti zanjirlarini himoya qilish uchun choralar ko‘rishga chaqiradi. Urug‘lik kabi resurslarni olishdan tortib, kichik fermerlarga o‘z mahsulotlarini sotish uchun bozorlarga chiqish uchun imkoniyat yaratish lozim”, deyiladi oziq-ovqat tashkiloti bayonotida.

FAO, shuningdek, davlatlarni aholining eng muhtoj qatlamiga e’tibor berishga va ijtimoiy himoya dasturlarini, shu jumladan, pul o‘tkazmalarini kengaytirishga chaqirdi. Ko‘pgina davlatlar allaqachon bu harakatlarni boshlab yuborgani ta’kidlandi.

"Muammodan olib chiqadigan eshikning kaliti xalqaro hamkorlikdir. Dunyoda oziq-ovqat yetarli va mahalliy tangliklarning oldini hamkorlik va ochiq savdo orqali olish mumkin. Bundan tashqari, 2008 yildagi inqiroz bizga eksportga qo‘yilgan taqiqlar barchaga zarar keltirishini o‘rgatdi. 

FAO dunyo siyosatchilarini ehtiyot bo‘lishga chaqiradi. 2007-2008 yillardagi oziq-ovqat inqirozi paytida yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslik zarur”, deyiladi FAO bayonotida.
Категория: Har-Hil | Просмотров:585 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:52
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь