• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 684
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 3
Гостей: 3
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 17 » Dori vositalariga cheklangan narxlar belgilanadi
09:26
Dori vositalariga cheklangan narxlar belgilanadi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom Prezidentning "O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi dori vositasining savdo nomi uchun referent narx shakllantirish tizimini monitoring va tahlil qilish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ hisoblanadi. U iste’molchilar huquqlarini himoya qilish organlari va tashkilotlarini hamda jamoatchilikni jalb etishi mumkin.

Agentlik o‘z veb-saytida farmatsevtika faoliyatini amalga oshiradigan tashkilotlar, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazilgan va sertifikatlangan farmatsevtika mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimini muntazam yuritib va yangilab boradi. Tizimga dori vositasining savdo nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklangan narxlar hamda belgilangan savdo ustamalarini hisobga olgan holda ulgurji va chakana cheklangan narxlar kiritiladi.

Bir dori vositasining narxini belgilash uchun uning 10 ta referent mamlakatdagi sotish narxi aholi jon boshiga nisbatan daromadlar darajasidan yuqori, o‘rtacharoq yuqori va o‘rtachadan pastligi hisobga olinadi. Ro‘yxatga quyidagi mamlakatlar kiritilgan:

1. Vengriya.

2. Rossiya Federatsiyasi.

3. Ukraina.

4. Polsha Respublikasi.

5. Tojikiston Respublikasi.

6. Sloveniya Respublikasi.

7. Qozog‘iston Respublikasi.

8. Bolgariya Respublikasi.

9. Belarus Respublikasi.

10. Qirg‘iziston Respublikasi.

Ariza beruvchi – dori vositalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik guvohnomasi egasi yoki uning ishonchli vakili onlayn-tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ayni bir ishlab chiqaruvchining xuddi shunday faol moddaga ega bo‘lgan dori vositalarining sotish narxlarini (dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi va hajmini hisobga olgan holda) quyidagilar bo‘yicha taqdim etadi:

•    ishlab chiqaruvchi mamlakat;

•    referent mamlakatlar;

•    O‘zbekistonda.

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi (ishchi organ) dori vositalarining har bir savdo nomi uchun cheklangan narxlarni hisoblaydi. O‘zbekistonga import qilinadigan hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olinadigan dori vositalarining narxlari cheklangan narxlardan yuqori bo‘lmasligi lozim.

Ariza beruvchi tomonidan ma’lumotlar taqdim etilganidan, tizimda o‘rtacha narxlar avtomatik tarzda hisoblab chiqilganidan so‘ng vakolatli organ ishchi organning tavsiyasiga binoan uch ish kuni ichida cheklangan narxlarni reyestrga kiritadi. Vositachilar sonidan qat’i nazar, dori vositalarining eng yuqori chakana narxi ulgurji distribyutorlar uchun referent narxning 15 foizidan, chakana savdo tashkilotlari (dorixonalar) uchun 20 foizidan oshmasligi lozim.

Cheklangan narxlar ariza berilgan kunda Markaziy bank tomonidan belgilangan ayirboshlash kursi bo‘yicha so‘mda hisoblanadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:572 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:02:55
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь