• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 17 » Dog‘istonda 40 nafardan ortiq shifokor koronavirus va pnevmoniya oqibatida vafot etgani ma’lum qilindi
12:59
Dog‘istonda 40 nafardan ortiq shifokor koronavirus va pnevmoniya oqibatida vafot etgani ma’lum qilindi

Dog‘istonda 40 nafardan ortiq shifokor pnevmoniya va koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda respublika sog‘liqni saqlash vaziri Jamaludin Gajiibragimov bloger Ruslan Kurbanov bilan onlayn tarzda o‘tkazilgan intervyu vaqtida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikada hozirga qadar 13 697 kishida koronavirus va pnevmoniya (kasalxonadan tashqarida yuqtirilgan) qayd etilgan. Statsionarlarda 7 mingdan ortiq odam davolanmoqda. Shifoxonadan tashqarida yuqtirilgan pnevmoniya oqibatida butun respublika bo‘ylab 657 kishi vafot etgan.

Tekzor shtabning 16-may kungi ma’lumotlariga ko‘ra, Dog‘istonda 3280 kishida koronavirus aniqlangan va 27 kishi virus qurboniga aylangan. Respublika Rossiya mintaqalari orasida kasallar soni bo‘yicha 5-o‘rinni egallagan.

Kurbanovning nima sababdan ikki xil statistika yuritilayotgani, koronavirus va pnevmoniya bilan kasallanganlar nega alohida hisoblanayotgani to‘g‘risidagi savoliga vazir "aslida bunday emas” deb javob qaytargan.

Sog‘liqni saqlash vazirining aytishicha, respublikada kasallik holatlarini aniqlash bo‘yicha laboratoriya tadqiqotlari bilan dastlab Rospotrebnadzor bo‘linmasi shug‘ullangan. "Keyinroq Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli laboratoriyalar ham qo‘shildi. Biroq pnevmoniya bilan faqat Rospotrebnadzor bo‘linmasi shug‘ullangan”, — deydi Gajiibragimov.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, kasalxonadan tashqarida pnevmoniya bilan kasallanganlar ham xuddi COVID-19’ga chalinganlar kabi davolanmoqda. U koronavirus va pnevmoniyaga chalinganlar orasida farq yo‘qligi ta’kidlab o‘tgan.

Rossiyada 16-may holatiga ko‘ra, so‘nggi sutkada 119 kishi koronavirusdan vafot etib, qurbonlar soni 2 537 kishiga yetgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:530 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь