Меню сайта
Супер премьера
Реклама
Загрузка...
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 230
Статистика



waplog
Statok.net


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

adimn56
Dije_Taler
12345678
IqboljonZokirjonov
ADMIN0106
muhammed
poytug
Ja99mshid
66777650
shuxa
Тизер
Главная » 2016 » Aprel » 14 » Diyego Simeone: «Barselona» yutqazishni biladi va bu ajoyib»
09:13
Diyego Simeone: «Barselona» yutqazishni biladi va bu ajoyib»

«Atletiko» jamoasi bosh murabbiyi Diyego Simeone YECHL chorak finalining javob uchrashuvida «Barselona» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bizning jamoada bor kuchini g‘alaba uchun sarflaydigan yigitlar jamlanishgan. Men avvalo ular uchun xursandman. Biz g‘alaba qilsak ham, yutqazsak ham o‘zimizga ishonchimiz o‘zgarmaydi.

Biz hech qachon o‘z maqsadimizdan chekinmaymiz. «Atletiko» hech qachon taslim bo‘lmaydi.

Menga muxlislarimizning o‘yindan keyingi reaksiyasi juda yoqdi.

Biz bugun juda kuchli raqibga qarshi o‘ynadik, lekin butun o‘yin davomida «Kamp Nou»da o‘tgan birinchi o‘yinning birinchi taymida bo‘lgani kabi juda yaxshi harakat qildik.

Biz birinchi bo‘limda gol urishni va keyin har bir to‘p uchun kurashishni rejalashtirgandik.

Shogirdlarimning harakatlaridan ko‘nglim to‘ldi. Kataloniyaliklar yutqazishni bilishadi, bu ajoyib. Bizning kuchimiz shundaki, biz o‘z muammolarimizni bilamiz va bunga to‘g‘ri yondashamiz hamda qilayotgan ishimizga ishonamiz. Endi xotirjamlikni saqlagan holda Ispaniya chempionatining o‘yinlariga tayyorlanishimiz kerak.», – deydi Simeone.

Eslatib o‘tamiz, bu juftlikning birinchi uchrashuvida kataloniyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qilishgandi, Madriddagi uchrashuvda mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi qayd etildi.

YECHLning yarimfinaliga «Real», «Manchester Siti», «Bavariya» va «Atletiko» yo‘l oldi. Qur'a 15 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Категория: Futbol Yangiliklari | Просмотров: 405 | Добавил: Admin | Теги: Diyego Simeone: «Barselona» yutqazi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:14
Добро Пожаловать, Mexmon
Переводчик сайтов
Поиск
Для Android
Реклама
Календарь
«  Aprel 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Партнер
Загрузка...