• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 2 » “Dinamo” rahbariyati eshitsin! Pulsiz futbolchi saraton bilan kurashmoqda
18:06
“Dinamo” rahbariyati eshitsin! Pulsiz futbolchi saraton bilan kurashmoqda

Avvallari ham o‘zbek futbolida klublarning o‘yinchilar maoshini vaqtida to‘lamagani bilan bog‘liq muammolar borligini ko‘p kuzatganmiz. Ammo Samarqandning "Dinamo” klubi bu borada beparvolikni oshirib yubormoqda.
 
Jumladan, jamoaning sobiq futbolchisi Sirojiddin Sayfiyev hozirga qadar o‘zi tup surgan paytdagi maoshini ololmaganini ma'lum qildi.
 
U saraton kasalligi bilan og‘rib qolgani, shu bois hozirda Rossiya poytaxti Moskva shahrida davolanishda ekani va bunga puli yetmayotganini ham bildirib o‘tgan.
 
Sirojiddinning bu haqida yozgan maktubi "Zarafshon” nashrida e'lon qilindi. Unda futbolchi quyidagilarni bildirib o‘tgan:
 
"Men bu yerda (Moskvada) hayot bilan kurashyapman! YAqinlarim, do‘stlarim bilan yana avvalgidek birga bo‘lish uchun harakat qilyapman. Ammo "Dinamo” klubi rahbari Shuhrat Hotamov va Fond boshlig‘i Baxtiyor Jo‘rayevlar necha yildirki meni aldab, peshona terim bilan topgan pullarimni bermayapti”. Natijada mana ikki haftadirki muolaja ololmayapman.  Bu yerda muolajasiz o‘tayotgan har bir kunim hayotimga ziyon. Har daqiqa men uchun g‘animat. Ammo ular buni tushunmayapti. Tushunishni istamayapti”.
 
Ma'lum bo‘lishicha, "Dinamo” klubi rahbariyatining futbolchi Sirojiddindan 40 mln so‘m miqdorda qarzdorligi bor.
 
Futbolchi rasmiylardan faqatgina peshona teri bilan topgan pullarini talab qilyapti. Ammo klub rahbariyati o‘yinchini shu kunga qadar aldab kelmoqda.
 
Ayrim mutasaddilar futbolni rivojlantirishga bel bog‘lagan bo‘lsa, ayrimlari uning taraqqiy etishiga bolta urish bilan ovvora.
 
Biz boshqa mintaqa futbolida mana shunday ahvolga tushib qolgan futbolchilar qanday qo‘llab-quvvatlanishini Erik Abidal, Alan Stabbs, Jon Xartson, Yohan Kruif kabi o‘yinchilar misolida ko‘rganmiz.
 
"Dinamo” klubi rahbariyati ham boshdan do‘ppini olib, bu dunyoda inson degan tushuncha naqadar aziz ekanligini o‘ylab ko‘rib, bu masalani hal qilsa, hasta futbolchiga yordam ko‘rsatishni tashkillashtirsa, o‘z burchini bajargan hisoblanardi.
 
Ushbu muammoning klub rahbariyati tomonidan qanchalik e'tiborga olinishi va tegishli yechim topishini, vaqt ko‘rsatadi. Va biz, albatta, bu mavzuga qaytamiz!
 
Ma'lumot o‘rnida, Sirojjin Sayfiyev 1982 yilda Samarqandda tug‘ilgan. O‘zining futbolchilik faoliyati davomida Samarqandning "Dinamo”, G‘uzorning "SHo‘rtan” va Qozog‘istonning "Taroz” klublari safida to‘p surgan. U O‘zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi hamdir.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1007 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:51
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь