• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Fevral » 24 » Dilso‘z va Ziyodaning munosabatlariga darz ketdi...mi?
19:52
Dilso‘z va Ziyodaning munosabatlariga darz ketdi...mi?

Ikki xonanda qo‘shiq talashib, yuzko‘rmas bo‘lib ketdi, degan xabarlar qisman rost bo‘lib chiqdi.

Qo‘shiq omadli bo‘lsa, xonandaning boshiga baxt qushi qo‘ngani deyavering. Buyog‘i to‘y, konsert degandek... Bugun shou-biznesda yangi yo‘nalishda qo‘shiq yaratish, to‘g‘riroq qilib aytganda, xit qo‘shiq taqdim etish anchayin mushkul ish bo‘lib qoldi. Buning uchun faqat iqtidorning o‘zi kamlik qiladi. Yaxshi bastakor va shoirlarni izlab topa bilish, ularning kayfiyatiga qarab hisoblashish kerak.

YAqindagina "Nihol” mukofoti sovrindori Dilso‘z "Uylanasizmi, yo‘qmi?” nomli qo‘shiq kuylagan edi. Bu taronani tinglovchilar juda yaxshi kutib olyapti. Uzunquloq gaplarga qaraganda, shu qo‘shiqni deb O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobilova va Dilso‘zning munosabatlariga darz ketgan. Gap shundaki, qo‘shiq musiqasi va she'ri muallifi uni ilk bor Dilso‘zga eshittirib ko‘rganida, xonanda bu qo‘shiq unchalik yoqmaganini, boshqa ashula kuylamoqchiligini ma'lum qilgan. Bu orada esa qo‘shiqqa Ziyoda ega chiqadi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, Dilso‘z fikridan qaytib, Bahodir Nizomovga qo‘ng‘iroq qiladi. Tabiiyki, Ziyoda ham "Uylanasizmi, yo‘qmi?”ni o‘zida olib qolish uchun tish-tornog‘i bilan harakat qilgan. Biroq Dilso‘zning ko‘z yoshlari Ziyodaning ham, Bahodir Nizomovning ham yuragini yumshatib yuborgan. Xullas shu tariqa qo‘shiq yana Dilso‘zga nasib etdi. Ammo ikki xonanda ham bu holatni biz eshitgandek talqin qilgani yo‘q.

Ziyoda Qobilova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist:

— Dilso‘z bilan munosabatlarimiz o‘sha-o‘sha, qo‘shiq talashibdi, degan gaplar noo‘rin. Bu qo‘shiqni men ham aytmoqchi bo‘lganim rost, lekin mendan avval uni Dilso‘z kuylamoqchi bo‘lganini eshitib fikrimdan qaytgan edim.
 
Dilso‘z, "Nihol” mukofoti sovrindori:

— Bahodir Nizomov bu qo‘shiqni avval menga, keyin Ziyodaga eshittirgan. Men eshitgan zahotim kuylayman deb aytgan edim. Ziyoda bilan o‘rtamizda janjal chiqqani yolg‘on. YAqinda Gulsanam Mamazoitovaning konsert dasturlarida ko‘rishgan edik, munosabatlarimiz buzilgani yo‘q.
 
Dilso‘z va Ziyoda o‘rtadagi gap-so‘zlarni yashirishga harakat qilishgan bo‘lsa-da, masalaga bastakor Bahodir Nizomov oydinlik kiritdi va tarqalgan gaplar haqiqatga yaqin ekanini isbotladi.

Bahodir Nizomov, bastakor:

— Qo‘shiqni birinchi bo‘lib Dilso‘zga eshittirgan edim. Javobini ma'murimda aytib yuboraman, dediyu bir hafta yo‘q bo‘lib ketdi. Men qo‘shiq yoqmagan bo‘lsa kerak, deb uni Ziyodaga berdim. Ziyoda bilan musiqalarni yozish ishlarini boshlagan edik hamki, Dilso‘z qo‘ng‘iroq qilib qo‘shiqni olmoqchiligini aytdi. Bilishimcha, u qo‘shiqni olamiz, deb ma'muriga xabar bergan, biroq ma'muri bu gapni menga yetkazmagan.

Dilso‘z bu qo‘shiqni aytoydil kuylagisi kelib, yig‘lagani uchun ham Ziyodaning oldida uyatli bo‘lib qolsam ham qo‘shiqni Dilso‘zga olib berdim. Bor gap shu...

Ta'bir joiz bo‘lsa, Bahodir Nizomov bugungi kunda o‘zbek shou-biznesida eng talabgir bastakorlardan biri bo‘lib bormoqda. Uning shuhrat topishida xonanda Ziyodaning hissasi katta. Xuddi shu nuqtai nazardan olib qaraganda, Ziyodaning oxirgi yillarda kuylayotgan qo‘shiqlari xit bo‘lishida ham Bahodir Nizomovning o‘rni buqiyos. Ma'lumotlarga qaraganda, Ziyoda Bahodir Nizomov bilan hamkorlik rejalarini oldidan ko‘zlab, undan bir emas naq 20 ta qo‘shiq sotib olgan.




Категория: Har-Hil | Просмотров:2016 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:00
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
29