• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Iyul » 24 » Dilorom Omonullayeva va Shahzoda o'rtasidagi mojarolar qanday yakun topdi?
16:45
Dilorom Omonullayeva va Shahzoda o'rtasidagi mojarolar qanday yakun topdi?

Bir qator xususiy filmlar orqali tanilgan Shahzoda Muhammedova Instagram ijtimoiy tarmog`idagi shaxsiy sahifasiga xonanda Vohidjon Isoqov bilan O`zbekiston Davlat konservatoriyasi talabasi bo`lish maqsadida u erga borishgani va professor Dilorom Omonullaeva bilan bo`lgan mojaro haqida o`z "haqiqat”larini yozib joylagandi. Shahzoda bir nechta saytlarga O`zbekiston Respublikasi san`at arbobi Dilorom Omonullaevadan farqli o`laroq haqoratomuz intervyu ham bergan. Bir necha kundan keyin esa Shahzoda Instagram`dagi "haqiqat”larini o`chirib tashladi. Qiziq, qilmishidan to`g`ri xulosa chiqardimikan, yo?! Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida har ikki taraf bilan bog`landik...

— Dilorom opa, o`qishga kirish istagi bo`lsa, nega Shahzoda va Vohidjon qabul komissiyasiga uchramay, to`g`ri sizning oldingizga kirgan?

— Avval rektorning oldiga kiribdi, so`ng mening xonamga yo`l olgan. "Qabul komissiyasidagilarga aytib qo`ying”, deb kirdi. U erdagilar ham xuddi men aytgan quyidagi gaplarni ta`kidlashardi. U qiz va yonidagi yigit O`zbekiston Davlat konservatoriyasining talabasi bo`lishni istar ekan. Lekin mutaxassislik bo`yicha oltita asar ijro etish kerak, kuylay olarmikan? O`zbekiston Davlat konservatoriyasining nizomiga ko`ra o`n bir yillik musiqiy bilimga ega bo`lganlargina o`qishga qabul qilinadi. Boisi o`quv dasturi murakkab, musiqiy savodi bo`lmaganlar o`qiy olmaydi. Yonimga kelgan qizning esa musiqiy bilimi yo`q, boshqa oliy o`quv yurtini tamomlagan, aytishi bo`yicha, mashhur aktrisa ekan. "Sizni ikkinchi mutaxassislikka qabul qilolmaymiz. O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat institutiga hujjat topshira qoling, u erda musiqa nazariyasini boshidan o`rgatishadi”, deya yotig`i bilan tushuntirdim. Lekin oyoq tirab turib oldi. "Bo`lmasa, bizda ikki yillik pulli tayyorlov kurslari bor, sentyabrdan imtihonlar boshlanadi”, dedim. Ovozi zo`r bo`lishiga qaramay, O`zbekiston xalq artisti Munojat Yo`lchieva va Sevara Nazarxon ham avval shu tayyorlov kursida o`qigan. Shahzodaning ovozini eshitib ko`rish maqsadida muallifligimdagi "Yomg`ir yog`di” qo`shig`ini xonanda Kumush Razzoqova kuylagan "parda”da chalib berdim. Kuyladi, ovozi juda "kichkina”... Yonidagi sherigi Vohidjon "shuncha musiqiy bilimi yo`qlar o`qiyapti-ku”, dedi. Bilganlarimdan Sardor Rahimxon va Kaniza o`qishga kirgan. Sardor u vaqtda "O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist" unvoniga ega edi. Kaniza esa "Nihol” mukofoti sovrindori sifatida o`qishga imtiyozli qabul qilingan. Unga qadar ikki yil pedagoglardan dars olib, o`z ustida ishlagan va namunali talaba sifatida o`qishni ham ko`ngildagidek tamomlagan. Shahzoda bilan Vohidjon esa ikkinchi kursga qabul qilishimni so`rab turib olishdi. Eshigim oldida talabalar qator turgandi, xonamda pedagoglar ham bor edi, imtihon olayotgandim. Ikkalasiga "sizlarga maslahat berdim, endi xonadan chiqinglar”, desam ham chiqishmadi. So`ng Shahzoda baqir-chaqirni boshladi. "Kim bo`libsiz yoshlarni oyog`iga bolta uradigan. Ko`rasiz, hali O`zbekiston xalq artisti bo`laman, siz bilan o`shanda gaplashaman”, deya jazavaga tushdi. Ochig`i, yosh qiz bilan "sen-men"ga borib o`tirishni o`zimga ep ko`rmadim, xonamga kirib ketdim. Lekin asabimni buzdi.

— Balki chindan qo`pol muomala qilgandirsiz?

— Qo`pol inson bo`lganimda ularni qabul qilib, konsultasiya bermagan bo`lardim. Hatto o`sha vaqtda xonada bo`lgan guvohim — kafedramiz katta o`qituvchisi Mavluda O`rinboeva ham yaxshi gap bilan tushuntirdi, kor qilmadi. Tarbiyasizligi bilan hammaga ovoza bo`lgani qoldi. Saytlarga bergan intervyulari, instagram ijtimoiy tarmog`idagi shaxsiy sahifasiga yozganlarini o`qidim. Shu darajada tuhmat va haqorat qilganki, yoqa ushladim. "Manqurt, razil”, deb yozgan, bu so`zlarning asl ma`nosini bilarmikan? "Kurs ishlarini katta pul evaziga yopib berar ekan”, degan. Birinchidan, meni fanimda kurs ishi yo`q, chunki amaliy, yakka fan! Imtihonni kafedradagi o`nta vokal-pedagogi katta zalda, talabalar ishtirokida qabul qiladi. Shahzodani sudga berishim ham mumkin! Bilasizmi, bir necha kundan beri saytlarda u qiz noto`g`ri ish qilgani haqida ustoz san`atkorlar fikr bildirishyapti, muxlislarning haqoratlariga qanday dosh berayotgan ekan?! Shahzoda xalq va san`at vakillarining "sud”iga uchrab, o`z "oyog`iga o`zi bolta urib bo`ldi". Bundan buyon kim uni hurmat bilan tilga olarkin, obro`ini to`kib bo`ldi-ku! Ochig`i, unga achindim, hali yosh, nima deyayotganini o`zi anglamaydi, shekilli.

Kim unga oliy ta`limga kelib, o`z so`zini o`tkazish uchun huquq berdi, tushunmayapman?! Istagan kishi O`zbekiston Davlat konservatoriyasi talabasiga aylanaversa, Glier nomidagi musiqa maktabi, Uspenskiy nomidagi Respublika maxsus musiqiy akademik liseyi nega ishlayapti? Yaqinda kollej talabalari aro yosh ijrochilar ko`rik tanlovi bo`ldi. Juda go`zal ovozlar, yuqori darajadagi asarlar yangradi. Musiqiy ta`lim murakkablashgan, talabalarim jaz kuylashni boshlashgan. O`zbekiston Davlat konservatoriyasida bu yil uchinchi bor jaz festivali o`tkazildi. Unda 11 davlatdan kelgan iste`dodlar ishtirok etdi. Zalda o`tirgan talabalarimiz hech qanday tayyorgarliksiz chet eldan kelgan ishtirokchilar bilan kuylab, barchani lol qoldirishdi. Ko`ryapsizmi, estrada san`ati qay darajada rivojlangan. Xalqaro tanlovlarda nufuzli o`rinlarni egallab, O`zbekistonning dovrug`ini yoyib, yuzimizni yorug` qilayotganlarning ko`pchiligi bizning talabalarimiz. Aksariyat talabalarimiz pedagog bo`lib ishlashyapti. Masalan, "Golos"da g`olib bo`lgan Sabina Mustaeva esa evara shogirdim (kuladi), ular bilan faxrlanamiz. Shunday iste`dodli shogirdlarimiz erkalik qilsa ko`taraman, lekin Shahzodadek hatto musiqiy bilimi ham yo`qlarnikini emas! Bastakorlar uyushmasida bo`lgandim, rahbarimiz O`zbekiston Respublikasi san`at arbobi Rustam Abdullaev "O`zbekkino” Milliy agentligi bosh direktoriga qo`ng`iroq qilib, "Aktrisangizni tartibga chaqirib qo`ying”, deganidan xabar topdim. "O`zbekkonsert” bilan ham bog`langan ekan, to`yda boshlovchilik qilish uchun hatto lisenziyasi ham yo`qligi ma`lum bo`libdi. Bilasizmi, juda ko`p yoshlarni tarbiyalaganman. Yashirmayman, talabalar norozi bo`lib, tortishib qoladigan vaqtlarimiz ham bo`ladi. Lekin vaqtida xatosini anglab uzr so`rashadi, kechiraman, bu holat ularning o`qishi yo bahosiga salbiy ta`sir ko`rsatmaydi. Ayniqsa, iqtidorlilarning har qanday injiqligini ko`taraman, boisi ular tabiatan nozik bo`lishadi. O`smir yoshlar shulardan o`rnak oladi-ku. Yosh avlodga biz san`atkorlar professionallik, madaniyat borasida o`rnak bo`lishimiz kerak! Prezidentimiz har bir sohaga e`tibor qaratyaptilar, mavjud kamchiliklarga barham berilyapti. O`ylaymanki, shou-biznesdagi xonandalarning bilimi, qaysi sohada ta`lim olgani, ma`naviy qiyofasi qandayligi, qo`shiqlaridagi tarbiyaviylik qay darajada ekani tekshirilib, zarur choralar ko`riladi. Zero, farzandlarimizni yuksak asarlar bilan tarbiyalashimiz kerak. San`atni shou-biznes — pulga aylantirib yuborishdi. "Mablag` bilan istagan narsa qila olaman”, deb o`ylashyapti. Lekin san`atni shou-biznes bilan adashtirish kerak emas.

— Madaniyat vakili sifatida omma e`tiborini o`ziga qaratib, so`ng instagramdagi "haqiqat"larini o`chirib tashlaganini ko`rgandirsiz?

— Hammasini vaqt joy-joyiga qo`yadi. Bu mojaro men uchun ham katta dars bo`ldi. Endi bundaylar bilan gaplashib ham o`tirmayman. "O`zbeknavo”danman”, deb kirib kelishganiga qabul qilgandim, bilsam, yolg`on gapirishgan ekan. Ochig`i, vaqtimni behuda sarflashni istamayman. Ayni kunlarda shoir Azim Suyun bilan O`zbekiston yoshlar ittifoqining madhiyasini yozish bilan bandman.

— Professionallar televidenieni havaskorlar, shou-bizneschilarga bo`shatib bermadimikan?

— Avvallari televidenie va radioda badiiy kengash bo`lardi. Uning a`zolari eng mashhur shoir va bastakorlar edi. Badiiy kengashdan Shahzodaga o`xshagan birorta iste`dodsizlar o`tmasdi. Chunki qo`shiq she`ri, musiqasi ko`rib chiqilardi, so`ng orkestr ijrosidagi jonli musiqa bilan xonandaning ovozi, ijro mahorati eshitilardi. Afsuski, bugungi kunda shunday badiiy kengash etishmayapti. Natijada televidenie va radioda istagan odam chiqib, "qo`shig`i”ni "aylantiryapti”. Kuylayotganini she`r, deb bo`lmaydi, bachkanalikdan boshqa narsa emas. Hatto ko`pchilik katta-katta xonandalarning qo`shig`i musiqasi turk, eron, arab musiqalaridan o`g`irlangan. Ularning qo`shiqlari mualliflik huquqlari muhofazasi bo`yicha tekshirilsa, yuzimiz erga qarab qoladi. Nahot bu ularni tashvishga solmasa?! Kompyuterda ovozini to`g`irlab, "xonandaman”, deb yurishibdi-da. Shuning uchun ham "O`zbekkonsert” davlat muassasasi "Mardi maydon” jonli ijro festivaliga jiddiy yondashib, professional jonli ijroni ta`minlayapti. Shuningdek, "Mening yurtim” telekanalidagi "Sover version” va "Zo`r TV” telekanalidagi "The cover up" ko`rsatuvlaridan quvondim. Unda o`ziga ishongan san`atkorlargina ishtirok etyapti. Yoshlarga keng imkoniyatlar berildi, biroq noto`g`ri kasb tanlab, umrini behuda sarflayotganlar talaygina. Qo`pol qilib aytganda, san`at karvonsaroyga aylanib qoldi. O`n yildan keyin birortasining qo`shig`ini eslasharmikan? Botir Zokirov singari ustoz san`atkorlarning ijodini olaylik, yillar o`tgani sari ularning qadri oshib boryapti. Xususan, muallifligimdagi "Yomg`ir yog`di”, "Siz menga yoqqansiz hamisha”, "Men seni oylarga bermayman” qo`shiqlarini hozirgi xonandalar ham kuylashyapti. Dog`istonlik Anora ismli qiz ham "Yomg`ir yog`di”ni maromiga etkazib kuyladi. Shuning uchun ham undan mualliflik huquqini talab qilmadim. Shu qo`shiqni bir to`yda "Ko`k choy” guruhi buzib aytayotganiga guvoh bo`ldim va "qaytib mening qo`shiqlarimni kuylamanglar!” deb tanbeh berdim. Bugun ijod qilayotganlar orasida tan oladiganlarim: Sevara Nazarxon, Jahongir Otajonov, O`lmas Olloberganov, Gulsanam Mamazoitova, Manzura, Alisher Fayz, Ziyoda Qobilova, Dilnoza Ismiyaminova, Hulkar Abdullaeva, Lola Ahmedova, Madina Mumtoz, Gulasal Abdullaeva, Ulug`bek Xoliqov, Shahzoda, Lola, "Sharq” guruhi, Umidaxon, Farhod va Shirin. Munisa Rizaeva va Rayhonni tanqid qilgandim. Hozir ularda ancha professional o`sish bor. Ko`pchilik yoshlar esa "mashhur bo`lsam, pul ishlasam”, degan maqsadda yurishibdi. San`at fidoyilik, katta mehnat talab qiladi, kerak bo`lsa, umrni bag`ishlash lozim. Shou-biznesni san`at darajasiga teng­lashtirish uchun yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish va san`atkorlardagi tashqi va ichki madaniyatni tarbiyalash lozim. San`atkor tarbiyachi bo`lishi kerak, tarbiyasiz emas!

O`zbekiston Davlat konservatoriyasining Ma`naviy va ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori Ravshan NIGMATOV bilan bog`landik.

— Rektor bilan vaziyatni o`rgandik va xulosa qilib, qabul vaqtida bunday holatlar takrorlanmasligi uchun zarur choralar ko`rildi. Dilorom Omonullaeva avvalo shaxs va juda talabchan, haqiqatgo`y pedagog, etuk mutaxassis. Shu bois har bir abiturient, talaba uning fikri bilan hisoblashishi kerak. Qolaversa, talabaga aylanadiganlarning musiqiy bilimi ta`lim tizimiga javob berishi lozim. Chunki biz yurtimizning rivoji uchun talabga javob beradigan kadr tayyorlashga mas`ulmiz.

"Nohaq bo`lsam, ming bor uzr!"

Shahzoda Muhammedova bilan bog`langanimizda avvaliga javob berishdan bosh tortdi. So`ng birgina savolga javob berishga rozi bo`ldi.

— "Kurs ishlarini katta pul evaziga yopib berar ekan”, deya tuhmat qilib, "ruhan kasal, razil”, deya Dilorom Omonullaevani Azroilga taqqoslab, hatto ishdan bo`shatishlarini ham talab qildingiz. Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 40-moddasida tuhmat uchun eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha, 41-moddasida haqorat qilganlik uchun eng kam ish haqining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solinishidan xabaringiz bormi?

— Siz advokat emassiz-ku, nima keragi bor qonuniy taraflama yozishni? Bu yil muhtaram prezidentimiz tomonidan "xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, deb e`lon qilingan. Yoshlar — abiturientlarni ham o`z haq-huquqlari bor. Bu ayolning ham talabalarga do`q urishga, eshigidan haydashga, tuhmat intervyu berishga, yig`latishga haqqi yo`q. Xalq bilan muloqotni chiroyli qilish kerak. har holda madaniyat, tarbiya ulashuvchi inson. Ustoz, deb mehr va hayajon bilan maslahat olish uchun u ayolning oldiga kirayotgan yoshlarni oyog`osti qilishga haqqi bormi yoki professor, degani baqirib, xor qilish, turtkilash kerakmi? Shirin gap bilan tushuntirsa, tushunardik. Ko`p yoshlar bu ayolning oldidan "tarvuzi qo`ltig`idan tushib", dili og`rib ketyapti. Shu adolatdanmi? Hattoki bir yili nogiron yigit imtihon topshirganida, "seni ko`zing g`ilay-ku, qanday artist bo`lmoqchisan?” deb uni yig`latib chiqarib yuborganini eshitganman. Millionlab talabalar o`z yurtidagi oliy o`quv yurtlarga o`qishga kirolmay, chet ellarga ketib, o`sha erda qolib ketishyapti. Bechora yoshlar chet elda o`qisinmi? yurtimizda katta shart-sharoitlar yaratilgan. Har bir yosh o`zi istagan kasbni egallashga haqli. kelajak biz yoshlarniki. Yoshlarning ko`ksidan itarish, mensimay murojaat qilish emas, balki dalda berish kerak. Chunki biz yoshlar hali har sohada yurtimiz bayrog`ini ko`klarga ko`taramiz. Qanchadan-qancha yoshlar bu ayolni deb aziyat chekmoqda. Bu ayolning yoshini inobatga olgan holda yozgan gaplarim uchun uzr so`rayman, agar nohaq bo`lsam, ming bor uzr!

QO`POLLIK QILIShGA HECh KIMNING HAQQI YO`Q"

Odil Abduqahhorov, "O`zbekkonsert” konsert-tomosha faoliyatini lisenziyalash bo`limi boshlig`i:

— Mojaro haqida instagram ijtimoiy tarmog`i va saytlarda o`qidik va masalaga aniqlik kiritish maqsadida Shahzoda Muhammedova va Vohidjon Isoqovni chaqirtirdik. Balki Shahzodada ham asos bordirki, fikrini bildirgan. Lekin boshqa bir odamga nisbatan shaxsiyatga tegib, qo`pol gaplarni ishlatishga hech kimning haqqi yo`q. Shu yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borganimizdan keyin Shahzoda ogohlantirildi. Yutubda videomurojaat orqali Dilorom Omonullaevadan uzr so`radi.

P/S: O`zbek madaniyati, adabiyotining asoschilaridan biri Abdulla Avloniy "Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, deb bejiz aytmagan.Oliy ma`lumotga ega bo`lishdan tashqari hech bo`lmasa o`rtacha fikr­lash va jillaqursa boshlang`ich tarbiyaga ega bo`lish kerak. Mazkur mojaro va uning yakuni barchaga birdek dars bo`lsa, ajabmas!
Категория: Har-Hil | Просмотров:2984 | Добавил: Admin | Теги: Dilorom Omonullayeva va Shahzoda o' | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:15
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31