• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Mart » 17 » Devid va Viktoriya Bekxemlar yana mojaro markazida
09:17
Devid va Viktoriya Bekxemlar yana mojaro markazida

O‘tgan yili mashhur juftlik o‘rtasidagi munosabatlarga darz ketgani, ularning ajrashish arafasida turganliklari haqida xabarlar tarqalgandi.
 
Oradan ko‘p o‘tmay, Bekxemlar oilasidagi ajrim bilan bog‘liq gap-so‘zlarga oydinlik kiritish, ular haqida turli tasdiqlanmagan maqollalarni chop etayotgan nashrlarni ogohlantirish maqsadida, Bekxemning rasmiy vakili OAVga bergan intervyusida, jurnalistlarning barcha savollariga qisqacha qilib, "Bu gap-so‘zlarda zarracha haqiqat yo‘q. Ajrim borasidagi yolg‘onlarni to‘qib chiqargan odam gallyutsinogen giyohvand moddalarni iste'mol qiladiganga o‘xshaydi. U aqlini yig‘ib, real hayotga qaytishi kerak”, deb javob bergandi.
 
Shundan so‘ng bu mavzudagi maqolalar kamaydi. Biroq, ayni vaqtda eski mavzu yana jonlandi.
 
Biroz avval, sobiq futbolchining bosh ma'muri Simon Oliveyra tomonidan boshqariladigan "Doyen Global” serveri xakerlar hujumiga uchradi. Xakerlar hujumi oqibatida Bekxem va Oliveyra o‘rtasidagi yozishmalar omma uchun ochiqlandi. Bu haqda "Newspotok.ru” xabar qildi.
 
Ular o‘zaro yozishmalarida, asosan, ish borasidagi masalalarni muhokama qilishgan. Biroq, xakerlarni ko‘proq Devidning hayriya ishlari va ritsarlik unvoni borasidagi gaplar qiziqtirgan ko‘rinadi.
 
Gap shundaki, 2014 yili Devid Bekxem Yelizaveta II
qo‘lidan ritsarlik unvonini olishi lozim edi. Biroq hayriya ishlari yetarlicha amalga oshirilmaganligi sababli, u ushbu unvonni ololmadi.
 
Xakerlar tomonidan oshkor etilgan yozishmada, Devid pullarini kimdir va nima uchundir havoga sovurish niyatida emasligi, ritsarlik unvoni esa uni umuman qiziqtirmasligi haqida yozgan.
 
Bu hali hammasi emas. Yozishmalarda Devid va Viktoriyaning rostmana ajrashayotganliklari haqidagi so‘zlar ham borligi xabar qilinmoqda.
 
Amerika ommaviy axborot vositalarida Viktoriya Bekxem Devidning pochtasidagi qator moliyaviy hujjatlarni o‘qigan va turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishga qaror qilgani aytilmoqda.
 
Biroq Bekxemlarning rasmiy vakili yana bir bor bu boradagi gaplar yolg‘on ekanini bildirib, OAV bergan ma'lumotni tasdiqlamadi. Bekxemlarning o‘zidan ham biror rasmiy xabar chiqmadi.
 
Ma'lumot uchun, juftlikning turmush qurganiga 18 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan, ular 4 nafar farzandi guvohligida nikoh vaqtida kelin va kuyov bir-biriga beradigan va'dalarini aytib, ont ichishdi. Bu esa ajrim borasidagi fikrlar mish-mish ekanidan dalolat bermoqda. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:1229 | Добавил: Admin | Теги: Devid va Viktoriya Bekxemlar yana m | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:23
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031