• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Aprel » 5 » Depressiya tana vazniga ta'sir qiladimi?
08:48
Depressiya tana vazniga ta'sir qiladimi?

Xorijlik mutaxassislar insonning tushkun kayfiyat va depressiyani ajratishi uchun 9 ta omilni keltirishdi. Agar mazkur alomatlardan 5 tasi sizni bezovta qilib, uzoq vaqt davom etsa, bilingki, zudlik bilan shifokorga uchrashishingiz darkor.
 
1. Asosan kunning birinchi yarmida kayfiyatning tushishi
 
Ba'zan depressiya biroz tushkunlikdan boshlanib, ko‘krak qismidagi og‘riqlar bilan kechadi. Depressiyaning og‘ir shaklida esa inson hayotdan ma'no "topmasligi” ham mumkin. Bunday hissiyotlar asosan kunning birinchi yarmida paydo bo‘ladi. Kech tushishi bilan tarqaydi.
 
2. Aybdorlik hissi, o‘zini "keraksiz”, deya his qilish
 
O‘z aybini tan olish – kuchli inson xislati. Biroq har bir qilgan ishidan, harakatidan ayb topib, butun xayollarini shu kamchilik bilan bog‘lash depressiyadan darak. Bunday holda inson miyasida faqatgina bitta fikr "aylanaveradi”. Inson har safar xato qilganini eslaganida, o‘zini keraksiz va baxtsiz his qila boshlaydi.
 
3. E'tiborsizlikning kuchayishi va beqarorlik
 
Depressiyaga uchragan inson rejalashtirgan ishlariga ulgura olmaydi. Biron-bir vazifani bajarishda qaror qabul qilish uchun ko‘p quvvat va kuch sarflaydi, ya'ni u o‘zining diqqatini jamlay olmaydi. Insonning miyasi tushkunlik bilan "qoplangani” sababli boshqa ma'lumotlar uchun quvvat yetmaydi. Natijada o‘ziga zarar bo‘lib xizmat qiluvchi tavakkal harakatlarni amalga oshiradi yoki qaror qabul qiladi.
 
4. Uyquning buzilishi
 
Depressiya insonning ba'zan ko‘p, ba'zan esa kam uxlashiga sabab bo‘ladi. Ayrim kishilar o‘zining tushkun kayfiyati va salbiy xayollaridan "qochish” uchun vaqtlarini uxlash bilan o‘tkazadilar. Yana ba'zi kishilar esa turli xayollardan xavotirlanib, uxlay olishmaydi. Uyqusizlik boshqa kasalliklarni ham yuzaga keltiradi.
 
5. Qachondir sizni baxtli qilgan voqyea yoki buyum endi quvontirmaydi
 
Odatda biron-bir hodisa insonni quvontirar yoki biror kiyim unga yoqar edi, ammo bu holat avvalgidek yaxshi kayfiyat bag‘ishlamasa, depressiya boshlanayotganini bildiradi.
 
6. Tana og‘irligining o‘zgarishi
 
Ayrim kishilar depressiya holatida vazn yo‘qotadilar, ba'zilar esa aksincha ortiqcha vaznga ega bo‘ladilar. Bu ko‘pincha ovqatlanish jarayonining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Masalan, ayrimlar tushkunlik vaqtida ovqatlanishmaydi, yana bir toifa kishilar esa ovqat depressiyadan xalos etadi, deya ko‘p miqdorda tanovul qilishlari mumkin.
 
7. Bezovtalik, xavotirlanish
 
Xavotirlanish hissi, qo‘rquv, sarosimaga tushish depressiyadan darak beradi. Bunda bezovtalik besabab yuzaga keladi. Inson ongi orqali xavotirlanish hissi paydo bo‘ladi. Jismoniy jihatdan bu hissiyot yurakning tez urishiga, tez terlashga, uyquning buzilishiga olib keladi.
 
8. Inson tanasining turli qismlarida og‘riqlar paydo bo‘lishi
 
Depressiya vaqtida insonning boshi ko‘p og‘riydi, ko‘ngli buziladi, qorin va oshqozon, shuningdek, bo‘yin sohalarida og‘riq yuzaga keladi. Albatta, bu og‘riqlarni depressiya bilan bog‘lash doim ham to‘g‘ri emas. Ba'zan ichki organlarning xastaligi mazkur og‘riqlarni keltirib chiqarishi mumkin.
 
9. Hayotni "tark etish” haqidagi xayollar
 
Depressiyaning eng og‘ir alomati hayotga bo‘lgan ishtiyoqning yo‘qolishidir. YUqoridagi omillarning birortasi ham kuzatilmay, 2 hafta muddat davomida faqatgina yashashdan ma'no qolmagandek tuyulayotgan bo‘lsa, darhol shifokorga uchrashish lozim.
 
Inson hayotga bir marotaba keladi. Har bir kunimiz, har bir onimiz biz uchun ulkan tuhfa. Har qanday vaziyatda ham masalaning yechimi topilishini unutmang. Hayotga muhabbat bilan qarashni, go‘zallikni his qilishni o‘rganing. Bu esa nafaqat sizni, balki atrofingizdagi insonlarni ham baxtli qiladi. 

Категория: Har-Hil | Просмотров:1692 | Добавил: Admin | Теги: Depressiya tana vazniga ta'sir qila | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:06
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Aprel 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930