• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Noyabr » 6 » COVID-19 tufayli butun dunyo bo‘ylab joriy qilingan yangi cheklovlar. Asosiy ma’lumotlar
17:59
COVID-19 tufayli butun dunyo bo‘ylab joriy qilingan yangi cheklovlar. Asosiy ma’lumotlar

Dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 48 million kishidan oshdi. Hukumatlar yangi cheklovlarni e’lon qilmoqda: komendantlik soatini joriy etmoqda, restoranlarni yopmoqda, odamlarni uydan ishlashga o‘tkazmoqda. "RBK” qaysi mamlakatlarda qanday choralar ko‘rilayotgani haqida ma’lumot berdi.

Gretsiya kamida noyabr oxirigacha mamlakatda lokdaunni qayta tikladi. Uydan faqat niqob taqqan holda va uzrli sabablar bilan chiqish mumkin, bular ishga borish, kasalxona yoki do‘konga borish, sport bilan shug‘ullanish. Uydan chiqishdan avval SMS-xabar jo‘natib, hukumatni xabardor qilish kerak.

Avstriya hukumati 20:00 dan 6:00 gacha komendantlik soatini joriy qildi, jamoat joylari yopildi, ommaviy tadbirlar taqiqlandi, katta sinflar va universitetlar masofaviy ta’limga o‘tmoqda. Qoidalarni e’tiborsiz qoldirganlar kamida 150 yevro jarima to‘laydi.

Slovakiyada favqulodda holat e’lon qilindi, bu rejim noyabr o‘rtalarigacha davom etadi. Barcha ommaviy tadbirlar taqiqlangan, kafelar taomlarni faqat uyga olib ketish uchun ishlamoqda, sportzal va basseynlar yopilgan. Shuningdek, u yerda o‘n yoshdan katta fuqarolarni yoppasiga testdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Agar chora ish bermasa, hukumat to‘liq lokdaun o‘rnatishi mumkin.

Chexiyada bar, restoran, kinoteatr va fitnes-markazlari yopildi. Maktablar masofaviy ta’limga o‘tkazildi. Oktabr oxirida hukumat komendantlik soatini joriy qildi. U yerda 21:00 dan 5:00 gacha ko‘chalarga chiqish mumkin emas.

Belgiyada ham shunga o‘xshash vaziyat: u yerda 19-oktabrdan barcha barlarni yopib, yarim tundan 5:00 gacha komendantlik soati kiritishga qaror qilishdi. Cheklovlar yaqin bir oy uchun ko‘zda tutilgan. Bryusselda hamma niqob taqib yurishi shart. Madaniy (galereya, kino, teatrlar) va sport (zal, kort, basseynlar) muassasalarining barchasi yopilishi kerak. Do‘konlar 20:00 gacha ishlaydi.

Fransiyada prezident Emmanuel Makron yangi o‘z-o‘zini yakkalash rejimini e’lon qildi. Kamida 1-dekabrgacha barcha ko‘ngilochar muassasalar yopiladi, ommaviy tadbirlar bekor qilinadi. Makron yopiq tashkilotlarga har oyda 10 ming yevro miqdorida yordam berilishini va’da qildi. Imkoni bo‘lgan joylarning hammasida masofadan ishlash formati joriy etiladi. Chet eldan qaytayotgan fransuzlarning barchasi uchun COVID-19’ga test topshirish majburiy bo‘ladi.

Norvegiyada 31-oktabrdan barcha chet ellik ishchilar o‘n kunlik karantinni o‘tashi shart. Odamlar uylarida mehmondorchilik qilmoqchi bo‘lsa, besh kishidan ortiq odam to‘planishi mumkin emas. Yirik tadbirlar ishtirokchilari soni esa 50 nafargacha qisqartirildi.

Shveysariyada hukumat cheklov choralarini kuchaytirdi. 29-oktabrdan mamlakatda tungi klublar yopildi. Bar va restoranlar 23:00 gacha ishlaydi. 50 kishidan ortiq odam ishtirokida ommaviy tadbirlar (sport va madaniy) o‘tkazish taqiqlanadi, oilaviy o‘tirishlar ishtirokchilari soni esa o‘n kishi bilan cheklangan. Shveysariya Rossiyani mamlakatlarning "karantinli” ro‘yxatidan chiqardi, ammo u yerda turizm maqsadida sayohat qilish hamon taqiq ostida qolmoqda. Ro‘yxatda Andorra, Armaniston, Belgiya va Chexiya, shuningdek, Fransiyaning ba’zi hududlari qoldi.

Polshada sport markazlari, kafe va restoranlar, shuningdek, barcha madaniyat muassasalari ishlashdan to‘xtadi. Yuqori sinflar masofaviy ta’limga o‘tkazildi. Besh kishidan ortiq odam bitta guruh bo‘lib yig‘ilishi mumkin emas. Hukumat Yangi yildagi ommaviy sayillarni ham bekor qildi. Varshava, Poznan, Gdansk, Gdinda sayillardan voz kechildi.

Germaniya hukumati 2-noyabrdan yangi karantin joriy qilishga kelishib oldi. Kamida bir oy muddatga restoran va barlar yopiladi, ular faqat taomlarni uyga olib ketish uchun ishlashi mumkin. Fitnes-klublar, basseynlar, tatu-salonlar, kosmetika va massaj studiyalari, kino, teatr va konsert maydonlari ham yopiladi. Yaqin bir oy mobaynida futbol bundesligasining barcha musobaqalari tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi. Bahordagi karantindan farqli o‘laroq, bolalar bog‘chalari, maktablar, sartaroshxona va do‘konlar ochiq qoladi, ammo ular sanitariya qoidalariga rioya qilishi kerak.

Bolgariyada ko‘chalarda niqob taqish majburiy etib belgilandi. Ammo kasallanganlar bilan aloqada bo‘lganlar uchun majburiy karantin ikki haftadan o‘n kungacha qisqartirildi.

Latviyada yopiq binolarda o‘n kishidan ortiq, ochiq havoda esa 100 kishidan ziyod bo‘lib to‘planish taqiqlandi. Barcha jamoat joylarida niqob taqish kerak. Yil oxirigacha barcha OTMlarda o‘qish masofadan bo‘ladi.

Litvada noyabr oxirigacha to‘liq karantin joriy qilindi. U yerda umumiy ovqatlanish joylari, tungi klublar va kazinolar boshqa ishlamaydi. Do‘konlar, savdo markazlari va bozorlar bitta xaridorni kamida 10 m² maydon bilan ta’minlay olsagina, ishlashda davom etishi mumkin. Yarmarka, ko‘ngilochar va sport tadbirlari bekor qilindi. Tomoshabinsiz o‘tkaziladigan ba’zi sport tadbirlari bundan mustasno.

Isroilda yangi karantin choralari sentabrdayoq joriy qilingandi, ammo bir oy o‘tib, ular bekor qilina boshladi. Yopiq binoda o‘n kishigacha, ochiq havoda 20 kishigacha to‘planish mumkin bo‘ldi. Bog‘chalar qayta ochilmoqda, bog‘lar va plyajlar yana ishlamoqda, kafe va restoranlar taomlarni uyga olib ketish uchun ishlamoqda, uydan 1 kilometrdan ortiq uzoqlashish mumkin.

Buyuk Britaniyada karantin qayta tiklandi. Do‘konlar, ko‘ngilochar markazlar va trenajyor zallari, teatrlar, muzeylar, go‘zallik salonlari yopildi. Restoran va pablar uyga olib ketish va yetkazib berish rejimida ishlamoqda. Mehmonxonalar va yotoqxonalarga ish bo‘yicha sayohat qilayotganlarni qabul qilish ruxsat etilgan. Uydan ish, o‘qish, eng zarur narsalarni sotib olish, sport bilan shug‘ullanish yoki ibodatga borish uchun chiqish mumkin.

Irlandiya Yevroittifoqda birinchi bo‘lib lokdaunni qayta tikladi. Uydan ko‘pi bilan 5 kilometrga uzoqlashish mumkin, aks holda 500 yevro jarima solinadi. Xuddi shunday jazo niqob taqmaganlik uchun ham amal qiladi. Uyda ziyofat uyushtirganlik uchun 1 ming yevro jarima to‘lash mumkin. Umumiy ovqatlanish joylari faqat uyga olib ketish rejimida ishlaydi.

Sloveniya hukumati komendantlik soatini joriy qildi. 21-oktabrdan 21:00 dan 6:00 gacha ko‘chada yurish taqiqlanadi. Har qanday tadbirlar (shu jumladan, diniy) taqiqlandi. Sloveniyaliklar ko‘pi bilan olti kishi bo‘lib to‘planishi mumkin. Shuningdek, mahalliy hukumat barcha aholi punktlarida kirish va chiqishni taqiqladi.

Italiyada komendantlik soati amal qilmoqda. 22:00 dan 5:00 gacha uydan chiqish mumkin emas. Faqat ishga borish uchun, uzrli sabab bilan yoki sog‘lig‘i yuzasidan uydan chiqish mumkin, ammo buning uchun maxsus hujjatni rasmiylashtirish kerak. Shuningdek, hukumat barcha muzeylarni yopdi, savdo markazlariga esa dam olish kunlari va bayramlarda ishlashni taqiqladi. Maktab o‘quvchilari va talabalardan masofadan o‘qishga o‘tkazildi.

Ispaniya hukumati oktabr oxirida favqulodda holat rejimini e’lon qildi. Butun mamlakat bo‘ylab komendantlik soati joriy qilindi, hududlar o‘rtasidagi chegaralar yopildi. Olti kishidan ortiq odamning bir guruh bo‘lib to‘planishi mumkin emas. Bungacha Madriddagi bar va restoranlar 22:00 gacha ishlashi mumkin edi. Kataloniyada bar va restoranlarning barchasi yopildi, ular faqat uyga olib ketish uchun ishlaydi. Fitnes-klub va konsert maydonlari ishlashi mumkin, ammo tashrifchilar soni yarmidan oshmasligi kerak.

Niderlandiyada muzey, teatr, kazino, kinoteatr, kutubxona, ko‘ngilochar bog‘lar yopildi. Hukumat to‘liq lokdaun kiritishga to‘g‘ri kelishini istisno qilmayapti, shunda komendantlik soati kiritiladi va maktablar yopiladi.

Dominika Respublikasida hukumat favqulodda holat rejimini uzaytirdi, u yerda komendantlik soati amal qilmoqda. Do‘konlar va jamoat transporti qisqartirilgan rejim bo‘yicha ishlay boshladi.

Argentinada karantin 20-mart kuni joriy qilingan. O‘shandan buyon u bir necha marta uzaytirildi. Oktabr o‘rtalarida hukumat ichki aviatashuvlarni, shuningdek, avtobus qatnovini qayta tikladi. Ammo transportdan foydalanish uchun maxsus ruxsatnoma kerak. SHuningdek, yo‘lovchilar maxsus mobil dasturga ulanishi kerak.

Braziliyaning ko‘pchilik shtatlarida cheklovlar hamon mavjud, ammo ularga rioya qilmay qo‘yilgan. Masalan, Rio-de-Janeyroda plyajlarda qorayish taqiqlangan, ammo sohil dam oluvchilarga to‘la.

Avstraliyada cheklovlarni susaytira boshlashdi. 100 kun davom etgan lokdaundan keyin Melburn aholisi endi uydan 25 km.ga uzoqlashishi mumkin. Ko‘chada sport bilan shug‘ullanishga qo‘yilgan ikki soatlik cheklov bekor qilindi. Pab va restoranlar esa hali ochilgani yo‘q: ular yana ikki hafta ishlamaydi.

Mozambik hukumati mamlakatni turistlar uchun ochmoqda. Noyabr boshidan viza berish qayta tiklandi. Mamlakatga kirish uchun sayohatchilar koronavirus testi natijasini taqdim etishi yoki uni topshirishi, yo bo‘lmasa, o‘n kun yakkalanib o‘tirishi kerak. Niqob taqish, qo‘l yuvish va ijtimoiy masofalanish, mamlakat prezidenti so‘zlariga ko‘ra, kuchda qolmoqda.

Tailandda besh kishidan ortiq odamning guruh bo‘lib to‘planishi taqiqlanadi. Bu Bangkokdagi katta ko‘lamli norozilik aksiyalaridan keyin yuz berdi, ammo hukumat yangi cheklovlarni aynan koronavirusga qarshi kurash choralari deb izohladi.

Xitoyda hukumat Pekinga kiruvchilar sonini cheklashga qaror qildi. Ular kuniga 500 kishidan oshmasligi kerak.

Yaponiyada esa cheklovlar susaytirildi. Mamlakatga oktabr boshidan o‘qish yoki uzoq muddatli yashash huquqi bo‘lganlar uchib kelishi mumkin bo‘ldi. Shuningdek, hukumat Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha qo‘shni mamlakatlar uchun cheklovlarni olib tashlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Noyabrdan yaponiyaliklar Xitoy, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Singapur va boshqa mamlakatlarga ucha olishi mumkin.
Категория: Har-Hil | Просмотров:503 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Noyabr 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30