• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 21 » COVID-19 “muallifi” bo‘lgan Xitoy Raisi Nazarboyevga salomatlik tiladi
14:55
COVID-19 “muallifi” bo‘lgan Xitoy Raisi Nazarboyevga salomatlik tiladi

Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasiga chalingani haqida xabar bergan edik. Ayni vaqtda ko‘plab davlat rahbarlaridan Nazarboyevga sihat-salomatlik tilab nomalar kelmoqda. COVID-19 ning "muallifi” bo‘lgani Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ham Elboshiga maktub yo‘lladi. 

"Koronavirus infeksiyasi boshlangandan beri Xitoy va Qozog‘iston epidemiyaga qarshi samarali hamkorlik qilmoqda. Bu Xitoy-Qozoq munosabatlarining abadiy keng qamrovli strategik sherikligining yuqori darajasi va alohida xususiyatini namoyon etadi, shuningdek, xalqaro hamjamiyat ko‘z o‘ngida pandemiyaga qarshi birgalikda kurashishning yorqin namunasidir. 

Ishonchim komilki, epidemiya yengiladi va ikki tomonlama munosabatlar yangi, yanada samarali ruhda rivojlanadi. 

Siz bilan o‘rnatilgan shaxsiy do‘stlik uchun juda minnatdorman va chin dildan tezroq sog‘ayib ketishingizni tilayman”, deb yozadi XXR Raisi. 

Shuningdek, Nazarboyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefonda muloqot qildi. Rahmon ushbu xabarni tashvish bilan qabul qilganini bildirib, Nazarboyevga tezroq oyoqqa turishini tilagan. 

Shu jumladan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ham Nazarboyevga qo‘ng‘iroq qilib, uning holidan xabar olgan. Putin Elboshi bu 
kasallikni yengishiga ishonch bildirib, uni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini qayd etgan. Nazarboyev esa Putinni kelgusi hafta Moskvada 
Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan parad bilan tabriklagan. 

Elboshi ma’muriyati ayni vaqtda Nazarboyevda koronavirus alomatlarsiz kechayotganini, uning ahvoli yaxshiligi va shifokorlarning doimiy nazoratida ekanini bildirdi. 

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov Nazarboyevga sihat-salomatlik tilab, maktub yo‘llashgan edi. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:477 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:21
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь