• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Dekabr » 15 » CNN telekanali Luvr muzeyida ochilgan “O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari” ko‘rgazmasi haqida reportaj tayyorladi
22:26
CNN telekanali Luvr muzeyida ochilgan “O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari” ko‘rgazmasi haqida reportaj tayyorladi

Parijdagi Luvr muzeyida 22-noyabr kuni "O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi ochildi. CNN telekanali ushbu namoyishga oid reportaj tayyorladi.

Ko‘rgazmada namoyish etilgan tarixiy boyliklar qatorida eng qadimiy Qur’on sahifalari va o‘zbekcha "Mona Liza” deb nomlangan sur'at ham o‘rin olgan. "O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari” mamlakat o‘tmishiga nazar tashlaydigan 170 dan ortiq asarlar, jumladan, mashhur devor rasmlari, budda haykallari va qadimiy sivilizatsiyalarga oid uy-ro‘zg‘or buyumlarini o‘z ichiga oladi. Ko‘rgazma kuratorlaridan biri 2009-yildan buyon Buxoroda qazish ishlari bilan shug‘ullanib kelayotgan arxeolog Rokko Rante hisoblanadi.

"O‘zbekistonlik hamkasblarimizning ko‘magi bilan VIII asrga oid eng qadimiy Qur’onlardan birini topdik va qayta tikladik, bu juda katta kashfiyot”, — deydi Rokko Rante.

O‘zbekistonlik mutaxassislar bilan birgalikda Luvr ko‘plab eksponatlarda keng ko‘lamli restavratsiya ishlarini amalga oshirgan. Ular qatoridan Samarqand shahridagi XIV asrga oid Go‘ri Amir maqbarasining eshigi ham o‘rin olgan.

"Eshikda biz Samarqand jamiyatini aks ettiruvchi katta ikonografiya aniqladik”, — deydi Rante.

Luvrdagi islom san’ati bo‘limi hammuallif va sobiq direktor Yannik Linzning so‘zlariga ko‘ra, Ipak yo‘li karvon yo‘llari bo‘ylab topilgan yodgorliklarga bag‘ishlangan ko‘rgazmaning markazida joylashgan.

"Hamma biladiki, bu yo‘llar Sharq va G‘arb o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar uchun mo‘ljallangan, ammo shu bilan birga, ular intellektual, badiiy va texnologik aloqalar uchun ham xizmat qilgan”, — deydi Linz.

U XIV asrda Markaziy Osiyo imperiyasiga asos solgan Iskandar Zulqarnayn, Chingizxon va Amir Temur (shuningdek Temurlan nomi bilan ham mashhur) davridagi xazinalar bilan odamlarni o‘tmishga olib borishga umid qilmoqda.

"Men uchun tashrif buyuruvchilarga dunyoning bu qismida Xitoy, Hindiston va Eron o‘rtasida madaniy, diniy va badiiy muloqot bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish muhim, chunki O‘zbekiston o‘rtada joylashgan”, — deydi Linz.

Shuningdek, IX asrga oid so‘g‘d freskasi qadimiy Afrasiyob shahri tasvirlangan devoriy suratlar turkumi bilan ko‘rgazmadan joy olgan. Sog‘d freskasi "Elchilar surati” nomi bilan ham mashxur bo‘lgan.

"Bu suratning qismlari yo‘q va uning ma’nosi faqat qisman tushuniladi, lekin shunga qaramay, u eng yaxshi asar sifatida qabul qilinadi. Elchilar rasmi o‘zbek xalqi uchun milliy boylikdir. Uni o‘zbek Mona Lizasi deya olaman”, — dedi Lintz.

Reportajda keltirilgan Rokko Rantening so’zlariga ko’ra, ushbu obyektlarni saqlash, ushbu tarihni yangi avlodlarga hikoya qilish juda muhim. Shu bilan birga mamlakat uchun, mamlakat aholisi uchun yagona hududda turli davrlarda aralashib ketgan madaniyatlarni anglash ham alohida ahamiyatli.

Ko‘rgazmaning tashkil etilishida bosh bo‘lgan Saida Mirziyoyeva ta’kidlaganiday, uni o‘tkazish g‘oyasi tug‘ilganidan to uni ro'yobga chiqarguncha to'rt yil vaqt talab etilgan.

"‘Sharq karvoni’” xuddi ming yil avvalgidek, Yevropaga yetib kelib, barchani hayratga solmoqda. Bu esa biz uchun madaniyatimizni jahon tarixiga kiritish yo‘lidagi yana bir katta qadamdir”, — degan edi u.

Luvrdagi mazkur ko‘rgazma 2023-yil 6-martgacha davom etadi
Категория: Har-Hil | Просмотров:196 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031