• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Yanvar » 30 » “Chiroqchi voqeasi” bo‘yicha qamoqqa olinganlardan biri IIB boshlig‘i ekanligi aytilmoqda
21:45
“Chiroqchi voqeasi” bo‘yicha qamoqqa olinganlardan biri IIB boshlig‘i ekanligi aytilmoqda

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida mol o‘g‘irlashda gumon qilingan 32 yoshli erkak IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgan edi. Keyinroq IIBning boshqa xodimlari ushbu jinoyatni yashirish maqsadida guvohlarga bosim o‘tkazgani ma’lum bo‘lgandi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ochilib, ikki nafar IIB xodimi qamoqqa olingani haqida xabar berilgan edi.
"Xabar.uz”ning o‘z manbasiga tayanib yozishicha, qamoqqa olingan IIB xodimlaridan biri Chiroqchi tumani IIO FMBning 4-son IIB boshlig‘i hisoblanadi. Nashrning yozishicha, mazkur shaxs ushbu lavozimga 2019-yil iyun oyida tayinlangan.

Qayd etilishicha, hibsdagi ikkinchi shaxs tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor xodimi bo‘lgan. Nashr manbasiga ko‘ra, marhum A.Yu. 4-son IIB boshlig‘ining xizmat xonasida vahshiylarcha kaltaklanishi oqibatida o‘sha joyning o‘zida vafot etgan.

Nashr xabarida jinoyat ishi tergovi doirasida Chiroqchi tumani IIB qator xodimlarining javobgarlikka tortilishi ehtimoli kattaligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur holat bo‘yicha Chiroqchi tumani Ichki ishlar organlari (IIO) faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi (FMB) xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi (Mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 104-moddasi 3-qismi "d” bandi (Jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘ladigan darajada qasddan badanga shikast yetkazish) va 235-moddasi 3-qismi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur voqealar ortidan Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Samad Turdiyev o‘z lavozimidan ketgan.

O‘zbekiston Senati Chiroqchidagi mazkur qotillikning tergovi bosh prokuror tomonidan nazoratga olinganini ma’lum qildi.

Mazkur ayanchli voqea yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB binosida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun o‘tkazilgan maxsus brifingda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov IIB binosida odam o‘limi holati yangilik emasligini ta’kidlab o‘tgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:607 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:37
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031