• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Noyabr » 11 » Chexiyada bosh vazir va hukumat iste’foga chiqdi
20:45
Chexiyada bosh vazir va hukumat iste’foga chiqdi

Chexiya hukumatining rahbari Andrey Babish 11-noyabr kuni iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza berdi.

"Hukumat iste’foga chiqishga qaror qildi. Men prezidentga iste’fo to‘g‘risidagi arizani yubordim, prezident uni qabul qildi”, — deya Babishning so‘zlarini keltiradi Chexiya radiosi.

Xabarga ko‘ra, endi mamlakat prezidenti Milosh Zeman o‘z lavozimini tark etayotgan vazirlarga yangi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilmaguncha o‘z vakolatlarini amalga oshirishni so‘rab murojaat qilishi kerak.

Shu hafta boshida Zeman Fuqaro demokratik partiyasi yetakchisi Pyotr Fialega yangi Chexiya hukumatini shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatma bergandi. 8-noyabr kuni Pragada hukumat koalitsiyasini tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Koalitsiya to‘g‘risidagi kelishuvga Fuqaro demokratik partiyasi, Xristian demokratik ittifoqi, "Birgalikda” alyansi bilan koalitsiyadagi "TOP 09” (markaziy o‘ngchilar) partiyasi va "STAN” harakati bilan koalitsiyadagi Piratlar partiyasi vakillari imzo chekdi.

Yangi Vazirlar Mahkamasining tarkibi 18 vazir, jumladan, bosh vazirga aylanadigan Fialedan iborat bo‘lishi kutilmoqda. 57 yoshli Fiale bungacha ta’lim, yoshlar va jismoniy tarbiya vaziri lavozimlarida ishlagan. U 2013-yildan beri parlament deputati hisoblanadi.

Oktabr o‘rtasida Chexiya Senatining Konstitutsiyaviy komissiyasi Milosh Zemandan prezidentlik vakolatlarining bir qismini olib tashlash imkoniyatini ko‘rib chiqqan edi. Bunga Zemanning qayta-qayta kasalxonaga yotqizilishi sabab bo‘lgan.

77 yoshli Milosh Zeman 10-oktabr kuni Pragadagi Markaziy harbiy kasalxonaga yotqizildi. Shifokorlar unga qo‘yilgan tashxisni oshkor qilmadi.

Bundan avval Zeman sentabr oyida sakkiz kun Markaziy harbiy kasalxonaga yotqizilgan edi. Praga qal’asi buni rejalashtirilgan muolaja deb aytgan. Siyosatchi diabet va oyoqlarning nevropatiyasi bilan kasallangan, u nogironlar aravachasida harakatlanadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:362 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:32
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Noyabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930