• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 20 » Chexiya prezidenti mamlakat chegaralarini bir yil ochmaslikni taklif qildi
21:15
Chexiya prezidenti mamlakat chegaralarini bir yil ochmaslikni taklif qildi

Chexiya prezidenti Milosh Zeman mahalliy radiostansiyalardan biriga bergan intervyusida koronavirus qaytadan avj olmasligi uchun fuqarolarning chet elga chiqishiga taqiqni yana bir yilga uzaytirish lozimligini bildirdi. Bu haqda Ceske Noviny xabar bermoqda.

Uning fikricha, yozgi ta’til paytida fuqarolar chet elga borishi shart emas, yaxshisi Chexiya manzarasi go‘zalligidan bahramand bo‘lgan ma’qul. Prezident shaxsan o‘zi dam olish uchun mamlakat janubi-sharqida joylashgan Visochina o‘lkasiga borishini aytgan.

Zemanning fikricha, chegaralar ochilsa, odamlar infeksiyalanish darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatga borib, Chexiyadagi epidemiologik vaziyatni yanada yomonlashtirishi mumkin.

Shu tariqa u mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Adam Voytexning cheklovlarni qisman olib tashlab, koronavirusga chalinish darajasi nisbatan kam bo‘lgan davlatlar: Slovakiya va Xorvatiyaga borish taklifiga ham javob berdi. Biroq bu masala may oyidan so‘nggina ko‘tarilishini ta’kidlagan.

O‘z navbatida sayyohlik kompaniyalari hukumatdan chegaralar ochilishining hech bo‘lmasa, taxminiy sanasini aytishlarini so‘ramoqda. Chexiya turizm assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Yan Papej hukumat, shu jumladan, Bolgariya, Gretsiya, Tailand, Vyetnam yoki Maldiv orollariga borishga ham ruxsat bersa bo‘lardi, deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Chexiya o‘z chegaralarini 16-martdan boshlab butunlay yopgan. Fuqarolar faqat maxsus ruxsatnoma orqaligina mamlakatni tark etishi mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, epidemiya boshlanganidan buyon Chexiyada 6787 kishi koronavirusga chalingan, 1298 kishi tuzalgan, 188 kishi vafot etgan. Mamlakatda epidemiyaning avj pallasi mart oyi oxirlari — aprel oyi boshlariga to‘g‘ri kelagan. O‘sha vaqtda kunida 300 dan ortiq kishi kasallangan. Kasallanish episentri Praga shahri bo‘lib, u yerda umumiy hisobda 1590 kishi kasallangan.

Oxirgi bir sutka davomida Chexiyada 140 kishi koronavirusga chalingan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:585 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:52
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь