• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 693
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » Iyun » 27 » Chernogoriya yana qat’iy karantin rejimiga qaytdi
20:09
Chernogoriya yana qat’iy karantin rejimiga qaytdi

Chernogoriya hukumati ilgari bekor qilingan koronavirus tarqalishiga qarshi karantin cheklovlarini qayta tikladi. Bu haqda 26-iyun kuni Reuters xabar berdi.

Karantin cheklovlari doirasida sport mashg‘ulotlari va musobaqalar, shuningdek, ochiq havoda jamoat yig‘inlarini o‘tkazish yana taqiqlandi. Dafn marosimida qabristonda faqat marhumning oila a’zolari bo‘lishiga ruxsat beriladi. Bundan tashqari, mamlakat shimolidagi ikki munitsipalitetda soat 18:00 dan 05:00 gacha kommendantlik soati joriy etilgan.

Chernogoriya iqtisodiyoti o‘z daromadining katta qismini Adriatik dengizi sohilidagi turizmdan oladi. Shu sababli mamlakat 25-may kuni o‘zini koronavirusdan xoli deb e’lon qildi.

Mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 10 kun avval oshishni boshlagan. Shundan buyon hukumat kasallikka chalinish bo‘yicha 100 ta yangi holatni e’lon qildi. Avvalroq kasallanganlar soni 424 kishini tashkil qilgan.

Ta’kidlash joizki, 24-iyun kuni Chernogoriyaning turli shaharlarda Budva ma’muriyati rahbarlarining hibsga olinishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, tartibsizliklar va politsiya bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Chernogoriyada koronavirusga chalinish bo‘yicha ilk holat 17-mart kuni aniqlangandi. May oyi oxirlarida Chernogoriya koronavirusni yenggan Yevropadagi birinchi davlatga aylangan, mamlakatda koronavirusga chalingan barcha bemorlar to‘liq sog‘aygandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:560 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:01
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930