• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Iyun » 2 » Buyuk ketishmi yoki bu yo‘q ketishmi? Zidan yana kalla qo‘ydi!
15:16
Buyuk ketishmi yoki bu yo‘q ketishmi? Zidan yana kalla qo‘ydi!

Zineddin Zidanning "Real” murabbiyligidan ketishi kutilmagan qaror bo‘ldi. Ishonchimiz komil, bu mantiqsiz va juda xam noto‘g‘ri qaror. Chunki "pushtirang ko‘zoynakni yechib qo‘yib”, jamoa erishgan yutuqlari bilan birgalikda uning kamchiliklarini ham birdek tahlil qila oladigan mutaxassis va muxlislar "Real” unga "tupuklab yopishtirilayotgan” "mutlaq tengsizlik” maqomida emasligini yaxshi tushunib turibdi. Bunday vaziyatda jamoani tashlab ketish eng kamida jur'atsizlik. Uning ishini sevimli jamoasi zimmasiga og‘ir yuk tushganda yana ortib ketish deyiladi.
 
Bekorga ayrim muxlislar, shuningdek futbol jurnalistlari ham Zidanning ushbu qaroridan mutaassir bo‘lishgani yo‘q. Chunki qaror haqiqatdan ham noodatiy va kutilmagan edi. Bu sifatlar qatoriga "mantiqsiz” deganini ham qo‘shgan bo‘lardik. Shu bois, buni yoqlab, mutaxassisni ko‘klarga ko‘tarib, uning faoliyatiga har xil metforalar bilan o‘ta ijobiy bo‘yoq berishga urinayotganlarni tushunmaymiz ochig‘i. Bu taxlit fikrlarga yo samimiyat, yoki oddiygina tahlil yetishmaydi.
 
Har qanday murabbiy faoliyatiga o‘lchov bo‘luvchi mezonlar ko‘p emas: natijalar, jamoaviy ruh, taktik topilmalar va umumiy o‘sish. Taniqli jurnalist to‘g‘ri urg‘u berganidek, ular orasida eng muhimi natijaviylik. Shuning uchun ham mayli, murabbiy faoliyatini aynan shu jihat e'tiboridan tahlil qilamiz. Va yoddan chiqarmaymiz-ki, biz qanqadir jamoa emas, "Real Madrid” murabbiyi to‘g‘risida gaplashyapmiz. Bu yerda natijaviylik borasida qo‘shimcha mezonlar ham maydonga chiqadi.
 
Ko‘rsatkichlar Zidan foydasiga:
 
Xalqaro turnirlar: Yevropa chempionlar ligasi, UYEFA super-kubogi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati Zidan murabbiyligi ostida "Real” yuqoridagi sovrinlarning barchasiga egalik qildi: natija 100 foiz!
 
Lekin hatto "Real” yaqqol ustun bo‘lgan ushbu turnirlar borasida ham Zidanning "buyukligiga” soya solib turgan omillar talaygina.
 
Avvalo, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati to‘laligicha Yevropaning mulki ekanligi hech kimga sir emas. Ko‘hna qit'a vakillari 2006 yildan buyon 11 mavsum mobaynida finalni bor yo‘g‘i 1 marta boy berishganini hisobga olsak, masala yanada oydinlashadi. Bu fakt erishilgan yutuq salmog‘ini sezilarli kamaytiradi.
 
Endi chempionlar ligasida erishilgan muvaffaqiyat to‘g‘risida. Oldingi mavsumlarni qo‘ya turaylik. Aslida o‘tgan yil ham Zidan jamoasining bu turnirda u qadar yorqin, maqtangulik o‘yiniga guvoh bo‘lmaganmiz. Hyech kimning yodidan o‘chib ulgurmagan 2017/2018 mavsumiga to‘xtalmoqchimiz.
 
Guruh bosqichidayoq "Tottenxem”dan qabul qilib olingan mag‘lubiyat jamoada qanday muammolar borligini ko‘rsatib berdi. Amal-taqal qilib guruhdan chiqqan "Real Madrid” final sari g‘ururlanishga arzimas yo‘lni bosib o‘tdi. Avval voqyealarning antiqa rivoji o‘laroq, "PSJ” mag‘lub etildi. Hal qiluvchi ikkinchi uchrashuvda "PSJ” Neymarsiz o‘yin o‘tkazishga majbur bo‘lgani yetmay, ikkinchi taymning katta qismini ozchilik bo‘lib o‘tkazishga majbur bo‘ldi.
 
66-daqiqa – ikkinchi taym ekvatori. Marko Veratti "qizil” kartochka bilan siylandi. Ushbu kartochka futbol jamoatchiligida uzoq muhokamalarga sabab bo‘ldi.
 
Keyingi bekat – "Yuventus”. Bu safar "Real” raqibi birinchi o‘yindayoq kamchilik bo‘lib o‘ynashga mahkum etildi. Yana o‘sha sirli 66-daqiqa. Paulo Dibala javob uchrashuvida ham ishtirok eta olmaydigan bo‘lib, maydonni tark etdi. Javob uchrashuvida o‘yin asosiy vaqti yakunlanib borarkan, hakamlar yana katta sahnaga chiqdilar. "Yuventus” qo‘shimcha daqiqalarga o‘tish imkoniyatidan mahrum etildi. Tirik afsona – Buffonga esa "qizil” berildi.
 
Navbat "Bavariya”ga. Ikki uchrashuvda ham o‘yin taqdiri asosiy vaqtda hal bo‘lmagach, qo‘shimcha vaqtlarga o‘tiladi. Ammo, bu safar ham hal qiluvchi pallalarda "Real” raqibi bir kishi kam bo‘lib o‘ynashga majbur bo‘ladi. 84-daqiqada Arturo Vidal o‘yindan chetlatildi. Oqibat – Zidan jamoasi finalda.
 
Uchrashuvlar taqdiriga ta'sir o‘tkazgan omillarning eng ko‘zga ko‘rinarlilari to‘g‘risida to‘xtalyapmiz xolos. Aybni faqat hakamlarga ag‘darmagan holda, omad va tasodiflar ham "Real Madrid”ga yordam qo‘lini cho‘zganini ta'kidlab o‘tmoqchimiz.
 
Finaldagi voqyealar rivojini eslatib o‘tirish faqat futboldan o‘ta yiroq muxlislar uchun kerak bo‘lishi mumkin. "Liverpul” ustuni – Muhammad Saloh 29-daqiqadayoq ko‘z yoshlar bilan maydonni tark etganini hali hech kim unutganicha yo‘q. Kariusning "fokus”lari esa hali hamon internetni "portlatmoqda”.  "Liverpul” o‘zining optimal holatida, ya'ni dastlabki 20-25 daqiqada"Real”ni qanday ahvolgasolganini hamma ko‘rdi.
 
Ko‘rsatkichlar Zidan zarariga:
 
G‘alabalar ko‘rsatkichi
 
O‘yin G‘alaba Durang Mag‘lubiyat %
149 104 29 16 69.80
 
YUqorida Zidan sevimli jamoasida erishgan natija ko‘rsatib o‘tildi.
 
Endi taqqoslash uchun ayrim sobiq "Real Madrid” murabbiylarining qayd etgan natijalariga e'tibor qaratamiz:
 
Karlo Anchelotti:
 
O‘yin G‘alaba Durang Mag‘lubiyat %
119 89 14 16 74.78
 
Joze Mourino:
 
O‘yin G‘alaba Durang Mag‘lubiyat %
178 128 28 22 71,91
 
Hatto, ko‘pchilik tomonidan butkul muvaffaqiyatsizlik sifatida baholanadigan Rafael Benitesning ko‘rsatkichi ham 68 foizni tashkil qiladi. Ya'ni "omadsiz” Rafa "qirol” Zidandan unchalar orqada emas.
 
"Barselona” bilan qarama-qarshilik.
 
"Real”ning ashaddiy raqibi "Barselona” ekanini inobatga olsak, bu ko‘rsatkich ham juda muhimligi seziladi. Ispaniya ichki chempionati doirasida Zidan murabbiyligi ostidagi "Real” "Barselona”ga qarshi 5 ta o‘yin o‘tkazdi: 1 g‘alaba, 2 durang, 2 mag‘lubiyat, to‘plar nisbati: 7-10.
 
Ispaniya superkubogidagi o‘tgan mavsumdagi har ikki uchrashuvda "Real” jamoasiningqo‘li baland keldi. Ammo "Barselona”ga qarshi oxirgi ko‘rsatkichlar Zidanning foydasiga emas. O‘tgan yil so‘nggidagi 0:3 hisobidagi qaqshatqich mag‘lubiyat va joriy yilning mayidagi butun ikkinchi bo‘lim davomida 10 kishi bo‘lib harakat qilgan "Barselona”ga qarshi sharmandali durang fikrimizga yaqqol misol.
 
Ispaniya: "Laliga”, qirol kubogi va super-kubok.
 
Zayniddin Zidan kelganidan beri Ispaniya chempionatida 1 marta g‘olib chiqdi, 2 bora boy berdi. U "Real”ni boshqargan barcha mavsumlarda "Barselona” Ispaniya kubogi sohibiga aylandi. Ispaniya superkubogida ham ahvol deyarli achinarli: 3 imkoniyatdan atigi 1 natija. "Real” ichki turnirlarning birortasida g‘alaba qozona olgani yo‘q.
 
Ko‘rinib turibdiki, "Real” ichki chempionat formatidagi uzoq davom etuvchi turnirlarda yaqqol muammoga ega va Zidan hanuz ushbu muammoga yechim topib bera olgani yo‘q.
 
E'tiborli jihati, mavsumda mutlaq tengsizlikni tasdiqlovchi "trebl”ni "Real” qayd eta olmayapti. Bu ko‘rsatkich "Barselona”da oxirgi 10 yillikda 2 marta. Shunday qilib, ko‘pchilikni chalg‘itayotgan chempionlar ligasining uch bor g‘olibligi aldamchi illyuziya, aslida. "Real Madrid” (jamoa mavqyeiga munosib o‘lchovlar nuqtai nazaridan) muammolar girdobida qolmoqda.
 
Jamoadagi ichki vaziyat alohida mavzu. Ronaldu, Beyl va Benzemalar bilan bog‘liq muammolar hammaga ma'lum. Ronaldu "ketaman” deb xarxasha qilsa, Beyl jamoadagi o‘z o‘rnidan norozi, Zidan esa hammaning g‘ashiga tegib faqat Benzemani maydonga tushiraversa, qanday jamoaviy jipslik haqida gap bo‘lishi mumkin?
 
Aslida, Zidan ortida mislsiz muvaffaqiyat emas, oldida qiyin vazifalar turgan edi. Jamoani o‘zaro kelishtirib, taktika va individual o‘sish ustida ishlab, hech kimda shubha qoldirmaydigan CHL g‘alabalari, ichki chempionatdagi g‘alabali natijalar sari yetaklashi kerak emasmidi? U nega ketdi? Nima o‘z imkoniyatlariga ishonmadimi?
Категория: Har-Hil | Просмотров:1286 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:14
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930