• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Yanvar » 31 » Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibida oxirgi kunini o‘tkazadi
16:13
Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibida oxirgi kunini o‘tkazadi

Buyuk Britaniya bugun, 31-yanvar kuni, 1973-yilda qo‘shilgan Yevropa Ittifoqida oxirgi kunini o‘tkazadi, deb yozmoqda "TASS”. London vaqti bilan soat 23:00 da mamlakat a’zoligi roppa-rosa 47 yil-u 31 kun davom etgan ittifoq tarkibidan chiqadi.
Endi Yevropa Ittifoqi 27 ta davlatdan iborat bo‘ladi. Yevropa hamjamiyati butun tarixi davomida uni faqat 3 ta hudud — Fransiyaning Jazoir (1962), Daniya avtonom hududi — Grenlandiya (1985-yilda), Fransiyaning Karib dengizidagi mulki — Sent-Barts oroli (2012-yilda) tark etgan.

Biroq ushbu hududlarning barchasi Yevropa hamjamiyatiga suveren, Yevropa davlatlari sifatida emas, balki ularning metropoliyalari — Fransiya va Daniyaning bir qismi sifatida kiritilgan. Qolaversa, ular har yili Buyuk Britaniya kabi Yevropa Ittifoqi budjetiga (YeIdan ajratmalar va olingan mablag‘larni hisobga olgan holda) 11 milliard funt sterling pul o‘tkazmagan.

Shunday qilib, bugun britaniyaliklarning 2016-yilgi referendumda bildirgan irodasi amalga oshadi. O‘shanda saylovchilarning 52 foizi Brexit’ni yoqlab chiqqan, biroq ushbu kelishuvga erishish uchun 3,5 yil va ketma-ket bir necha kechiktirishlar kerak bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Buyuk Britaniyada Yevropa Ittifoqidan chiqish sharafiga maxsus bayram uyushtirilishi kutilmayapti. Shu kuni vazirlar mahkamasi Buyuk Britaniyaning kelajagini muhokama qilish uchun favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi. Bunda yig‘ilish poytaxtda emas, Angliya shimolidagi shaharlardan birida bo‘lib o‘tadi.

Brexit’ni amalga oshirish munosabati bilan Londondagi Parlament maydonida Buyuk Britaniya bayroqlari ko‘tariladi. Daun stritdagi vazirlik rezidensiyasi binosi devorida qirollikning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi daqiqalarini ko‘rsatuvchi soat tasviri aks ettiriladi.

Shuningdek, ushbu muhim sanadan esdalik sifatida 3 millionta 50 penslik tangalar muomalaga chiqariladi.

Xabarda aytilishicha, kutilayotgan voqeaning tarixiy ahamiyatiga qaramay, Britaniya va Yevropa Ittifoqi fuqarolarining oddiy hayoti kamida yaqin 11 oy davomida o‘zgarmaydi. Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqini rasman tark etishi bilan 2020-yil 31-dekabrgacha mo‘ljallangan o‘tish davri kuchga kiradi. U Brexit sabab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish uchun maxsus ishlab chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, 30-yanvar kuni Yevropa parlamenti Buyuk Britaniyaning Yevroittifoq tarkibidan chiqishi bo‘yicha kelishuvni ma’qullagan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:528 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031