• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 19 » Butun dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 200 ming kishidan oshdi
08:52
Butun dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 200 ming kishidan oshdi

Butun dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni 200 ming kishidan, uning qurbonlari soni esa 8 ming kishidan oshdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning rahbari Tedros Gebreyesus ma’lum qildi, deb yozmoqda "RBK”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikka chalinish holatlarining katta qismi, ya’ni 80 foizi ikki mintaqada — Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga to‘g‘ri kelmoqda.

JSST rahbarining ta’kidlashicha, mamlakatlar birlashishi kerak. U Janubiy Koreyani koronavirusga qarshi samarali kurash namunasi sifatida ko‘rsatdi. Mazkur mamlakatda koronavirus bir oy oldin jiddiy avj olgan edi. Bu mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha innovatsion strategiya ishlab chiqilgan va niqob taqish majburiy etib belgilangan. Bundan tashqari, Janubiy Koreyada kasallikka shubhalangan shaxslar shifoxonalarda yoki uyda emas, balki belgilangan joylarda izolyatsiya qilingan.

"Natijada, bir necha haftadan buyon u yerda COVID-19 infeksiyasini yuqtirganlar soni kamaymoqda. Kasallik Janubiy Koreyada eng yuqori cho‘qqiga chiqqanda, kuniga 800 dan ortiq holat qayd etildi, kecha esa ularning soni 90 tani tashkil etdi”, — dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori.

Tashkilotning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir kun ichida dunyoda 11 525 ta yangi holat aniqlandi. Vafot etganlar soni esa 8192 kishini tashkil etgan.

O‘tgan yilning oxirida Xitoyning Uxan shahrida tarqala boshlagan koronavirus barcha Yevropa mamlakatlarida aniqlandi. Chernogoriya Yevropadagi bu kasallik qayd etilgan so‘nggi mamlakat bo‘ldi.

Pandemiya fonida Yevropa Ittifoqi chet elliklar uchun kirishni bir oyga cheklashga qaror qildi. Ushbu davr mobaynida Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan mamlakatlar fuqarolari, agar ularda favqulodda sabab, doimiy yashash huquqi yoki uzoq muddatli viza bo‘lmasa, chegaralarni kesib o‘tolmaydi. Bundan tashqari, koronavirus sababli "Yevrovideniye” musiqa tanlovi bekor qilindi.

Yevropa mamlakatlarida koronavirus pandemiyasining tarqalishi fonida avtomobil ishlab chiqarish to‘xtatiladi. Shuningdek, koronavirus AQShning barcha shtatlarida aniqlandi. Xitoyda o‘tgan sutka ichida koronavirusni yuqtirish bilan bog‘liq 13 ta yangi holat qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 18 nafarga yetdi. 11-mart kuni Fransiyadan qaytgan, mamlakatdagi rasman birinchi koronavirus tashuvchisiga aylangan oliy toifali shifokor ayolning onasi, kelini va birga ishlaydigan hamkasbida ham koronavirus aniqlangan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:523 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:04
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031