• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 5 » Bu yoz rekord darajada issiq bo‘lishi aytilmoqda. Mutaxassislar nima deydi?
19:18
Bu yoz rekord darajada issiq bo‘lishi aytilmoqda. Mutaxassislar nima deydi?

Bu yil O‘zbekiston va jahon bo‘ylab yoz fasli rekord darajada issiq bo‘lishi kutilmoqda. Bu borada mutaxassislar va jahon metrologlari o‘z taxminlarini bildirishmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.

Bu yil bahorning oxiri O‘zbekistonda juda issiq keldi. Mayning oxirgi haftasida havo harorati 26-38 darajagacha, janubda 40 darajagacha ko‘tarildi. Eng yuqori haroratlar Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuzatildi, bu hududlarda havo 40-42 daraja, cho‘l zonasida ayrim joylarda 43-44 darajagacha qizidi. Bu may uchun xos bo‘lgan ko‘rsatkichlardan 5-7 darajaga, shimolda 8-10 darajaga yuqoridir.

O‘zbekistonning shimolida yangi harorat rekordlari o‘rnatildi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining ko‘pchilik meteorologik stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra bu yilgi may oyining oxirida qayd etilgan bunday yuqori oylik harorat avval kuzatilmagan. Respublikaning ko‘pgina mintaqalarida ayrim kunlarda kunlik harorat maksimumlari qayd etildi.

Bu yil issiq erta boshlangani sababli ko‘pchilikni yozda harorat qanday bo‘ladi degan savol qiziqtirmoqda, haqiqatdan ham yoz juda issiq keladimi? Bu to‘g‘rida mutaxassislar nima deydi?

Yoz fasli uchun aniq ob-havo prognozlarini sizga hech kim bermaydi va bu sinoptiklarning «yomon» ishlashi bilan bog‘liq emas. Shunchaki butun iqlimiy tizim xaotik bo‘lib, uzoq muddatga aniq pronozlar berishning imkoni yo‘q. Bugungi kunda tayyorlanayotgan mavsumiy prognozlar taxminiy tavsifga ega va umuman olganda mavsumga baho berish uchun foydalaniladi va "bu davrda o‘rtacha harorat me’yordan yuqori yoki past bo‘ladi, yoqqan yog‘inlar miqdori ham me’yordan ko‘proq yoki kamroq bo‘ladi" degan ko‘rinishda bo‘ladi.

Bu yil mavsumiy prognozlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan Jahon ob-havo markazlari ma’lumotlariga ko‘ra kirib kelgan yozda sayyoramizning katta qismida haroratning musbat anomaliyasi (ya’ni me’yordan yuqori harorat) bilan bog‘liq sirkulyatsiya rejimlarining ustun kelishi kutilmoqda. O‘zgidromet Shimoliy Yevrosiyo iqlimiy markaziga a’zolik doirasida mavsumiy prognozlar tayyorlashda ishtirok etadi. Har yili qish va yoz mavsumlari boshlanishidan oldin ushbu markazda mintaqadagi barcha gimdrometxizmatlar mutaxassislarining forumlari o‘tkaziladi. 

Ushbu forumlarda butun Shimoliy Yevrosiyo hududi bo‘yicha kirib kelayotgan qishki yoki yozgi mavsumlar uchun prognozlar ishlab chiqiladi.

Bunday prognozlar eng zamonaviy iqlimiy ma’lumotlar va prognostik mahsulotlar tahliliga asoslanib, unda barcha ishtirokchi davlatlar vakillarining fikrlari e’tiborga olinadi. Shu bois prognoz konsensus (maslahatlashish jarayonida kelishilgan) prognoz deb yuritiladi. Bu yil yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat tufayli Shimoliy Yevrosiyo iqlimiy markazining forumi 19-20 may kunlari onlayn rejimda o‘tkazildi.

Konsensus prognozga ko‘ra 2020 yil yozda O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikistonda, Qozog‘istonning janubiy, g‘arbiy, sharqiy mintaqalarida 40% ehtimol bilan harorat fonning me’yordan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Agar umumiy tendensiyalar to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, yozning issiq bo‘lishi to‘g‘risidagi prognoz hozirda biz kuzatayotgan vaziyatni tasdiqlamoqda. Oxirgi yillarda global isish tendensiyasining davom etishi munosabati bilan issiqlik to‘lqinlarining soni va jadalligi ortib bormoqda. O‘tgan 2019 yil tarixda eng issiq yillar ichida 2016 yildan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.

Yaqinda o‘tgan barcha yillar ham butun asbob-uskunalar bilan kuzatuv davri uchun eng issiq top-5 yoki top-10 ga kirgan. Bu yilgi yoz ushbu qatorga kirmaydi deb taxmin qilishga hech qanday asos yo‘q. Shuning uchun bu yilgi yoz issiq bo‘lishi ehtimolga yaqin, biroq iqlimiy tizim xususiyatlarini e’tiborga oladigan bo‘lsak, bu 100 foizli prognoz emas.

Bundan tashqari o‘rtachalashtirilgan umumiy tavsif mavsum davomida qanday muayyan harorat qiymatlari kuzatilishi to‘g‘risida tasavvur bermaydi. Yozning uch oyi davomida issiq haroratning sustlashishi, yoki bir oy juda issiq bo‘lib, qolgan ikki oy davomida harorat me’yorga yaqin bo‘lishi mumkin. Mavsumiy prognoz iqtisodiyotning turli tarmoqlari, xususan sog‘liqni saqlash mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.

Jahon Meteorologiya tashkiloti va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 pandemiyasi sharoitlarida yozning issig‘ida salomatlikni muhofaza qilishga doir tavsiyalar berilgan axborot materiallari qo‘shma turkumini tayyorladi. Aholining katta qismi uchun ko‘proq tushunarli bo‘lgan prognozlar har kuni O‘zgidromet tomonidan 6 kun barvaqtlik bilan tayyorlanadi. Hozircha yozning birinchi haftasida kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida gapirish mumkin.

Ish haftasi davomida harorat ko‘tarilib, 38-40 darajaga, mamlakatimiz janubi va cho‘l zonasida ayrim joylarda 43 darajagacha yetadi. Dam olish kunlari harorat biroz pasayadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:543 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:44
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь