• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 289
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Sentyabr » 3 » Britaniya mudofaa vaziri iste’foga chiqishidan oldin AQSH bilan diplomatik mojaro qo‘zg‘atgan — OAV
23:07
Britaniya mudofaa vaziri iste’foga chiqishidan oldin AQSH bilan diplomatik mojaro qo‘zg‘atgan — OAV

Buyuk Britaniyaning sobiq mudofaa vaziri Ben Uolles iste’foga chiqishidan biroz oldin AQSH bilan diplomatik mojaro qo‘zg‘atgan. Bu haqda The Times xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Uolles qiymati 2,3 milliard funt sterling bo‘lgan 14 ta Amerika Chinook H-47 vertolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomani bekor qilishga uringan. Shartnomaga asosan Boeing tomonidan ishlab chiqarilgan vertolyotlarni yetkazib berish 2026-yilda boshlanishi kerak.

Pentagon AQSH va NATOning boshqa davlatlari bilan qo‘shma operatsiyalarda qatnashish uchun Buyuk Britaniyaga texnikalar zarurligini bildirgan.

Biroq so‘nggi haftalarda Ben Uolles shartnomaga shubha qilgani va Britaniya mudofaa budjetiga bosimni kamaytirish uchun uni bekor qilishni taklif qilgani aytilmoqda.

10-avgust kuni u Pentagon rahbari Lloyd Ostinga maktub yo‘llab, Londonning vertolyotlar sotib olish bo‘yicha kelishuvni qayta ko‘rib chiqish rejalari haqida ma’lum qilgan.

Bunga javoban AQSH rasmiylari mamlakatdagi Britaniya elchisi Karen Pirsga bayonot berib, u orqali bosh vazir Rishi Sunakga shartnomani bekor qilish "yomon fikr” ekani haqidagi xabarni yetkazgan.

Britaniya rasmiylari amerikalik hamkasblarini Uolles lavozimini tark etgandan keyin muammo hal qilinishiga ishontirgan, — deydi nashr manbalari.
Britaniya hukumatining ba’zi a’zolari Uolles bu harakatlari bilan amerikaliklarni  AQSH prezidenti uning NATO bosh kotibi lavozimiga nomzodini qo‘llab-quvvatlamagani uchun g‘azablantirmoqchi bo‘lgan deb hisoblaydi.

Biroq vazirga yaqinlar bu voqealar o‘rtasidagi bog‘liqlikni inkor etadi. Uolles avval ham yuqori qiymatli shartnomaga qarshi chiqqandi. Britaniyada allaqachon 60 ta Amerika Chinooks bor va uning aviatexnika parki NATOning Yevropa a’zolari orasida eng kattasi hisoblanadi.

Britaniya mudofaa vaziri iste’fosi

Ben Uolles 2019-yil iyulidan beri Buyuk Britaniya mudofaa vaziri lavozimida ishlagan. U Britaniya hukumati Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bostirib kirishiga qanday munosabatda bo‘lishida muhim rol o‘ynagan.

Xususan, Britaniya Ukrainaga 250 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan "Storm Shadow” qanotli raketalarini yetkazib bergan birinchi G‘arb davlati bo‘lgan. Uolles 2023-yil 31-avgustda iste’foga chiqdi.

Uning o‘rniga Grant Shepps Britaniya mudofaa vaziri etib tayinlandi. U fevral oyidan beri Energetika xavfsizligi va uglerod neytralligi vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:120 | Добавил: Admin | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:04
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Sentyabr 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930