• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Iyul » 8 » Britaniya ham AQSHning Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yuborishiga qarshi
00:37
Britaniya ham AQSHning Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yuborishiga qarshi

Buyuk Britaniya kassetali o‘qlardan foydalanishga qarshi. Bu haqda bugun, 8 iyul kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak "Sky News” telekanaliga bergan intervyusida AQSHning Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berish haqidagi qarorini izohlayotganida so‘z ochdi. 

"Buyuk Britaniya kassetali o‘q-dorilarni ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanishni taqiqlovchi konvensiyani imzolagan va biz ulardan foydalanishni tavsiya etmaymiz", degan Rishi Sunak.

Shu bilan birga Buyuk Britaniya hukumati rahbari London Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga ishontirgan va boshqa mamlakatlarni ham shunday qilishga chaqirgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainaga harbiy yordamni oshirish yo‘llari kelasi hafta NATOning Vilnyusdagi sammitida muhokama qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, kassetali o‘q-dorilar turli maqsadlar uchun (tankga, piyodalarga va boshqalarga qarshi) ko‘p miqdorda portlovchi o‘q-dorilar bilan yuklangan zaryadlar bo‘lib, ular bombalar, artilleriya snaryadlari va raketa kallaklari ko‘rinishida ko‘plab mamlakatlar armiyalarida ishlatiladi. 2010 yil 1 avgustda kassetali o‘q-dorilar to‘g‘risidagi konvensiya kuchga kirgan, uni 123 davlat imzolagan, shulardan 110 tasi ratifikatsiya qilgan. Mazkur konvensiya bilan davlatlar hech qachon, hech qanday sharoitda bunday o‘q-dorilarni ishlab chiqarmaslik, foydalanmaslik va hech kimga bermaslikka va’da bergan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 iyul kuni AQSH milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga kassetali o‘q-dorilarni o‘tkazishga qaror qilganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, u Kiyev Vashingtonga tinch aholiga minimal tahdid bilan Amerika kassetali o‘q-dorilarini qo‘llash bo‘yicha yozma kafolatlar berganini ta’kidladi. Biroq Human Rights Watch inson huquqlari tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkiloti AQSHning bu qaroriga qarshi chiqdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:157 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:18
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31