• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 21 » Brent neftining narxi 18 yil ichida birinchi marta 19 dollardan pastga tushdi
22:01
Brent neftining narxi 18 yil ichida birinchi marta 19 dollardan pastga tushdi

Brent markali neft narxi 21-aprel kuni Londonning ICE birjasida yaqin oradagi shartnomalar uchun 26,24 foizga arzonlashib, bir barrel uchun 19,09 dollarga tushdi. Savdolar chog‘ida iyun oyi shartnomalari uchun Brent markali neft narxi bir barrel uchun 19 dollardan ham pastga tushgan hamda so‘nggi 18 yil ichidagi eng past ko‘rsatkich qayd etilgan. Bu haqda "RBK” xabar berdi.

20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan savdolarda may oyida yetkazib beriladigan WTI markali neftning narxi tarixda birinchi marta manfiy qiymatga tushdi. Bozor ishtirokchilari muddati 21-aprelda tugaydigan shartnomalar bo‘yicha neftni sotgan. Savdolar chog‘ida neft narxi bir barrel uchun -40 dollargacha tushgan, ya’ni sotuvchilar sotib olingan har bir barrel neft uchun xaridorlarga 40 dollardan to‘lagan. 20-apreldagi WTI nefti savdolari bir barrel uchun -37,63 dollar bilan yakunlangan. Neftning narxi bir kunda 305 foizga yoki bir barrel uchun 55,9 dollarga arzonlashgan.

WTI nefti narxining bunday arzonlashishi neftga bo‘lgan talabning pasayishi va to‘lib ketgan neft saqlovchi sig‘imlarni bo‘shatishga bo‘lgan urinish bilan izohlandi. Biroq keyinroq WTI neft markasini may oyida yetkazib berish borasidagi fyucherslar narxi musbat qiymatga qaytdi. NYMEX birja savdolarida neft narxi 1,40 dollarga chiqqan. WTI’ning iyun oyidagi fyucherslari esa 21,33 dollarga qadar ko‘tarilgan.

Narxlarning umumiy pasayish fonida Rossiyaning Urals nefti narxi 20-aprel kuni 1 foizga oshdi va savdolar bir barrel uchun 18,4 dollar bilan yakunlandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov neft bozoridagi vaziyatga munosabat bildirib, Rossiyada mazkur tebranishlarning oqibatlarini kamaytirish uchun yetarli zaxira borligini aytgan.

Avvalroq OPEK+ kelishuvidan so‘ng Brent markasidagi neft narxi 30 dollardan pastlagani haqida xabar berilgandi. Keyinroq London birjasida Brent markali neft narxi 2003-yildan beri ilk bora 27 dollardan pastlagandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:575 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:32
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь