• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 13 » Braziliya prezidentida koronavirus aniqlandi
20:40
Braziliya prezidentida koronavirus aniqlandi

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning koronavirus yuqtirib olgani aniqlandi. Bu haqda "TASS” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Braziliya prezidentining koronavirus bo‘yicha topshirgan tahlil natijalari ijobiy chiqqan. Biroq prezidentda koronavirus aniqlangani haqida hozircha rasman ma’lumot berilgani yo‘q.

Qayd etilishicha, Bolsonaruning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lgan uchrashuvida unga hamrohlik qilgan xodimda koronavirus aniqlangach, prezident ham tekshiruvdan o‘tgan. Braziliya prezidenti administratsiyasi huzuridagi jamoatchilik bilan aloqalar kotibiyati rahbari Fabio Vayngartenda koronavirus aniqlangan. Aynan u AQShga amalga oshirilgan tashrif delegatsiyasi tarkibida bo‘lgan. Oq uy esa Fabio Vayngartenda koronavirus aniqlangan bo‘lsa ham, Trampni tekshirishdan bosh tortdi.

Braziliyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq birinchi holat 26-mart kuni qayd etilgan. Undan bir kun oldin ommaviy sayllar va karnaval bayramlari bo‘lib o‘tgan edi.

Braziliya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda ayni paytda virus bilan kasallanganlar soni 76 kishiga yetgan. Kasallanganlarning besh nafari shifoxonada, qolganlari esa uy sharoitida karantinda saqlanmoqda. Bundan tashqari, 1500 kishi "virusning ehtmoliy tashuvchisi” sifatida kuzatuv ostiga olingan. Tekshiruvdan o‘tkazilgan 1100 dan ortiq kishida virus aniqlanmagan.

Avvalroq, Kanada bosh vazirining rafiqasida koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘lgan edi. Eron oliy yetakchisining maslahatchisi koronavirus sabab karantinga olindi. Putinni koronavirusdan himoya qilish uchun barcha zarur choralar ko‘rilayotgani aytildi. Shuningdek, amerikalik aktyor Tom Xenksda ham koronavirus aniqlangan.

Butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 128 ming kishidan oshib ketdi. Ulardan 68 mingdan ortig‘i davolanishga muvaffaq bo‘ldi, 4270 nafari vafot etgan. Virusning eng yirik o‘choqlari Xitoy (81 ming), Italiya (12,4 ming), Eron (10 ming), Janubiy Koreya (7,8 ming), Fransiya, Ispaniya va Germaniya (2 mingga yaqin) hamda AQSh (987 nafar bemor) davlatlari bo‘lmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:614 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:44
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031