• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 10 » Boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul 1 yillik tayyorlash tizimi joriy etiladi
17:44
Boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul 1 yillik tayyorlash tizimi joriy etiladi

"Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar beradi "Huquqiy axborot” Telegram kanali.

Qarorga muvofiq, 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul 1 yillik tayyorlash tizimi to‘liq joriy etiladi.

Maktabgacha ta’lim vazirligining bu boradagi asosiy vazifalari belgilandi. Jumladan, vazirlik maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar uchun tayyorlov guruhlarini shakllantiradi.

Tayyorlov guruhlari uchun o‘quv yili:

2019/2020-o‘quv yilida 2020-yil 10-martdan boshlanadi va 20-avgustda tugaydi;
2020/2021-o‘quv yilidan boshlab, har yili 2-sentabrdan boshlanadi va keyingi yilning 25-mayida tugaydi.
Bog‘chalar tomonidan hamda ulardan tashqari tashkil etiladigan tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari boshlang‘ich ta’limga tayyorgarlikdan o‘tgan deb hisoblanadi va majburiy bepul 1 yillik tayyorlovdan ozod etiladi.

Bunda, ushbu muassasalarda tayyorgarlikdan o‘tgan bolalarga boshlang‘ich ta’limga majburiy 1 yillik tayyorlovdan o‘tganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Qaror bilan 2020—2025-yillarda bolalarni majburiy maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yiliga kelib, 6 yoshdagi bolalar maktabgacha ta’lim bilan 100 foiz qamrab olinadi.

Qaror bilan, shuningdek, Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, tayyorlov guruhlari bog‘chalarda (bog‘cha mavjud bo‘lmagan yoki yetarli sharoit bo‘lmaganda boshqa mos binolarda) tashkil etiladi.

Guruhlarda bolalarning bo‘lish vaqti 3-4 soatni tashkil etadi va ta’lim-tarbiya jarayoni bir yoki ikki smenada tashkil etiladi, bitta guruhdagi bolalar soni 30 nafardan oshmasligi kerak.

Mart oyining boshida Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgan edi. Unda O‘zbekiston Prezidenti bolalarni yoshligidan ma’nan va jismonan yetuk shaxs etib tarbiyalash maqsadida maktablarni badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda musiqa, tasviriy san’at va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga yangi mazmun berish muhimligini ta’kidlagan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:550 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:43
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031