• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 291
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 20
Гостей: 20
Пользователи 0

Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Главная » 2020 » Fevral » 23 » Bosh prokuror oilalardagi qotillik jinoyatining 28 foizi er-xotin, aka-uka, ota-o‘g‘illar o‘rtasida yuz berayotganini ma’lum qildi
14:52
Bosh prokuror oilalardagi qotillik jinoyatining 28 foizi er-xotin, aka-uka, ota-o‘g‘illar o‘rtasida yuz berayotganini ma’lum qildi

Andijon viloyati Izboskan tumanida biron joyda ishlamaydigan, ichkilikka ruju qo‘ygan fuqaro K. mast holda nogiron otasi va onasi bilan janjallashib, ularni shafqatsizlarcha o‘ldirgan. Samarqand shahrida esa fuqaro Yu. otasi mast holda nabirasini so‘kkanligi uchun u bilan janjallashgan va pichoqlab o‘ldirgan. Bu haqda Bosh prokuraturada bo‘lib o‘tgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev qotillik jinoyatlari aksariyat hollarda oila-turmush va oddiy maishiy munosabatlar tufayli kelib chiqayotganini ta’kidlab, bunday toifadagi jinoyatlarning 28 foizi er-xotin, aka-uka, ota-o‘g‘illar o‘rtasida yuz berganini qayd qildi. Bunga qarindosh-urug‘lar yoki qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi nizo va kelishmovchiliklar to‘liq bartaraf etilmagani, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishdagi kamchiliklar ham sabab bo‘lmoqda.

Videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash, bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligiga doir masalalar muhokama qilinar ekan, 2019-yilda jinoyatlar soni Buxoro, Sirdaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida yuqoriligicha qolgani ma’lum qilindi.

Qotillik jinoyati Toshkent, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida ko‘paygan. Profilaktik tadbirlar yetarli darajada olib borilmaganligi oqibatida 51 ta tuman va shaharlarda qotillik jinoyati ko‘paygan. Og‘ir shikast yetkazish Qashqadaryoda, nomusga tegish Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy va Qashqadaryoda, bosqinchilik Sirdaryo, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida sezilarli oshgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:601 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:55
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829