• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 27
Гостей: 27
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Dekabr » 8 » Bollivud yulduzi Katrina Kaif o‘zidan 5 yosh kichik aktyor Viki Kaushalga turmushga chiqmoqda
14:40
Bollivud yulduzi Katrina Kaif o‘zidan 5 yosh kichik aktyor Viki Kaushalga turmushga chiqmoqda

Hind aktrisasi Katrina Kaif kinosanoatning boshqa bir vakili Viki Kaushal bilan oila qurishga qaror qildi.

"Toki hayot ekanman”, "Tezlik-3”, "Ko‘hinur olmosi izidan” singari filmlardagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa bir vaqtlar Salmon Xon, keyinroq esa Ranbir Kapur bilan uchrashgan. U bilan munosabatlariga nuqta qo‘ygandan keyin esa shaxsiy hayoti bilan bog‘liq ma’lumotlarni sir tutishga uringan. Sal avvalroq aktrisa "Masaan”, "Zubaan” filmlarida suratga tushgan Viki Kaushal bilan 2019-yildan buyon uchrashib yurgani va ularning turmush qurishga qaror qilgani haqida mish-mish tarqalgan.

Mish-mishlar bejizga emasligi va juftlik munosabatlarini shu hafta nikoh rishtalari bilan mustahkamlashi ma’lum bo‘ldi. Aktrisaning barcha qarindoshlari allaqachon Hindistonga uchib kelgan. Bo‘lajak er-xotin marosimni o‘tkazish uchun Rajaston shtatiga jo‘nagan. Tashrif buyuruvchilar uchun mehmonxonadagi 42 ta nomer uch kunga band qilingan.

Striming platformalaridan biri to‘y suratlari uchun Katrinaga 1 milliard rupiy (13 million dollar) taklif qilgan. G‘arbdagi yulduzlar orasida to‘ydagi foto va videolarni sotish keng tarqalgan, ammo Kaifning bunga rozi bo‘lish yoki bo‘lmasligi hozircha noma’lum.

Ma’lumot uchun, Katrina Kaif 1983-yilda Gonkongda hindistonlik Muhammad Kaif va ingliz millatiga mansub Syuzanna Tyurkott oilasida tug‘ilgan. O‘z karyerasini 14 yoshida model sifatida boshlagan Kaif ilk bor 2003-yil "Bum” filmida suratga tushgan. Uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Viki Kaushal esa 1988-yilda Mumbayda dunyoga kelgan. Rajiv Gandi nomli texnologiya institutini tamomlagan Viki aktyor sifatidagi faoliyatini 2012-yilda suratga olingan "Vasseypur to‘dalari” filmida rol ijro qilishdan boshlagan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:401 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:10
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031