• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 21
Гостей: 21
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Yanvar » 7 » Bolakayning burjiga qarab, qiziqishlarini aniqlaymiz!
17:17
Bolakayning burjiga qarab, qiziqishlarini aniqlaymiz!

Balet, shaxmat–shashka, karate, futbol, mohir qo‘llar to‘garagi – farzandim, ham aqlan, ham jismonan rivojlansin degan ota-onalar uchun bugun tanlov imkoniyati keng. Shunday bo‘lsa-da, aynan bolakayning xarakteriga mos keladiganini topish hamisha ham oson bo‘lavermaydi. Ruhshunoslar, kichkintoyning burjiga e'tibor berilsa, unga ma'qul keladigan sport turi va adabiyotlar bilan do‘stlashishiga erishish mumkin deyishadi. Nima dedingiz, mutaxassislarning maslahatini sinab ko‘ramizmi?

Kichkintoylar uchun mos keladigan mashg‘ulotlar haqida tanishtirishdan avval bolalar xarakterini to‘rt asosiy guruhga bo‘ldik. Diqqat qiling, sizning bolajoningiz aynan qay birida?

 

Sangvinik bolakay

O‘ta harakatchan, qiziqishlari tez o‘zgaruvchan, aqliy va jismoniy mehnat talab etilmaydigan mashg‘ulotlarni afzal biladigan kichkintoydir. Bunday bolalarni jamoa bo‘lib ishlashga o‘rgatish lozim.

 

Javzo

Farzandingiz «Javzo» burjida tug‘ilgan bo‘lsa, uy jihozlarini ko‘paytirmaganingiz ma'qul. Negaki, sho‘x, harakatchan va mahmadona bolakay, yerga ursa ko‘kka sapchiydigan xilidan. Bunday bolalarning tasavvuri boy, fikrlash qobiliyati esa yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Dars tayyorlayotganda ko‘proq tasvirlash va ifoda etish usullariga tayansangiz adashmaysiz.

Mutolaa: sarguzasht ishqibozlari bo‘lgan «Javzo»lar uchun «Maugli», «Uch mushkityor» kabi jahon adabiyotining durdona asarlarini o‘qib bering.

Sport: tennis, yengil atletika, suzish va masofaga yugurish – ushbu sport turlari harakatchan bolakay uchun ayni muddao.

 

Asad

Mazkur bujrda tug‘ilgan bolakaylar hammaning diqqat markazida bo‘lishni yoqtirishadi. Biroz qaysarligini aytmasa, o‘ziga yarasha ko‘ngilchandirlar. «Asad»lar teatr, raqs yoki adabiyot to‘garaklarida iqtidorini yanada shakllantira oladi.

Mutolaa: «Hazinalar oroli», «Shahzoda va qashshoq» kitoblari va «Narniya yilnomasi» filmi farzandingizning xarakteriga ko‘ra munosib tanlovdir.

Sport: epchillik va ziyraklik qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi jamoaviy o‘yinlar, basketbol, voleybol, xokkey to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring.

 

Aqrab

Kichikligidan yetakchi bo‘lishga odatlangan «Aqrab»lar bir ishni boshladimi, albatta, oxiriga yetkazadi. O‘yinchoq o‘ynashiga e'tibor bergan bo‘lsangiz, hech birini o‘lda-jo‘lda qoldirmasligini ko‘rgandirsiz. Farzandingiz uning fikri va istaklari bilan hisoblashishlarini xohlaydi. Sevimli guruhining konsert dasturi yoki o‘zi tanlagan biror film tomoshasi undagi intiluvchanlik qobiliyatini yanada rag‘batlantiradi.

Mutolaa: xayolan osmono‘par binolar qurishni, Oyga parvoz etishni yoqtirgan bolakay uchun Xans Kristian Andersen ertaklari, Frensis Bernettning «Kichik malika» kitobi hamda «Garri Potter» sarguzasht filmining tomoshasi tavsiya etiladi.

Sport: energiyasi mo‘l bo‘lgan «Aqrab»larni masofaga yugurish, velosiped minish, voleybol kabi sport turlari bilan qiziqtirishingiz mumkin. Qizaloq «Aqrab»larni esa milliy raqs va balet, badiiy gimnastika, figurali uchish yoki suzish mashg‘ulotlariga jalb qilsa ko‘rsa bo‘ladi.

 

Qavs

Bu burjda tavallud topgan farzandingiz cheklovlarni yoqtirmaydi. Erkinligini chegaralasangiz darrov achchig‘i keladi. Maroq bilan rasm chizadi, maktabdagi turli tanlovlarda ishtirok etadi, biroq bir joyda o‘tirolmaydigan odati bor. Ya'ni bir xillikdan tez zerikadi.

Mutolaa: «qavs» bolakay uchun kitob jovoningizda «Alisa mo‘'jizalar mamlakatida», «Zumrad mamlakat sehrgari», «Piter Pen va Vendi», «Qiyshiq ko‘zgular mamlakati» kabi asarlar mos keladi.

Sport: mazkur burjda tug‘ilgan o‘g‘il bolalarni futbol, voleybol, basketbol kabi sport seksiyalariga yo‘naltirish ayni muddao. Qizaloqlarga esa badiiy gimnastika, suzish va tennis tavsiya etiladi.

 

Flegmatik bolakay

Rangli boshqotirmalar, terma o‘yinchoqlar, konstruktor, musiqali, rangli kitobchalarni yaxshi ko‘radi. O‘ziga tegishli bo‘lgan narsa–buyumni ehtiyotlab ishlatadi. Tartibli, har bir so‘zini o‘ylab gapiradi. Uni tinglab, «Kap-katta odamni kichkina qilib qo‘ygandek» deysiz.

 

Savr

Soatlab o‘yinchoq o‘ynashni yoqtiradigan, rasm chizish, qo‘lda yasaladigan origami yoki kulolchilik mashg‘ulotlari «Savr» bolalarning jonu dili. Bu kichkintoylarga shoshqaloqlik begona. Agar bo‘yaladigan kitobchani varoqlashni boshlashsa, bu mashg‘ulot bir necha kunga ham cho‘zilishi mumkin. Farzandi «Savr» burjida tug‘ilgan ota–onalar, bolakayning nutqini rivojlantirishga ahamiyat berishlari lozim.

Mutolaa: biroz tortinchoq farzandingizga «Etik kiygan mushukcha», «Robinzon Kruzo» kabi kitoblarni hadya eting va unga shart qo‘ying. O‘qiganini sizga so‘zlab bersin.

Sport: ijodkorlik kayfiyati yuqori bo‘lgan «Savr» bolakaylarni sport bilan do‘stlashishlari biroz qiyinroq. Shunday bo‘lsada, badiiy gimnastika, muz ustida chang‘i uchish, masofaga yugurish va suzish to‘garaklariga olib borishdan erinmang. Tanlovni esa o‘ziga qoldiring. Qay biri haqida ko‘proq gapirsa, demak, o‘sha sport turiga qiziqishi bor.

 

Sunbula

Hozirjavobligi, har qanday mavzu yuzasidan o‘z qarashlariga ega ekanligi bilan ajralib turuvchi «Sunbula»lar, mantiqiy savollar, boshqotirmalar va matematik tenglamalarga qiziqishadi. Aqliy salohiyatini rivojlantirishni istasangiz, bahs-munozarani keltirib chiqaruvchi, vaziyatga qarab ish ko‘rishni talab etuvchi o‘yinlardan foydalaning.

Mutolaa: «Oltin kalitcha yoxud Buratinoning qiziqarli sargushatlari», «Bilmasvoy oyda», «Uch bahodir» kabi ertaklar farzandingizga manzur keladi. Ulg‘aygach esa dramatik asalar bilan tanishtirishingiz mumkin.

Sport: injiq, kezi kelganida «Meniki to‘g‘ri» deya so‘zida  turib oladigan «Sunbula»lar badiiy gimnastika va figurali uchish sport turlarida yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishlari mumkin. Ziyraklikni rivojlantirishda esa tennis, qilichbozlik, voleybol, ot sporti mos keladi.

 

Jadiy

Bajarilgan topshiriq uchun rag‘bat olish, maqtov eshitish istagi «Jadiy»larning tabiatiga xos. Anglaganingizdek, ushbu burj kichkintoylarini biror nimaga qiziqtirishni xohlasangiz, shirin so‘zingizni ayamay, biroz mug‘ombirlik qilishingizga to‘g‘ri keladi. Tanqid, tanbeh va boshqalar bilan solishtirishni esa yaxshisi unuting. Bunday munosabat bolakayning qanotini qayirib, atrofidagilarga nisbatan norozilik kayfiyatini paydo qiladi

Mutolaa: aqlli, kuzatuvchan «Jadiy» «Kapitan Vrungel sarguzashtlari», «Bilmasvoy oyda» kabi sarguzasht asarlarni maroq bilan o‘qiydi. «Garri Potter» fimi esa fe'liga xos jiddiylikni salgina yumshatib, tasavvurining boyishiga imkon yaratadi.

Sport: oldiga qo‘ygan maqsadi sari  dadil odimlaydigan farzandingiz sportning har qaysi turida o‘zini topoladi. Basketbol, chang‘i uchish, tramplindan sakrash, suzish mashg‘ulotlariga ko‘proq e'tibor qiling, ular bolakaydagi diqqatni jamlash qobiliyatini rivojlantiradi.

 

Melanxolik bolakay

Ta'sirchan, jahli burnining uchida turadigan, ammo kek saqlamaydigan melanxolik kichkintoylar tanqidni ko‘tara olishmaydi. Musiqa tinglash, rasm chizish, she'r yodlash kabi «yumush»larini kulguga olishingiz ham noto‘g‘ri. Kim biladi deysiz, ehtimol farzandingiz katta shoir yoki san'atkor bo‘lar? Yaxshisi, uning qiziqishlarini hurmat qiling va iqtidorini rivojlantirishda yordamingizni ayamang.

 

Saraton

Ushbu burjda tug‘ilgan bolalarda boshqalarning fikriga quloq solish, ikkilanish kayfiyati ustunlik qiladi gohida. Agar farzandingiz «saraton» bo‘lsa, asosiy vazifangiz bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish va mustaqil harakatlanishiga o‘rgatish ekanligini yodda tuting.

Mutolaa: «Kichkintoy va Karslon», «Kuloyim», «Shox Saltan haqida ertak», «Sohibjamol va mahluq», «Uyqudagi malika va yetti gnom» kabi kitoblarni o‘qib bering-da, ular asosida suratga olingan multfilm disklaridan sovg‘a qiling.

Sport:  qizaloqlar uchun badiiy gimnastika, suzish sport turlari tavsiya etiladi. Pahlavonlar esa futbol, basketbol, karate kabi seksiyalarga yozilishlari mumkin.

 

Mezon

Ko‘ngilchan, e'tiborli «mezon»lar g‘irromlikni yoqtirishmaydi. Do‘st tanlashda ichki hissiyotlariga tayanishsada, ko‘pincha pand yeyishadi. Bu esa bolaning ruhiy muvozanatiga ta'sir etmay qolmaydi. Dilbandingizda ayni shu jihatlarni ko‘rayotgan bo‘lsangiz, u bilan ko‘proq suhbatlashing, ziyraklikni rivojlantiruvchi o‘yinlarga murojaat qiling.

Mutolaa: «Chippolino», «Oliver Tvist sarguzashtlari», «Doktor Voyjonim» kabi ertak kitoblari, qaroqchilar haqidagi kichik hikoyalar farzandingizni qiziqtirishi kerak.

Sport: kurash, boks, xokkey–og‘ir–bosiq «mezon»lar uchun mos kelmaydi. Futbol, voleybol, basketbol, tennis, badiiy gimnastika va ot sport turi esa eng ma'qulidir.

 

Hut

Ertaklar olamida yashovchi mazkur burj bolakaylari, atrofni yorqin ranglarda, beg‘ubor nigohlari bilan tasavvur etishadi. Biroz xayolparast ekanliklari ham bor. Gap desa qop-qop degan ibora ham aynan ular haqida. Ular xursand bo‘lishsa ham, ranjishsa ham albatta aytishadi. Shunisi bilan ular «hut»da. Shoshib xulosa chiqarish odatini tarbiyalayman desangiz, farzandingiz bilan ko‘proq muloqot qiling, hikoyalar so‘zlab bering.

Mutolaa: «Jonivorlar haqida ensiklopediya», «Bronzadan yasalgan qush», «Malikai Oliya» kabi ertaklar to‘plami, quvnoq poyezdchalar haqidagi multfilmlar xayolparast «hut»ga foyda bo‘ladi.

Sport: sinxron suzish, tennis, voleybol, velosiped minish kabi mashg‘ulotlarga qiziqtirib ko‘ring. Agar birortasini ham tanlamasa, sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar kursiga olib boring.

 

Xolerik bolakay

Tabiatan quvnoq, bo‘sh qolishni yoqtirmaydigan, harakatchan va qiziquvchan bu bolalar musiqa, tasviriy san'at, haykaltaroshlik, kulolchilik kabi mashg‘ulotlarda yaxshi natijaga erishadilar. Yana ularda aktyorlik qobiliyati ham bor.

 

Hamal

Ushbu burjda dunyoga kelgan kichkintoyning fe'li shunday, u hamisha va har bir ishda birinchi! Kubiklardan uy qursa hammanikidan baland, she'r yodlasa, rasm chizsa ortig‘i bilan bajaradi. Raqobatdan cho‘chimaydigan, aksincha, musobaqalashish kayfiyatidan zavqlanadigan bu bolalarni to‘g‘ri yo‘naltirib turish kifoya. Qolganini o‘zlarini eplashadi.

Mutolaa: tinib–tinchimas «hamal» bolakay uchun «Tom Soyer sarguzashtlari», «Garri Potter» kitoblari, tarixiy hikoyalar, kichik sarguzasht asarlar ma'qul keladi.

Sport: voleybol, futbol, basketbol, suzish, yengil atletika, badiiy gimnastika – farzandingiz har qaysisida yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘loladi. Chunki u o‘zidagi tug‘ma yetakchilik qobiliyatini yaxshi biladi.

Dalv

Yozuvchi, bastakor, musiqachi, o‘qituvchi bu – dalv burjida tug‘ilgan bolakaylarning kelajakdagi taxminiy «obraz»lari. Tabiatan muloyim, ammo ushlagan joyidan qo‘ymaydigan bu mittivoylarni kayfiyati ko‘proq atrofidagi insonlar, do‘st-dugonalariga ham bog‘liq bo‘ladi. Ichki hissiyotlarini ko‘pam oshkor qilaverishmaydi. Ammo so‘roqlashingizni kutishadi.

Mutolaa: «Chuk va Gek», «Alisa mo‘'jizalar mamlakatida», «Transformerlar» kabi ertak va hikoyalar to‘plamiga e'tibor qiling. Ular bolakayga manzur bo‘ladi.

Sport: jismonan chiniqishi uchun voleybol, yengil atletika, tennis, suzish mashqlari mos keladi. Istagiga ko‘ra shaxmat–shashga to‘garagiga ham berishingiz mumkin.
Категория: Maslahatlar | Просмотров:2810 | Добавил: Admin | Теги: Bolakayning burjiga qarab, qiziqishlarini aniqlaymiz! | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:40
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031