• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 22
Гостей: 22
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 29 » Bolaga maktab tanlashda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan 6 jihat
15:25
Bolaga maktab tanlashda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan 6 jihat

Bolaning shaxs bo‘lib shakllanishi, bilim saviyasi qanchalik bo‘lishi va kelajagi maktabda o‘tadigan o‘quvchilik yillari bilan bog‘liq bo‘ladi. Eng yaqin mahalladagi, palonchi tanish bo‘lgani yoki qaysidir maktabning obro‘si baland ekani uchungina ma’lum maktabni tanlash yaramaydi. Quyida maktab tanlashda nimalarga e’tibor berish kerakligiga to‘xtalamiz.

O‘qituvchilar bilan tanishing

Ta’lim sifati bola qanday muhitga tushishi va ustozlarning bilim saviyasi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Shu bois ham farzandingizni o‘qituvchisi bilan suhbatlashib ko‘ring, suhbatdan oldin bermoqchi bo‘lgan savollaringiz ro‘yxatini tuzing, qiziqtirgan jihatlarni oldindan ochiqlab oling va o‘z navbatida o‘qituvchining dars metodi va qo‘yiladigan talablar bilan ham tanishing.

Kuzating

Tanaffusda siz farzandingizni bermoqchi bo‘lgan maktab o‘quvchilari nima bilan mashg‘ul, ustozlar ularga qanday munosabatda ekanini kuzating. O‘quvchilardan darslar qiziqarlimi yoki yo‘q, ko‘ngillari to‘ladimi shu haqida qiziqing.

Jonkuyar, ishini yaxshi ko‘radigan o‘qituvchini tanlang

Boshlang‘ich sinf ta’lim asosi, unda dars beradigan o‘qituvchining qanchalik mutaxassis va o‘z ishining ustasi ekani bilan birga, bolalar psixologiyasini tushunishi, vaqtida qattiqqo‘llik qilish bilan birga qo‘pol muomala qilmasligiga e’tibor bering.

Aynan nima istayotganingizni aniqlab oling

Farzandingiz qiziqishi va o‘z xohishingizga qarab ixtisoslashgan maktab va sinfni tanlang. Masalan, o‘g‘lingiz sportga qiziqsa, matematikaga ixtisoslashgan maktabga bergandan ko‘ra, qiziqishiga qarab yo‘naltirganingiz yaxshi. Siz uchun maktabdagi muhit muhimmi yoki maktabning statusi, oldindan aniqlab oling.

Qaror qabul qilishdan avval yaxshilab tanishing

Maktab bilan tanishmasdan nomi ulug‘ bo‘lgani uchungina shu maktabga berishga oshiqmang. Qaror qabul qilishdan avval tanishing, farzandingiz uchun qulay bo‘ladimi, xavfsizmi, bilim qay darajada beriladi aniqlashtiring. Eshitganingizga emas, ko‘zingiz ko‘rgan va guvoh bo‘lganingizga qarab xulosa chiqaring.

Maktab rahbari bilan suhbatlashing

Maktab rahbari bilan suhbatlashish uchun uchrashuv belgilang va rahbarning uchrashish haqidagi taklifga qanday munosabatda ekaniga e’tibor bering. Suhbat davomida rahbarning aynan nimaga urg‘u berayotgani ham nazaringizdan chetda qolmasin. U uchun qog‘ozbozlik, manfaat muhimmi yoki ta’lim sifati va bolalarning o‘zlashtirishi, shu haqida gap ochib, fikrini bilishga harakat qiling. Unutmang, rahbarga ko‘p narsa bog‘liq. O‘zi harakatchan, bilimli va o‘z ustida ishlaydigan rahbar xodimlaridan ham shuni talab qiladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:470 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:57
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь