• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Iyul » 23 » BMT “Tolibon”ni Afg‘onistonda inson huquqlarini poymol qilishda aybladi
08:12
BMT “Tolibon”ni Afg‘onistonda inson huquqlarini poymol qilishda aybladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) "Tolibon”ni Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng yuzlab inson huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yganlikda aybladi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.

BMT Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasining yangi hisobotida aytilishicha, mamlakat bo‘ylab umumiy xavfsizlik yaxshilangan, ammo buning evaziga tinch aholiga nisbatan qiynoqlar va hayotiga tahdidlar yuzaga kelmoqda.

BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi amaldagi hukumat a’zolari, aftidan, inson huquqlarini poymol etib,  jazosiz qolayotganidan xavotirda, — deyiladi hisobotda.
Hisobotda aytilishicha, 2021-yilning avgustidan, ya’ni "Tolibon” Afg‘oniston poytaxti Kobulni egallab olganidan beri 700 kishi halok bo‘lgan, 1400 kishi yaralangan. Bu qurbonliklarning aksariyati mamlakatdagi ISHID terror tashkiloti tomonidan uyushtirilgan hujumlar bilan bog‘liq.
Shu bilan birgalikda, BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi 160 ta sudsiz qatl, 56 ta qiynoq va shafqatsizlik holatlari hamda 170 dan ortiq sobiq hukumat amaldorlari va xavfsizlik kuchlari xodimlarining asossiz hibsga olinishini hujjatlashtirgan.

Shuningdek, BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlik, qotillik, zo‘rlashlar, o‘z joniga qasd qilishlar, majburiy nikohlar, voyaga yetmaganlar nikohi, tajovuz va kaltaklashlar, takroriy nomusga tegish singari holatlar haqida 87 ta xabarni olgan.

Bizning kuzatuvimiz shuni ko‘rsatadiki, 15-avgustdan beri xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanganiga qaramay, Afg‘oniston xalqi, ayniqsa, ayollar va qizlar inson huquqlaridan to‘liq foydalanish imkoniyatidan mahrum, — dedi Afg‘oniston bosh kotibining maxsus vakil o‘rinbosari Markus Potsel.
BMTning Afg‘onistondagi inson huquqlari bo‘yicha missiyasi rahbari Fiona Freyzer u yerda "jazosizlik hukmron”ligini aytdi va da’volar haqida hisobotlar kam bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. Inson huquqlari buzilishi 173 jurnalist va ommaviy axborot vositalari xodimlariga ham ta’sir ko‘rsatdi. Ulardan 163 nafarining huquqlari "Tolibon” rasmiylari tomonidan buzilgan.
Biroq "Tolibon” vakillari hisobot xulosalarini rad etib, ularni asossiz deb atadi.

"O‘zboshimchalik bilan hibsga olishlar va sudsiz qatllarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday qonunbuzarliklarda aybdor deb topilgan har bir kishi jinoyatchi hisoblanadi va unga shariat yoki Islom qonunlari asosida ish ko‘riladi”, — deb yozdi Tolibon hukumati so‘zlovchisi Zabihulloh Mujohid o‘z Twitter sahifasida.

Avvalroq BMT "Tolibon”ni ayollarga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishga chaqirgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:289 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:32
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031