• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Noyabr » 22 » Bloomberg Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirmoqchiligi haqida AQSh razvedkasi bergan hisobot tafsilotlarini e’lon qildi
21:33
Bloomberg Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirmoqchiligi haqida AQSh razvedkasi bergan hisobot tafsilotlarini e’lon qildi

Bloomberg o‘tgan hafta Amerika razvedka xizmati yevropalik hamkasblarini Rossiya Ukrainaga bostirib kirmoqchiligidan ogohlantirgani haqida xabar qilgandi. Ushbu hisobotning tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

AQSh razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya aviatsiya ko‘magida bir vaqtning o‘zida uch tomondan (Qrim, Belarus va to‘g‘ridan to‘g‘ri Rossiya—Ukraina chegarasi orqali) hujum qilish uchun jami 100 000 askardan iborat 100 ga yaqin batalyon taktik guruhlarini (BTG) joylashtirgan.

Amerika razvedka zobitlari qo‘shinlarning joylashuv shaklini "to‘liq harbiy ishg‘olga o‘tish bilan keng hududni egallab olishga va uni ushlab turishga tayyorgarlik” deb tasvirladi.

Shuningdek hisobotga ko‘ra, Rossiya zaxiradagi askarlarni yollash va o‘qitish bo‘yicha so‘nggi 30 yil ichidagi eng shiddatli kampaniyani o‘tkazmoqda, bu haqda esa hech qayerda e’lon qilinmagan. Zaxiradagi askarlarning vazifasi BTG o‘tish chizig‘i orqasida qolib ketgan hududlarni egallab olish va ushlab turish uchun "ikkinchi to‘lqin” hujumini amalga oshirish bo‘ladi, deyiladi xabarda.

Bloomberg manbalaridan biri nashrga so‘nggi paytlarda Rossiya Ukrainani obro‘sizlantirish va "mamlakat ichidagi beqarorlik va norozilik kuchayib borayotganini” ko‘rsatish uchun katta PR kampaniyasi boshlaganini aytdi. Amerikaliklar Rossiya hujumi vaqtini "kelgusi yilning boshi” deb hisoblamoqda, ammo ularning fikricha, Putin hujum bo‘yicha hali yakuniy qarorga kelmagan bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov Vashingtonga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida u AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashib, undan Kiyevga qo‘shimcha harbiy yordam berishini so‘ragan. "Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy texnika va qurolli kuchlarni Rossiya—Ukraina chegarasi bo‘ylab harakatlantirish orqali G‘arb davlatlari bilan ‘shaxmat o‘ynamoqda”, — degandi Reznikov The Washington Post gazetasiga bergan intervyusida.

Kreml bosqinchilikka tayyorgarlik haqidagi xabarlarni quruq gap deb atadi va aksincha G‘arb kuchlarining, jumladan, NATO samolyotlarining razvedka harakatlari faollashgani munosabati bilan Moskva "hushyor bo‘lishi” kerakligini ta’kidladi.

Rossiya rasmiylari Rossiya hech kimga tahdid qilmasligini va hech kimga xavf solmasligini bir necha bor ta’kidlagan. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov qo‘shinlarning mamlakat hududi bo‘ylab harakatlanishi davlatning ichki ishi ekanini bildirgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:357 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:56
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Noyabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930