• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 13 » “Biz ijtimoiy mavjudotlarmiz”. Gonkong aholisi karantin qoidalarini ommaviy ravishda buzmoqda
15:45
“Biz ijtimoiy mavjudotlarmiz”. Gonkong aholisi karantin qoidalarini ommaviy ravishda buzmoqda

Kecha, 12 aprel kuni Gonkong aholisi karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani qayd etildi. Shahar aholisi ushbu kunda plyajlar, restoranlar va boshqa ommaviy maskanlarga tashrif buyurgan.

Pasxa bayrami kunlari odamlarni shaharning mashhur joylari jalb qildi. Ularning ko‘pchiligi tibbiy niqoblarsiz shahar bo‘ylab harakatlanishdi. Aholi vakillarining aytishicha, karantin juda zerikarli.

"Biz har doim uyda bo‘lamiz va bu juda zerikarli", deydi 24 yoshli Banni Mak.

Uning qo‘shimcha qilishicha, odamlar o‘zaro muloqot qilib turish kerak. Ushbu karantin vaqtida ijtimoiy aloqalar uzilib qolgan. Uning fikricha, u 
muloqot vaqtida o‘zini ehtiyot qila oladi. 

"Biz ijtimoiy mavjudotlarmiz. Do‘stlarimiz bilan birgalikda muloqot qilib, dam olib turishimiz kerak. Men o‘zimni va boshqa odamlarni himoya qilish uchun yetarlicha ehtiyotkorman. Menimcha, odamlarning ko‘chaga chiqishi odatiy holdir”, deydi Mak.

Joriy yilning 29 martdan boshlab shaharda jamoat yig‘ilishlari taqiqlandi. Shundan so‘ng ham koronavirus yuqtirish holatlari kamaymadi. Shundan so‘ng, shahar hukumati bu choralarni 23 aprelga qadar uzaytirganini ma’lum qildi.

O‘tgan yil 7 oy davom etgan namoyishlardan so‘ng, politsiya ham ushbu qonunbuzar aholini hibsga olishga shoshilmayapti. Shifokorlar esa jiddiy xavotirda ekanliklarini aytmoqda. Aholining ushbu mantiqsiz harakati koronavirus tarqalishini tezlashtirib, shahar hayotiga xavf solishi mumkin.

"Men metroda bo‘lganimda biroz qo‘rqib ketdim. Odamlar juda ko‘p edi. Men tashvishdaman, lekin niqob taqib yurdim va antiseptik vositalardan foydalandim", deydi gonkonglik 24 yoshli Iren Chong. 

Gonkongliklarning ushbu harakatidan shahar rahbari Kerri Lam ham xavotirda ekanini aytib o‘tdi. Facebook'dagi postida u fuqarolarni restoranlarda ijtimoiy masofa qoidalariga rioya qilishga chaqirgan va hukumat tekshiruvlarni kuchaytirishini aytgan.

"Eng muhimi, aholining qoidalarga bo‘ysunishi. Umid qilamanki, bundan so‘ng hamma o‘zini yaxshi his qiladi”, deb yozadi Kerri Lam.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Gonkongda koronavirus bilan kasallanganlar 1004 nafarni tashkil qilmoqda. Ulardan 4 nafari vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:561 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь