• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 12 » Bir yo‘la 3 viloyatda bir qancha o‘zbekistonlik koronavirusdan sog‘aydi
16:35
Bir yo‘la 3 viloyatda bir qancha o‘zbekistonlik koronavirusdan sog‘aydi

Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatida jami 8 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 12 may kuni sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Andijon viloyatida 4 nafar, Namangan viloyatida 2 nafar hamda Surxondaryo viloyatida 2 nafar, jami 8 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Andijonda darddan forig‘ bo‘lganlarning 2 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, barchasi ushbu viloyatdan. Bemorlarning hammasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 66 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2018 yil tug‘ilgan. Viloyatda shu paytga qadar 158 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 162 nafarga yetdi. Shu paytgacha Andijonda koronavirus infeksiyasining aniqlanish holati 169 tani tashkil etmoqda, bugungi kunda viloyatda 7 nafar bemor davolanmoqda.

Surxondaryoda tuzalganlarning 1 nafari (64 yoshli erkak) ushbu viloyatdan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Yana 1 nafari (43 yoshli erkak) esa Samarqand viloyatidan bo‘lib, uzoq masofaga qatnovchi avtomashina haydovchisi. 

U Rossiyadan Tojikiston orqali Surxondaryoga kirib kelgan va karantinga olingan, koronavirus infeksiyasi aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. 

Endilikda viloyatda sog‘ayganlar 38 nafarga yetdi. Shu paytgacha viloyatda koronavirus infeksiyasining aniqlanish holati 44 tani tashkil etmoqda. Bugungi kunda ushbu hududda 6 nafar bemor davolanmoqda.

Shuningdek, Namanganda sog‘ayganlarning 2 nafari ham ushbu viloyatdan (54 yoshli erkak Namangan tumanidan, 72 yoshli erkak Namangan shahridan). Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Endilikda viloyatda tuzalganlar 197 nafarni tashkil etmoqda. Shu paytgacha viloyatda koronavirus infeksiyasining aniqlanish holati 240 tani tashkil etmoqda. Bugungi kunda ushbu hududda 39 nafar bemor davolanmoqda.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1996 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda koronavirus aniqlanganlar soni 2509 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:547 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:22:28
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь