• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 375
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 159
Гостей: 159
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2016 » Noyabr » 28 » Bir tom ostida, ammo ayro-ayro…
09:10
Bir tom ostida, ammo ayro-ayro…

— Turmush qurganimizga sakkiz yildan oshdi. Ikki qiz, bir o‘g‘ilni katta qilayapmiz. Turmushimiz boshidan silliq bo‘lmagan. Yangi kelinchakligimdayoq erim xiyonat qilgan ekan. Biroq yosh va tajribasiz bo‘lganim uchun uning harakatlarini sezmaganman. Bilganimdan keyin esa aqli kirib qolar, deb o‘ylaganman. Ustiga-ustak, katta farzandlarim qiz bo‘lgani uchun o‘g‘il tug‘ib bersam, hammasi o‘zgarishiga umid qilganman-da. Lekin chuchvarani xom sanagan ekanman. Pahlavonimizning dunyoga kelishi ham hech narsani o‘zgartirmadi. Erim kunduzi ishlaydi, tunlarni esa kimlarningdir tug‘ilgan kuni, gap-gashtak bahonasida ko‘chada o‘tkazadi. Yana telefoniga turli juvonlar qo‘ng‘iroq qilib, «Falon joyda ko‘rishaylik», deganini eshitib qolaman. Uyga qaytganida esa ayollar ust-boshidan atirining hidi anqib turadi. Albatta, qaynota-qaynonam ham o‘g‘illarini tartibga chaqirishadi, ammo sira ta'sirini sezganim yo‘q. Xo‘jayinimning o‘zi «Chidasang shu, chidamasang katta ko‘cha, o‘n sakkiz yoshlisiga uylanib olaveraman. Faqat bolalarni tashlab ketasan, senga ularni berib qo‘ymayman», deydi. Farzandlarimning kelajagini o‘ylab, bariga ko‘z yumayapman. Biroq sabrning ham chegarasi bo‘ladi-ku! Turmush o‘rtog‘imdan xiyonatining sabablarni surishtirsam, «O‘zim shunaqa odamman, borim shu», degan javobni olaman. Bilishimcha, ko‘chadagi ayollardan biri «Xotining bilan ajrash, senga o‘zim o‘g‘il tug‘ib beraman» deganida, rozi bo‘lmagan. Hozir xuddi qo‘shnilardek yashaymiz. Bolalarni yaxshi ko‘rib erkalaydi-yu, menga sira e'tibor bermaydi. Mehr bor-u, muhabbat yo‘qdek. Nima qilsam, erimni bu yo‘ldan qaytara olaman. Maslahat bering.

Muhayyo, 27 yosh, Navoiy viloyati

 

Qaynonajon: — Qizim, «Mehr bor-u, muhabbat yo‘q», debsiz. Mehr qozongan bolajonlarning onasi nechun muhabbat qozonolmas ekan? Hammasi o‘z qo‘lingizda. Inson nimani niyat qilsa, nimalardan xavfsirab yursa, o‘shani chaqirib oladi, deyishadi. Shuning uchun avvalo niyatingizni yaxshi qilib, «ajrashaman» degan so‘zlaringizni unuting. Jufti halolingizni yaxshi ko‘ring, chiroyli muomala qiling. Erkaklar ko‘zi va qulog‘i bilan sevadi. Shuning uchun ularning muhabbatini qozonish u qadar mushkul emas aslida. Ayollik mahoratingizni ishga soling. Turmush o‘rtog‘ingiz ota-onasining so‘zlariga quloq solmayotgan bo‘lsa, bilingki, uning oiladan ko‘ngli qolgan, uydan bezigan. Demak, xonadoningizda yaxshi kayfiyat paydo qilish kerak. O‘z ustingizda ishlashdan, yangidan-yangi qirralaringizni kashf qilishdan sira erinmang. Uyning toza, kiyimning dazmollanganligi o‘z yo‘liga, siz unga yaxshi suhbatdosh, ko‘rganda dili yayradigan yor bo‘ling. Biz esa doim oilangiz tinchini so‘rab duodamiz.

Barno ILHOMOVA, ruhshunos: — Qars ikki qo‘ldan chiqqanidek, munosabatlarining sovushida ham ikki tomonning o‘ziga yarasha «hissa»si bo‘ladi. So‘zlaringizdan yillar davomida hammasi o‘z-o‘zidan o‘nglanib ketishini kutganingizni tushundim. Kutib o‘tirish bilan ish bitganida, shu choqqacha turmushingiz a'lo bo‘lishi kerak emasmidi? Lekin unday emas, endi harakat qilish, kurashish vaqti yetdi. So‘zlaridan turmush o‘rtog‘ingizning o‘zgarish niyati yo‘q, toki birinchi qadamni siz tashlamas ekansiz, bari o‘z holicha qolaveradi. Bilsangiz, erkaklar hayotda o‘g‘il, xodim, boshliq, ota va er kabi bir qancha vazifalarni bajarishadi. Ammo ulardan bu vazifalarning barini a'lo darajada uddalashni talib qilish kerak emas. U otalikni qoyillatayaptimi, shu qirrasini ko‘ra bilish lozim. Axir vazifalaridan hech birini eplay olmaydiganlar ham bor-da hayotda. O‘zingizni tushkunlikdan xalos etishga harakat qilishingiz lozim. Odatda ayol kishi o‘ziga past baho bera boshlasa, tushkunlikka tushib qoladi. Aksiga olgandek bunday kayfiyatda kishi yaxshi tomonlarini ko‘rolmaydi, faqat ojizliklari-yu uddasidan chiqolmagan ishlarini yodda saqlab qoladi. Natijada depressiya ortib boraveradi. Shuning uchun bir kundalik tutib, har kuni yotishdan avval kun davomida uddalagan ishlaringizdan kamida 5 tasini yozib qo‘yishni tavsiya qilaman. Tashqi ko‘rinishga alohida e'tibor berish va turli kiyim-kechak, pardoz vositalari xaridi ham kishi kayfiyatining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.


Категория: Har-Hil | Просмотров:1687 | Добавил: Admin | Теги: «Бир том остида, аммо айро-айро…» | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:58
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь