• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Dekabr » 14 » Besh yildan so‘ng... Kelajagimizni chizamiz!
08:39
Besh yildan so‘ng... Kelajagimizni chizamiz!

Har birimiz kelajak uchun kattami-kichikmi rejalar tuzamiz va olditmizga maqsadlar qo‘yamiz. Ular amalga oshishi uchun imkon qadar harakat qilamiz. Tasavvuringizda besh yildan keyingi hayotingizni tasavvur qilib ko‘rganmisiz? Siz u vaqtda qanday bo‘larkansiz? Keling, buni quyidagi test orqali aniqlab ko‘ramiz! Ishga kirishishdan avval har qanday mantiqiy fikrlashni bir zumga bo‘lsa-da tark eting, ijodiy salohiyatingizga esa erkinlik bering.

Kerak bo‘ladi: ikkita oq qog‘oz (A3 formatida bo‘lsa yanada yaxshi) , rangli qalamlar, ish stoli, jimlik va yarim soat vaqt.

Ish tartibi:

1.    Birinchi varaq markaziga o‘zingizning hozirgi holatingizni chizing, bo‘y-bastingiz to‘liq bo‘lsin. Rasm chiroyli chiqishi shart emas, shuning uchun surat chizishdagi "uquvsizman” degan bahona o‘tmaydi. Suratingiz yoniga hozir hayotingizdagi muhim insonlar, munosabatlar, ishlar va boshqa narsalarni ramziy belgilar bilan chizib chiqing.

2.    Chizib bo‘ldingizmi? Uni teskari o‘girib qo‘ying va keyingi shartga o‘ting. Ikkinchi qog‘ozga xuddi shu tartibda rasm chizish lozim. Ammo endi 5 yil oldinga nazar tashlashga to‘g‘ri keladi. Kelajakni tasavvur qilishni boshladik!

3.    Vazifani noto‘g‘ri bajarishdan cho‘chimang, qanday rasm chizilganidan qat'iy nazar, sizning hozirgi va kelajak hayotingiz haqida borini bilib olish imkoni bo‘ladi. Endi suratlar nima deyayotganini aniqlaymiz!

Test kaliti

Ikkala suratni qarshingizga qo‘yib, tahlil qilishni boshlang. Qiyofangizga nazar soling. Hozirgisi va kelajakdagisining o‘rtasida nechog‘lik farq bor? Balki siz 5 yildan keyin ozg‘inroq, kelishganroqdirsiz? Qaysi suratda siz tabassum qilib turibsiz? Agar kelajakdagi suratda tashqi qiyofangizda tub burilish kuzatilsa, demak siz o‘sha narsadan hozir mamnun emassiz. Bordi-yu, ikki suratda ham bir xil ko‘rinishda bo‘lsangiz, o‘ylab ko‘ring, o‘zgarishlardan cho‘chimayapsizmi? Bir xillik joningizga tegmasmikan?

Endi sizni qurshab turgan ramziy belgilarga e'tibor qarating. Ularni birma-bir sanab ikkita ro‘yxat tuzing: hozirgi va kelajakdagilari. Ro‘yxat hayotingizning barcha jabhalarini qamrab olganmi? Kelajakda nimalarga erishishni istayapsiz? Qanday cho‘qqilarni zabt etishingiz yoki nimalardan xayolan voz kechganingiz haqida fikrlang. Agar hech nima o‘zgarmagan bo‘lsa-chi? O‘ylab ko‘ring, orzularingizdan voz kechayapsizmi yoki ular uchun kurashishni davom ettirayapsizmi?

Barchasi o‘z qo‘lingizda!

5 yildan keyin bundan-da ko‘prog‘iga erishishni istaysizmi? Ish pog‘onasida ko‘tarilish, shaxsiy hayotdagi o‘zgarishlar, dunyoqarashingizni kengaytirish uchun nimalar qilyapsiz? Moliyaviy holatingiz va turmush tarzingizni yaxshilash uchun-chi? «hozircha hech narsa» deysizmi?! Unda bu ishga qachon kirishishni rejalashtiryapsiz? Maslahatimiz, biror soniyani ham bekorga o‘tkazmang!  

Suratdagi qaysi ramziy belgilar sizga yaqin va yiroq joylashgan? Qay biri sizga yaqinroq bo‘lsa, demak aynan o‘sha narsa siz uchun muhim sanaladi. Tahlil qiling, siz birinchi o‘ringa qo‘yayotganlar narsalar keraklimi yoki keraksiz?

So‘nggi vazifa!

Ikkinchi suratni tashlab yubormang! Uni saqlab qo‘ying. 5 yildan so‘ng, albatta, unga ko‘z tashlash yodingizdan chiqmasin! Ana o‘shandagina haqiqiy sarhisobni amalga oshirasiz.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1929 | Добавил: Admin | Теги: Беш йилдан сўнг... Келажагимизни чи | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:07
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031