• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 22 » Berni Sanders Rossiyaga bas keloladimi? AQShda prezidentlikka nomzodlar munozaraga kirishdi. Jahon matbuoti sharhi
20:10
Berni Sanders Rossiyaga bas keloladimi? AQShda prezidentlikka nomzodlar munozaraga kirishdi. Jahon matbuoti sharhi

Demokratlar olib borayotgan munozaralar

2020-yildagi demokratlarning saylovoldi munozaralari avj olmoqda. Nevadadagi munozaralar ancha keskin ruhda o‘tgani bilan diqqatga sazovor. Munozaralarning olti natijasi esa yanada yodda qoladigan bo‘ldi, deb yozadi The New York Times nashri.

Ikki soatlik hurmatsizlik odobi

Avval o‘tkazilgan sakkiz bahsda demokratik partiya nomzodlari bir-biriga hurmat va odob saqlagan holda ishtirok etgan bo‘lsa, Nevadadagi munozaralar siyosiy so‘zlar poligoniga aylanib ketdi.

Senator Elizabet Uorren vaqti-vaqti bilan barcha debat ishtirokchilariga so‘z hujumi uyushtirdi. Saylanish poygasiga eng oxirida qo‘shilgan milliarder Maykl Blumberg debatlarning qalqoni bo‘ldi. Sababi barcha hujum qilganlar uni nishonga oldi. Tom ma’noda Blumbergga oson bo‘lmadi desa ham bo‘ladi.

Janubiy Karolinada o‘tadigan saylovlar esa Nevadadagidanda keskinroq o‘tishi mumkin. Prezidentlik poygasi avjiga chiqmoqda.

Poygadan chiqib ketishiga oz qolgan Blumberg

Blumberg saylovoldi debatlarda ilk marta qatnashmoqda. Shunga qaramay milliarder janob  yaxshi taassurot uyg‘otish borasida o‘rganadigan ancha jihatlari borligini bildirib qo‘ydi. Jonli efirda Maykl Blumbergning reklama roliklari bosib ketgan bo‘lsada, u o‘zidan mustahkam qal’a yasashiga tog‘ri keldi. Qal’alar esa ishg‘ol qilinishi aniq.

Sanders Blumbergni politsiyachilarga xos bo‘lgan boshqaruv uslubi uchun qoralagan bo‘lsa, Elizabet Uorren uning ayollarga nisbatan munosabatini tanqid qildi, Bayden esa milliarderni Nyu-Yorkni uquvsizlarcha boshqarganlikda aybladi. Istehkom ishg‘ol qilinishiga oz qoldi. Blumberg endi keyingi bahslarga yaxshigina faylasuf va notiqdan saboq olib tayyorlanishi kerakka o‘xshab qoldi.

Elizabet Uorrenning muvaffaqiyati

Nyu-Hempshirdagi omadsizlikdan keyin Uorren xonim ko‘plarning diqqatini torta oldi, barchadan ko‘p gapirdi va bahslarning yo‘nalishini belgilab turdi.

Uning tarafdorlari ham shundan umidvor edi. Baxtiga, senator xonim o‘z tarafdorlari ishonchini oqlay oldi. Uorren xonim o‘z raqiblariga ayovsiz hujum uyushtirdi va ularning zaif nuqtalarini oshkor qilib qo‘ydi hamda AQShda tibbiy xizmat hamma uchun bepul bo‘lishi kerakligi haqidagi g‘oyasini ilgari surgan holda himoya qildi.

Uorren xonim nomzod Pit Butijichning sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish rejasini "prezentatsiya” deb atadi. Emi Klobusharning tibbiyotdagi rejasini esa "yopishqoq qog‘ozdagi belgi”ga qiyos qildi. Debatlarning forvardi Berni Sandersning tibbiyotdagi dasturini "uning maslahatchilari ham yoqlamayotgan dastur” deb atadi.

Oldingi debatlardan farqli ravishda Uorren xonim o‘zini bu safar haqiqiy jangchi sifatida ko‘rsatdi. Saylovoldi bahslar davom etar ekan, uning saylov kampaniyasi hisobi 1 million dollarga, kun davomida esa 2,8 million dollarga boyidi.

Omadi kelgan Sanders

Qariya Berni avvalgi bahslarda ham eng yuqori ovoz olgan edi. Nevadadagi bahslarda ham so‘rovnoma ishtirokchilari orasida yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Uning saylov shtabi esa eng ko‘p xayriya mablag‘larini to‘plamoqda… Ammo bu safar unda bahslar markazida bo‘lish uchun salohiyat yetishmadi.

Katta boylikka ega bo‘lgan Blumbergning paydo bo‘lishi Sanders raqiblarining kelajagini shubha ostida qoldirdi va ularning fikrini chalg‘itdi. Xalq o‘z diqqatini kun sayin reytingi oshib borayotgan Sandersga emas, Blumberg ilgari surayotgan dasturga qaratdi.

Raqiblar Sandersni "chaqishdi”: Uorren xonim Sandersning tibbiyotni isloh qilish borasidagi siyosatini hayotiy emas deb atadi, Butijich Sanders tarafdorlarini o‘z ijtimoiy tarmoqlarida odobsiz tutayotganlikda aybladi, Blumberg esa keksa senatorni sotsialist deb atadi va Sanders Trampni hech qachon yenga olmasligini bashorat qildi.

Sanders mazkur debatlarda "bo‘sh” chiqish qilgan bo‘lsada, bu hali "siyosiy dafn” uchun yetarli emas.

Nazarga ilinmaydigan Bayden

Yaqin kunlargacha Bayden saylov kampaniyasida yetakchi raqobatchi edi. Lekin Nevadada Bayden ikkinchi darajali nomzodga aylanib qoldi. Bayden raqiblari qanday bir-birini tanqid qilayotgani, ammo ularning hech biri Baydenga murojaat qilmayotganining guvohi bo‘ldi. Ayovada – 4, Nyu-Hempshirda – 5-o‘rinni egallagan Baydenning saylovda yengilishini kutish mumkin.

Jamoasi esa uning navbatdagi seshanbada o‘tkaziladigan bahslarda jiddiy yutuqqa erishadi deb hisoblamoqda, ammo Bayden umidini so‘ndirdi.

Klobushar va Butijich "jangi”

Bahslar davomida Klobushar va Butijich bir-birining yoqasidan oladigandek tasavvur uyg‘ondi. Elizabet Uorren, Berni Sanders Blumbergday kimsalarni mutlaqo yomon ko‘radi, ammo Klobushar va Butijich bahsi ikkisining nafrati juda keskin ekanini ko‘rsatdi.

Ular bir-birlarini davlat boshqaruvida uquvsizlikda aybladi. Klobushar Butijichni hech qachon muhim muammolarni hal qilmaganlikda aybladi, Butijich esa Klobusharni bo‘lg‘usi prezidentlikka munosib emas, u hattoki Meksika prezidenti nomini ham bilmaydi deya qoralab chiqdi.

Butijich va Klobushar to‘qnashuvi juda muhimdir. Ayrim hal qiluvchi shtatlarda Blumberg yetakchiligi tufayli, boshqa mo‘tadil nomzodlar 15% ovoz ham ololmasligi mumkin. Klobushar va Butijich Garri Potter haqidagi kitobdan xulosa chiqarishgan ko‘rinadi: "Biri yashashi uchun ikkinchisi o‘lishi kerak”.

Xavflar ostida qolayotgan janob Amerika Qo‘shma Shtatlari

Amerikalik iqtisodchi Nuriel Rubini The Project Syndicate nashrida moliyaviy inqirozlar to‘fonga o‘xshaydi va ular siyosiy, iqtisodiy xatolar hamda moliyaviy zaifliklarning to‘planib borishi natijasida yuz beradi, deb yozadi.

Vaqti-vaqti bilan tizimda nosozliklar kuzatiladi, tub burilishlar bo‘ladi, yuksalish halokat bilan o‘rin almashadi, pufaklar yoriladi.

Iqtisodiy va siyosiy xatarlar qatoriga geosiyosiy, moliyaviy inqirozlar ham qo‘shildi. 2008-yildan buyon esa bunday vaziyat kuzatilmagan edi.

Avvalo, AQSh Xitoy, Rossiya, Eron va Shimoliy Koreya davlatlari bilan keskinlashib borayotgan raqobatga kirishdi. Bu mamlakatlar esa AQSh o‘rnatgan tartiblarga zarba berishdan manfaatdor va 2020-yil ular uchun muhim yildir. Chunki AQShdagi prezidentlik saylovi va kimning prezident bo‘lishi ular uchun muhim siyosiy voqeadir.

Tramp prezident ekan, uning ma’muriyati bu davlatlarni iqtisodiy va boshqa choralar yordamida jilovlab turishga intilmoqda. Ular esa AQShni xalqaro va ichki siyosatda zaiflashtirishga urinmoqda. Basharti AQShdagi saylovlar ichki nizolarga aylanib ketsa, bu muxolif davlatlar uchun ayni muddao bo‘ladi.

Shuningdek, ayrim davlatlar, misol uchun Eron Trampning ikkinchi muddatga saylanmasligidan manfaatdor. Agar Eron-AQSh urush xavfi kelib chiqsada, Trampga qarshi tish tirnog‘i bilan qarshi turishga tayyor. Neft bahosining ehtimoliy  Eron-AQSh urushi natijasida oshib ketishi AQSh fond bozorining orqaga ketishiga va Tramp saylanmasligiga olib keladi. Bu yil Eron va AQSh o‘rtasida urush kelib chiqish ehtimoli borligi sababli, hozirgi vaziyat cho‘ziladigan urushdan oldingi jim-jitlikdir.

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarga kelganda ularning yaqinda savdo urushlari borasida vaqtinchalik kelishuvi birinchi bosqichi uchun bitimi – o‘ziga xos bo‘lgan kovaklarni berkitish siyosatidir. Texnologiyalar, moliya, sarmoya, ma’lumotlar va valyuta uchun kurash tobora keskinlashib bormoqda. Covid-19 virusining tarqalishi esa AQSh uchun Xitoyni jilovlashga yangi kuch berdi. Yaqin kelajakda bu epidemiya yanada jiddiyroq tus ola boshlasa, Xitoy iqtisodiyotidagi uzilishlar dunyoviy ishlab chiqarish zanjirlariga salbiy ta’sir etishi mumkin. Bu esa moliya bozoriga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

Ayrim Xitoy rahbarlari mamlakatda birdaniga qush, cho‘chqa va Covid-19 grippining tarqalishi bejiz emas deb hisoblamoqda. Gonkongdagi siyosiy tartibsizliklar, Tayvandagi mustaqillik harakatlari tarafdori bo‘lgan yangi prezident va AQShning sharqiy va janubiy Xitoy dengizlaridagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlari Xitoyni tashvishlantirib qo‘ygan.

Umuman olganda, Xitoyning ochiq agressiyaga o‘tishi haqiqatdan yiroq. Lekin kiberurushga izn berish ehtimoli mavjud. Xitoylik xakerlar AQShdagi prezidentlik saylovlarini nishonga olishi mumkin. Amerikaliklar feyk xabarlar va dezinformatsiya ta’sirida qolish ehtimoli bor. Qutblashgan amerikalik saylovchilar saylov natijalari borasida AQSh ko‘chalariga chiqsa, voqealar rivoji qanday tus olishini tasavvur qilish mumkin.

Eron, Xitoy, Rossiya, Shimoliy Koreya mamlakatlari g‘arb va AQSh moliya tizimlari, shuningdek, Jahon banklararo kommunikatsiya tizimlariga hujum uyushtirishi mumkin. Yevropa Markaziy banki raisi Kristina Lagard kiber hujumlar moliya bozoriga 645 milliard dollar zarar yetkazishi ehtimoli haqida ogohlantirib o‘tdi. AQShda ham shunday voqea yuz bermaydi deb hech kim kafolat berolmaydi.

Keyingi yilda AQSh-Xitoy nizosi keskinlashishi, sovuq urush issiq urush tusini olishi mumkin. Xitoy iqtisodiyoti koronavirusdan jiddiy zarar ko‘rar ekan, urush uchun tashqi bahona izlash xitoyliklarni tinchlatirishga sabab bo‘ladi. Natijada, Xitoy o‘z harbiy diqqatini Vyetnam, Gonkong, Tayvan va AQShning Xitoy dengizlaridagi harbiy kuchlariga qaratadi. Bu esa harbiy to‘qnashuvlar yuzaga keladi deganidir.

Xitoy moliyaviy "yadro bombasi” – AQSh obligatsiyalarini ishga solishi mumkin. Amerika valyutasi Xitoy zaxiralarining ulkan qismini tashkil etadi, Xitoy esa AQSh hukumati ularni muzlatib qo‘yishidan xavotirga tushmoqda. Bu ham keskinlikka olib kelishi mumkin. Xitoy ham Rossiya kabi hozirda oltin sotib olishni ko‘paytirmoqda. Natijada oltin narxi 2019-yildagiga nisbatan 30 foziga qimmatlashdi. Agar mazkur siyosat (oltin sotib olish) kuchaytirilsa, AQSh rivojlanishi sustlashadi.

AQSh ham qo‘l qovushtirib o‘tirgani yo‘q. Aks ta’sir sifatida mazkur davlatlarga iqtisodiy va siyosiy bosimni kuchaytirmoqda. Ustiga ustak AQSh eng taraqqiy etgan kiber salohiyatga ega. Bu yil to‘rt raqibiga qarshi kiber hujumlari ham kuchayishi mumkin. Oqibatda birinchi kiber urushi xavfi yuzaga keladi.

Bundan tashqari, 2020-yilda geosiyosiy keskinliklardan tashqari iqlimiy o‘zgarishlar tufayli yuz beradigan ekologik halokatlar xatari ham mavjud. Bu esa barchaga birdek zarar keltiradi.

Iqlim o‘zgarishidan tashqari, seysmik hodisalar – yer magnit qutblarining o‘zgarishi, ummon oqimlarining tezlashayotgani ham kuzatilmoqda. Bularning barchasi ekologik halokatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Antarktida va Grenlandiya muzliklarining erishi ekologik xavf  bo‘lib, suvosti vulqon harakatlarining faollashgani okean suvlarining oksidlanishi va dunyo baliq zaxiralarining tugashiga olib keladi.

Bu xatarlar 2020-yildan nima kutish mumkinligini izohlaydi. Hozircha esa dunyo moliya bozorlari bu yil omadli keladi deb umid qilmoqda.

Berni Sandersgina Putin Rossiyasiga bas kela oladi

2020-yilgi saylovlar oldidan Putinning hoziru nozirligini hamma his qilib turibdi. Amalga oshmay qolgan impichment borasida amerikalik siyosatdonlar "barcha yo‘llar Putinga eltadi” deb ishonib kelmoqda, deb yozadi The Guardian nashri.

AQSh tashqi siyosiy idorasida Putinni jilovlab turish va Rossiya ta’sir doirasini cheklash uchun harbiy raqobat zarur degan tasavvur mavjud.

Shunday vaziyatda Berni Sandersning saylovoldi kampaniyasida yetakchi kuchga aylanishi AQSh demokratik partiyasi rahbariyatida qo‘rquv uyg‘otmoqda. Qo‘rquv shundan iboratki, Sanders ko‘p yillardan beri harbiy ixtiloflarga kirishishda vazmin, tashqi siyosatda mas’uliyatli bo‘lishga, AQShning tinimsiz urushlarga chek qo‘yishga chaqirib keldi.

Senator Sanders har bir chiqishida Putinni tanqid qilib kelayotgan bo‘lsada, Sanders prezident bo‘lib qolsa, bu qariya Berni Kreml uchun sovg‘a bo‘lib qoladi, degan fikrlar ham amerikalik siyosatchilar ongida borgan sari o‘rnashib bormoqda. Agar men rus bo‘lib tug‘ilganimda, Berniga ovoz bergan bo‘lar edim, deya yozadi "Goldman Saks” rahbari Lloyd Blankfeyn.

Lekin harbiy raqobat tarafdorlarining aksari Kreml rahbariyatining xarakterini tushunmaydi. Aynan shu tushunmovchilik sabab AQShning Rossiyani jilovlashga bo‘lgan urinishlari takrorlanib kelayotgan muvaffaqiyatsizliklarga sabab bo‘lmoqda. Sandersning tashqi siyosat borasidagi fikrlari ana shu muvaffaqiyatsizlikka olib kelayotgan qarashlarni o‘zgartirish va Putinning xorijdagi siyosatini zaiflashtirishga qaratilgan.

Bernining strategiyasini tushunish uchun Putin tayanib kelayotgan uch asosni ko‘rishi kerak.

Birinchi asos – uglevodorodlar, ya’ni mamlakatga katta foyda keltirayotgan neft va gaz zaxiralaridir. Hozir Rossiyaning neft va gaz qazib chiqarish hajmi kuniga 11,25 million barrelga yetgan. Har yili Rossiya Germaniya kabi gaz eksportiga qaram mamlakatlardan 44,4 milliard dollar ishlab topmoqda.

Ikkinchi asos – Putinning korrupsiyasi rejimi. Rossiya bugun kleptokratlar – o‘g‘ri amaldorlar  mamlakatidir. Putin hokimiyati siyosati pora evaziga pul ishlash va oligarxlar tomonidan xalq pullarini o‘zlashtirlish hisobiga kun ko‘radi. Albatta, o‘g‘irlangan pullar Rossiyada qoldirilmaydi. Bu mablag‘lar xalqaro yashirin manbalar orqali harakat qiladi va "Doyche bank”, "Danske bank” hisobiga tushib, London ko‘chmas mulk bozorida sarflanadi, AQShdagi soxta kompaniyalar hisobiga yashiriladi. Bu pullar Putin rejimiga sadoqat va sodiqlikni sotib olishda ishlatiladi.

Uchinchi asos – propaganda. Putin o‘z ittifoqchilari bilan faol ravishda chet ellardagi nizolarni kuchaytiradi. Bundan maqsad o‘z mamlakatidagi aholining milliy sadoqatini mustahkamlash. O‘z hukmronligining dastlabki paytlaridan boshlab Putin Rossiya dushmanlariga nisbatan adovat va agressiyani qo‘zg‘ab kelmoqda. Xoh kavkazliklar bo‘lsin, xoh ukrainlar, xoh amerikaliklar – Putin rejimi uchun farqi yo‘q. Bu esa Putinga o‘z mashhurligini saqlab kelishiga imkon bermoqda.

AQShning tashqi siyosati keyingi vaqtlarda Kreml hokimiyatining asoslarini yemirishga xizmat qilmayapti. AQSh Kremlning mustahkamlanishiga sharoit yaratib bermoqda. Misol uchun, Obama ma’muriyati Rossiya bilan keskin uglevodorod raqobatiga kirishdi va bu bilan dunyoning qazilma yoqilg‘ilariga bo‘lgan ehtiroslarini yanada kuchaytirib yubordi. Obama davrida rus oligarxlarining pullari daryo bo‘lib AQShga oqdi. Garchi o‘sha kezlarda senator Hillari Klinton Putinni Gitlerga qiyos qilgan bo‘lsada.

Sanders o‘z siyosiy dasturida yuqoridagi asoslarni yemirishga urg‘u bermoqda. Sanders nazarida, AQSh uglevodorodlarga qaramlik o‘rniga "Yangi zangori yo‘lni” tanlashi maqsadga muvofiq. Bu esa nafaqat AQSh, balki butun dunyo "toza energetika” yo‘liga o‘tishini anglatadi. Uglevodorodlardan voz kechish, dunyo iqlimini sog‘lomlashtirish (Yevroittifoqdagilar ham da’vat qilganiday) Putinning siyosiy hokimiyatiga kuchli zarba beradi.

Sanders rus kleptokratlarining o‘g‘irlangan mablag‘larini dunyo bo‘ylab ko‘chib yurishini Uol Strit banklarini qat’iy jilovlash, soxta kompaniyalarni tugatish, yashirin soliq "havzalarini” yopish orqali to‘xtatmoqchi va Putin Kremliga zarba bermoqchi.

Taraqqiyparvar kuchlar Putinga nisbatan soddalik qilishi mumkin emas. Putin Rossiyaning xalqaro maydondagi ta’sirini kuchaytirish yo‘lidan qaytmaydi. Shuning uchun ham kleptokratik hokimiyatning mohiyatini tushungan Navalniy kabi muxolifatchilar Berni Sandersni qo‘llab-quvvatlamoqdalar.

Erdo‘g‘onni rag‘batlantirayotgan AQSh hukumati

Donald Tramp Erdo‘g‘onni qo‘llab-quvvatlamoqda, chunki rasmiy Anqara Rossiyaning Suriya bo‘yicha ilgari surgan taklifini rad qildi, deb yozadi The Bloomberg nashri.

Turkiya tarafi Suriyadagi isyonchilarning so‘nggi tayanchi uchun olib borilayotgan janglar sabab Rossiya tarafiga keskin ogohlantirish berdi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Suriyaning shimoli-g‘arbidagi Idlib viloyatida harbiy amaliyotni o‘tkazish uchun barcha tayyorgarlikni ko‘rib bo‘lgani haqida bayonot berdi. Bu viloyat "al-Qoida” diniy ekstremistik guruhining sobiq jangarilari va Turkiya qo‘llab kelayotgan Asadga qarshi jangarilar tomonidan nazorat qilinadi.

Erdo‘g‘on Anqaradagi chiqishida Idlib harbiy amaliyoti vaqti kelib albatta amalga oshishi, Idlibni rejim ta’siriga, uning tarafdorlari bo‘lgan tomonlarga tashlab qo‘ymasligi haqida gapirdi.

Turkiya tarafi Suriyada Rossiya dastaklayotgan hukumat qo‘shinlarining olg‘a siljishini to‘xtatishga urinmoqda. Chunki bu uning Idlibda turk nazoratidagi hudud tuzishiga xavf  tug‘dirmoqda. Shu oyda Turkiya hukumati Idlibda o‘zining minglab harbiylarini joylashtirdi. Shunga qaramay Suriya armiyasi  ruslarning havo kuchlari yordamida turk nazorat punktlarini qamal qildi. Natijada 14 turk harbiysi qurbon bo‘ldi.

Eng yomon variant

Idlibdagi butun qarama-qarshilik davomida Turkiya va Rossiya ixtiloflashayotgan taraflarni qo‘llayotgan bo‘lsada, muloqot ochiq bo‘ldi. Lekin Moskva bilan Damashqni turk qo‘shinlarining ko‘payib borayotgani to‘xtata olmadi va chorchanba kuni rasmiy Kreml Erdo‘g‘on bayonotiga javob tariqasida turklarning harbiy amaliyoti "eng yomon variant” dedi.

Aftidan, Rossiya Idlibni to‘liq bosib olish tarafdori ko‘rinadi. Bu esa Asadga Damashq va Halab o‘rtasidagi aloqani kengaytirish va 9 yillik urushda g‘alaba qozonganini e’lon qilishga imkon beradi.

Idlibdan 1-2 million qochqinning ommaviy ravishda kelishidan xavfsirayotgan Turkiya AQSh ko‘magini oldi. Garchi Tramp Merilenddagi chiqishida "Biz hozirda Idlib borasida birgalikda nima qilish mumkinligi haqida ishlayapmiz”, degan bo‘lsada, Rossiyaga qarshi AQSh va NATO qanday yordam berishi mumkinligi mavhum bo‘lib qolmoqda.

Tramp Erdo‘g‘onni "zo‘r yigit” deb atadi, va Erdo‘g‘on ko‘p inson halok bo‘lishini istamaydi deb, qo‘shimcha ham qildi.

Avvalroq Erdo‘g‘on, agarda, Suriya harbiylari turk avanpostlaridan ketmasa, fevral oyi oxirida kuch ishlatishini ma’lum qilgan edi.

Suriya hukumatining Idlibga hujumi qahratonda yuz minglab kishilarni Turkiyaga ko‘chishiga sabab bo‘ldi. Hozirda Turkiya dunyodagi eng ko‘p qochoq to‘plangan hudud bo‘lib qolmoqda. Hukumat chegaralarda beton devorlar o‘rnatib, qochoqlar uchun uylar qurmoqda.

Xalab g‘arbidagi shaharlar va ko‘chirilganlar lagerlari Suriya va ruslar tomonida o‘qqa tutilmoqda. Yangi qochoqlar guruhi esa Turkiyaga boshpana izlab qochib o‘tmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:580 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:47
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829