• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Oktyabr » 19 » Bermud uchburchagining siri: bedarak yo‘qolgan kemalar qismati
10:24
Bermud uchburchagining siri: bedarak yo‘qolgan kemalar qismati

Aziz muxlislar, avvalroq Bermud uchburchagining siri nimada ekanligini tahlil etishga uringandik. Unda bundan 40 yil avval ilgari surilgan ilmiy farazlar hamda yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra ba'zi bir fikr-mulohazalar e'tiboringizga havola etilgan edi.
 
Endi Bermud uchburchagi hududida bedarak yo‘qolgan kemalar qismati bilan tanishamiz...
 
Bedarak yo‘qolgan kemalar
 
Kemalar nega bedarak yo‘qoladi, degan savolga aniq javob berish juda mushkul. Birinchi maqolada keltirilgan taxmin ham bu jumboqqa oydinlik kirita olmasligi rost.
 
Ma'lum bo‘lishicha, Bermud uchburchagida bedarak yo‘qolgan kemalarning aksariyati yarimsharda qish fasli hukmron bo‘lganida sodir bo‘lar ekan. Bir misol, "Urang medan” nomli golland kemasi talofatga yuz tutgandan so‘ng qutqaruvchilar tomonidan dengizchilarning jasadlari topildi.
 
Hayratlanarlisi shundaki, kema ekipaji a'zolarining yuzlari dahshatli tarzda burishib ketgandi. Tanasining boshqa a'zolariga esa zig‘ircha shikast yetmagan. Barchasining tanasi muz bo‘lakchalariga aylanib qolgan.
 
Uchburchak doirasi atrofida halokat sababi noaniqligicha qolayotgan o‘nlab kemalar topilgan. Birlarida dengizchilarning jasadlari topilgan bo‘lsa, yana birlarida ekipaj a'zolarining izi ham yo‘q, hatto kemaning ayrim qismlari yulib olinganday vahimali manzara kasb etardi. Suvosti kemalaridan esa odatda hech narsa qolmaydi...
 
Qadimda dengiz qaroqchilari bu joyni "iblis makoni” deya atashgan. O‘sha hududni yonlab o‘tgan yelkanli kemalar ekipaji o‘z­o‘zidan telba bo‘lib qolib, bir­birlarini suvga uloqtirganliklari haqida qayd etilgan ma'lumotlar mavjud.
 
Quyuq tuman ta'sirida, yoz fasli bo‘lishiga qaramay, kema­yu uning a'zolari muz sumalaklariga aylanib qolgani haqidagi afsonalar kemasozlar tilidan tiliga ko‘chib yuradi. Qaroqchilar esa bortiga tilla va kumush buyumlar ortilgan har qanday kema bu hududdan omon o‘ta olmasligiga ishonganlar.
 
Teatr aktyorlarining "vahimasi”
 
Bermud uchburchagida sodir bo‘ladigan g‘ayritabiiy voqyealarni 1935 yilda akademik Vasiliy Shuleykin (1895–1979) tomonidan ilgari surilgan "Dengiz tovushi” deya atalgan gepotiza yanada ishonchliroq tushuntiradi.
 
Voqyea Artikada sharsimon meteorologik asboblarini uchirish uchun yuborilgan "Taymir” muzyorar kemasi bortidan boshlangan.Odatda ob­havoni o‘zgarishini o‘rganish uchun uchiriladigan sharsimon uskunani bu ish bilan shug‘ullanuvchi aerolog yuziga yaqinroq olib keladi va og‘riqdan qichqirib yubordi. Uskuna sirtida kuchli tebranish hosil bo‘lib, olimning quloqlari bitib qoladi. O‘zini nohush sezib, g‘alati xatti­harakatlar qila boshlaydi. Oradan bir muncha vaqt o‘tgach, qosh qorayib, kuchli bo‘ron turadi.
 
Voqyea odatga ko‘ra kema ish yurituvchisi tomonidan bort jurnaliga qayd etib qo‘yiladi. Ushbu ma'lumotlarni o‘rgangan akademik Shuleykin okean yuzasida yuz berib turadigan g‘ayritabiiy voqyeani qaysidir ma'noda to‘liqroq izohlovchi taxminni ilgari suradi va bu gipoteza tadqiqotchi Nikolay Niklolayevich Andreyev (1880–1970) tomonidan matematika nuqtai nazaridan isbotlab beriladi.
 
Ushbu ilmiy taxminning mazmuni shundan iboratki, katta maydonni egallagan suv havzalarida bo‘ron yoki to‘fon turganda, aniqrog‘i bu tabiat hodisasidan oldinroq havo qatlamlari orasida "qattiq to‘qnashuv” yuz beradi.
 
Bu hodisani tushunish uchun qarama­qarshi zaryadga ega bulutlarning to‘qnashuvidan hosil bo‘ladigan momoqaldiroq gumburlashini yodga olishimiz kerak. Faqat mazkur hodisada chaqmoq o‘rniga kuchsiz havo tebranishi va buning oqibatida kuchsiz infratovush paydo bo‘ladi.
 
Shamol tezligini soniyasiga 20 metr deb oladigan bo‘lsak, bir kvadrat metr dengiz to‘lqindan 3Vt kuchga ega "dengiz tovushi”, ya'ni infratovush hosil bo‘ladi. Natijada shamol ta'sirida tebranayotgan dengiz to‘lqini yuzasida bir necha o‘n kilovat kuchga ega bo‘lgan "infratovush o‘chog‘i” yuzaga keladi.
 
Kuchsiz tebranishga ega bo‘lgan tovushning tezligi esa 1200 s/km ga yetadi va buni insonning (hayvonlarning ham) tana sezgilari ilg‘amaydi. Negaki, inson qulog‘i, ya'ni eshitishni nazorat qiladigan miya yarim sharlaridagi asab tolalari faqat ma'lum tebranishli tovushlarni tahlil qila olishi, demak, eshitish qobiliyatiga ega.
 
Amerikalik fizik Robert Vilyams Vud (1868–1955), bundan tashqari, ayrim yevropalik tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, kuchsiz tebranishli tovush inson va hayvon organizmiga salbiy ta'sir ko‘rsatar ekan.
 
Robert Vud mazkur mavzuga bag‘ishlangan tajribani teatr binosida, aktyorlar repetitsiya qilayotgan chog‘da o‘tkazishga qaror qildi. Odatda zararsiz deya qaraladigan kuchsiz tebranishli tovush ular tomonga bir necha daqiqa davomida uzatildi.
 
Natijada teatr jamoasida hech bir sababsiz taxlika, ur­to‘polon, qo‘rquv, nima qilib bo‘lsa ham teatr binosini tark etishga harakat qilish harakatlari kuzatiladi.
 
Demak, suv sathida to‘fon turishidan oldin kuchsiz tebranishli infratovush paydo bo‘lishi, tovush ta'siriga tushgan ekipaj a'zolari sarosimaga tushib bir­birlarini suvga uloqtirishi ehtimoldan holi emas.
 
Boshqaruvsiz qolgan kema okeanning cheksiz sarhadlarida har qanday falokatga duch kelishi mumkin... 
Категория: Har-Hil | Просмотров:1988 | Добавил: Admin | Теги: Bermud uchburchagining siri: bedara | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:02:16
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031