• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1970
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 54
Гостей: 54
Пользователи 0

Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Главная » 2018 » May » 31 » Bekobodda shamollarni bo‘ysundirib, el og‘ziga tushgan Buzrukxon ota yashaydi
11:12
Bekobodda shamollarni bo‘ysundirib, el og‘ziga tushgan Buzrukxon ota yashaydi

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Toshkent viloyatining Bekobod tumanida istiqomat qiluvchi, xalq orasidagi rivoyatlar qahramoni bo‘lgan, shamollarni bo‘ysundira olgan Buzruk bobo haqida maqola tayyorladi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

Nahotki, u kim ekan deysizmi? Albatta, bu so‘zning rostligiga kafillik beruvchi hujjatlar, insonlar va voqealar bor, deyiladi maqolada.

Keling, avvalo sizga bu inson haqida so‘zlab beraylik. Shu maqsadda Toshkent viloyatining Bekobod tumanida "Hazrat mulla” jome masjidiga bordik.
– Bu insonning asl ismi Ne’matilloxon ibn Zaynobiddin Mag‘ribiy bo‘lib, Hazrati Ali vorislari bo‘lmish Hasan va Husanning nabirasi bo‘lganlar, – deydi Sahobiddin Ahatov. – Taqdir taqozosi bilan Buzruk bobo milodiy 950-yillarda Buxorodan Xo‘jand shahriga yo‘l olgan. Shu tariqa Bekobodda hozir biz turgan manzilgoh bunyod etilgan.

Xalq orasidagi rivoyatlarga qaraganda, Buzruk bobo dehqon bo‘lgan. Abdullaxon podsholigi davrida hammani yig‘inga chaqirganda Buzruk bobo kelmagan, borgan yasovullarga esa handalak pishganda boraman degan javobni bergan. Ikki kundan keyin yana qaytib kelgan yasovullarga xonga tortiq sifatida ikkita handalak berib yuborgan ekan. Podsho handalaklarni kesib qarasa, biridan asal, boshqasidan esa qon tomgan ekan. Asal tomgani — xalqning shirin turmushi, qon esa podshoning jabr-zulmi ramzi ekan. Podshoning g‘azabi oshibdi.

 Ammo, shu payt eshak minib olgan dehqon hassasi uchiga katta bir cho‘qqini ko‘tarib kelayotgan emish. Olomon qochibdi. Sarosimada qolgan Abdullaxon dehqonga ta’zim qilibdi.

– O‘rningdan tur! Endi odil podsholik qilgin! — deb uqtiribdi keluvchi.

Qo‘lidagi katta cho‘qqini Takali qishlog‘i yoniga otib yuborib, "Seni tog‘dan uzib olib, yetim qilib qo‘ydim. Endi sen yetim cho‘qqi bo‘lding”, — deb karomat qilibdilar.

Hozirda O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida joylashgan katta bir cho‘qqi Yetim cho‘qqi deb ataladi.

– Bobokalonimizning hassasi sehrli bo‘lgan, uning yordamida ko‘pgina muqaddas buloqlar paydo bo‘lgan, – deydi 90 yoshli Umidxonbobo Ahatov. – "Chanoqbuloq”, "Boboy-ob”, "Obigarm” kabi buloqlar xalq orasida mashhur bo‘lib, ular shubhasiz bobokalonimiz nomi bilan bog‘liq. Arslonbob va Zangi otalar ham hazratning shogirdlaridan.

Hayron bo‘lib turganimizni ko‘rgan Umidxon bobo dalil keltirish uchun nabiralariga asoni olib chiqishni buyurdi. Ular kattagina o‘ralgan matoni keltirib qo‘yishdi. Unda teriga yozilgan avlodlar shajarasi va aso o‘ralgan ekan.

– Bu buyumlar avloddan-avlodga o‘tib, saqlanib qolgan, – deydi Umidxon bobo. – Bular avlodning yoshi ulug‘ida turadi. Hassaga ega bo‘lgan odam xalqqa tuya xudoyi qiladi. Tuyadan boshqasi o‘tmaydi. Axir, tuya o‘z nomi bilan hayvonlarning buzrugi.

Mag‘rib-u Mashriqdan kelib-ketuvchi karvonlar uchun ham o‘ziga xos qo‘nimgoh bo‘lib kelgan Buzruk bobo ziyoratgohi yillar davomida minglab mo‘min-musulmonlarning muqaddas manzilgohiga aylangan.Bu yerga Buxoroi sharifdan, hattoki Arabistondan ham ziyoratchilar kelib turgan. Ziyoratgoh milodiy 12—13-asrlarda obod maskan bo‘lgan. Biroq, Chingizxon qo‘shinlari unga katta talafot yetkazgani bois, ziyoratgoh 16-asrga qadar qarovsiz qolgan.

1502-yilda Mirzo Bobur bu yerlarga kelib, qabrni g‘isht devor bilan o‘rab, daraxt ko‘chatlari ekib ketgani aytiladi. 19-asrda Qo‘qon xoni Xudoyorxon qamishzorlar orasida qolib ketgan maqbara yonida baland minora qurdirdi. Ming afsuski, keyinchalik bu minora ham buzilib ketdi.

Keyingi o‘n yilda ziyoratgohda yana ta’mirlash ishlari olib borilibdi. Hozirda viloyatning turizm dasturiga kiritilgan bo‘lib, uning atrofini obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan ekan.

Borganimizda bildikki, Bekobodning mashhur, bebosh shamoli ziyoratgoh atrofini kezmas ekan. Aytishlaricha, o‘ynoqi va kuchli shamoldan bezgan Buzruk ota 2—3 metr naridan aylanib o‘tishin istab duo o‘qigan ekan. Shamol hamon bu hududga yaqin kelmas ekan. Juda qiziq. Ishonmasangiz borib ko‘ring.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1318 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:34
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь