• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Dekabr » 16 » Behzod Muxammadkarimov Mening Rolimga Boshq ovoz bersa sudga beraman
00:11
Behzod Muxammadkarimov Mening Rolimga Boshq ovoz bersa sudga beraman

Loyihaning galdagi­ mehmoni O‘zbek Milliy akademik drama teatri va kino aktyori, dublyaj sohasida o‘ttiz yildan buyon samarali ijod qilib kelayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Behzod MUHAMMADKARIMOV. Anglaganingizdek, "Ochiq xat” dublyaj sohasidagi kamchiliklar xususida…

"1990 YILI SINXRON DUBLYAJ INQIROZGA UCHRADI”

— Yodimda, institutni tamomlaganimdan buyon har kuni dublyajga borganman. Dublyaj qirollari Razzoq Hamroyev, Hamza Umarov, To‘lqin Tojiyev, Obid Yunusov, YOqub Ahmedovlarning ishini yonida jim o‘tirib, ertalabdan kechgacha diqqat bilan kuzatardik. Gohida salom berib o‘tib ketadigan qahramonlarga ovoz berardik, ommaviy sahnalarni ovozlashtirishda ishtirok etardik. Ustozlar bilan yonma-yon bo‘lish biz uchun katta "maktab" bo‘lgan. Hozirgi yoshlarga ham shunday baxt va "maktab" vazifasini o‘taydigan imkoniyatni taqdim qilish kerak.

1988 yili rahmatli rejissyor Hotam Fayziyev real voqyealarga asoslangan "Oq bino oqshomlari” filmini suratga olish ishlarini boshlagan va tomoshabin real voqyealarga asoslangan kinokartinani to‘laligicha qabul qilishi uchun yangi chehralarni yig‘gan. Natijada ilk bor fotosinovdan kinosinovgacha yetib borganman. Ovoz berish jarayoni kelganida rejissyor "Senga kim ovoz bersin?” deb so‘ragan. Shunda "Menga kimdir ovoz bersa, hammani sudga beraman! Necha yillardan buyon bu imkoniyatni kutib yuribman, axir”, deya o‘zimga-o‘zim ovoz berganman. U vaqtlarda aktyorning ruxsatisiz uning qahramoniga boshqa aktyor ovoz bersa, sudga berish mumkin edi. Qisqasi, ovoz berganimning ertasiga uchta dublyaj studiyasida talash bo‘lganman (kuladi). Shu tariqa dublyajdagi faoliyatimni aynan sof dublyajdan boshlaganman, ustozim Mukambar Rahimova.

Avvalgi sinxron dublyaj, bu — haqiqiy professional dublyaj edi. Boisi ovozlashtirilayotgan film yo serialning nusxasi yaratilardi. Shu bois ham sof dublyajda ekrandagi qahramonga qolipdek tushadigan ovoz qidirilardi. Qolaversa, filmda qancha qahramon bo‘lsa, ovozlashtirish uchun xuddi shuncha aktyor jalb etilgan. Qator repetitsiyalardan so‘nggina ovozlashtirishga o‘tilardi. 1990 yili ushbu dublyaj inqirozga uchradi va bu soha televideniyega ko‘chdi. Televideniye dublyaji dublyaj emas! Bu — kadr ortidan sinxron tarjima, u yerda aktyorning oldida mutlaqo boshqa vazifa turadi. Shuning uchun bitta filmdagi barcha erkak yo ayol qahramonlarga ovozi tushadigan, tomoshabinning jig‘iga tegmaydigan — "neytral”, universal maxsus ovoz talab etiladi. Bugun to‘rtta aktyor filmdagi barcha qahramonlarga ovoz beradi. Biroq kadr ortidan sinxron tarjima avvalgi sinxron dublyajga nisbatan qiyin ish. Masalan, bitta filmda o‘n beshta qahramonga ovoz beraman. Ustiga-ustak, yoshi ham, fe'l-atvori ham bir xil qahramonlar chiqib qoladi. Ularni bir-biridan ajratish juda mushkul ish. So‘z isboti bilan bo‘lsin, "Ko‘sem” serialidagi qahramonlar — sulton Ahmad va Iskandar tengdosh, fe'l-atvori ham farq qilmaydi. Dublyaj rejissyorimiz Bahodir Qosimov ikkalasini ajratishni talab qiladi. Iskandarni jaydari, sulton Ahmadni vazminroq qilib oldim.

Bugungi dublyajda qo‘lingizga matnni olishingiz bilan bitta urinishda ovozlashtirish kerak. Tezkor zamonda dublyaj ham shiddatkorlikni talab qilyapti. Tezkor dublyaj aslida dublyaj poydevorini yemiryapti... Rossiya filmlarini hali-hanuz sinxron dublyaj qiladi, biz esa uddasidan chiqolmayapmiz. Vaqt va mablag‘ muammosi sabab shunday ishlashga majbur bo‘lyapmiz...


Hujjatli filmlarni ovozlashtirishda tuni bilan uxlamaganim bois gohida xayolim qochadi. Shunday vaqtlarda o‘zimga-o‘zim "nima qilyapsan?” deyman... Dublyaj aktyorlari har qanday sharoit­dan chiqishga majburmiz.

"YOSHLARNI DUBLYAJGA OLIB BOROLMAYOTGANIMDAN UYALAMAN”

— Dublyaj rejissyorlarining katta xatosi universal ovozli sanoqli aktyorlargagina murojaat qiladi. Aslida yoshlarni ham jalb qilish, o‘rgatish kerak. Shaxsan o‘zim teatrimizdagi iqtidorli yoshlarni dublyaj rejissyorlariga tavsiya qilib, ma'lumotlarini yozdirib ham qo‘yganman. Chunki dublyajda bizdan keyin izdoshlar qolishini istayman. Lekin "O‘ztele­radiokompaniya”ga kirib-chiqish talablari qat'iy bo‘lgani bois, yoshlar hozircha dublyajga bora olishmayapti. Ochig‘i, yoshlarni dublyajga olib borolmayotganimdan o‘zim uyalaman. Ovozimiz universal bo‘lgani uchun Afzal Rafiqov, Oybarchin Bakirova, Noila Toshkenboyeva,­ Mahmud Ismoilov, Barno Qodirova, Boir Xolmirzayev, Sanjar Sa'dullayev, Fathulla Mas'udov, Zulxumor Mo‘minova, Dildora Rustamova, Mohira Nurmatova, Elyor Mirzohidov, Dildora Bekjonova va mengina ishlay olyapmiz. Qolaversa, bugungi kundagi o‘zbek film­lariga tasodifan yo qiziqishi tufayli kelib qolgan "aktyorlar”ning "ijrosi”ni katta ekranlarda dublyaj aktyorlari mahorati tufayligina tomoshabin "zo‘r o‘ynabdi”, deya ko‘ryapti. Aslida u filmlarda dub­lyaj aktyorlari rol ijro etyapti! Ko‘plab aktyorlarni dublyajda ishlashga sabri, asabi chidamaydi. Masalan, ham­kasbim Tohir Saidovning zo‘r ovozi bor, lekin "dub­lyajda ishlash menga emas, toqatim yetmaydi!” deb ochiqcha aytadi.


Asli dublyajning uslublari o‘zgargani bois ham sof dub­lyajning "maktab”i yo‘qolib ketgan. Dublyaj rivojiga to‘siq bo‘layotgan kamchilik­larni bartaraf etish uchun balki avvalgi sof dublyajni tik­lab, "O‘zbekfilm” qoshiga qaytarish, O‘zbekiston Davlat san'at va madaniyat ins­titutida dublyajdan darslar qo‘yilsa, aynan dublyaj aktyorlari dars bersa, natija bo‘y ko‘rsatarmidi?.. Shunda dublyaj rejissyorlari istalgan aktyorini chaqirish imkoniyatiga ega bo‘lar va sifat ko‘rsatgichi oshardi.

"OVOZNI ISHLATISH UCHUN "YURAK” KERAK”

— Sinxron dublyajda ishlagan ko‘pgina aktyorlar rus aktyorlarini o‘zbek tilida "gapirtirolgan”. Masalan, dublyaj aktyorlari Vohid Qodirov rus aktyori Yevgeniy Leonovni, Dias Rahmatov rus aktyori Georgiy Vitsinni o‘zbek tilida "gapirtirishgan”. Leonov va Vitsin hatto "o‘zbek tilida ham yaxshi gapirar ekanman”, deya o‘zbek dublyajini e'tirof etishgan. YAqinda Leonovga boshqa aktyor ovoz bergan filmni ko‘rdim, ovoz qolipdek tush­magan. Bunday omadli taso­diflar sa­noqli bo‘ladi, albatta. Lekin ho­zir ham hind aktyorlari Shoh­ruxxon, Amirxon, Salmonxon, Gollivuddan Tom Kruz, Arnold Shvarsenegger, Bred Pitt, Leonardo Di Kaprio kabi aktyorlarni o‘zbek tilida "gapirayotganiga” tomoshabin ishonyapti. Bunda dub­lyaj aktyorlari Sanjar Sa'dullayev, Fathulla Mas'udov, Dildora Rustamova, men va ustozlarimiz bor mahoratimizni ishga solyapmiz. Ochig‘i, Dildora Rustamova dublyaj­ga aktyorlikni emas, jurnalistikani tamomlab kelgani uchun nazarga ilmaganman. Oradan yillar o‘tib, dublyajga qaytganimda, ustoz darajasiga yetganiga guvoh bo‘ldim. Aytmoqchi bo‘lganim, niyat, harakat kuchli bo‘lsa, hattoki aktyorlikni tamomlamaganlar ham yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishishi mumkin. Dublyajda ovoz muhim, lekin uni ishlatish uchun "yurak” bo‘lishi shart! Yodimda, dublyajda yong‘in xavfsizligi xodimi bosh qahramonlarga qoyilmaqom qilib ovoz bergan. Bu bilan ustoz ko‘rishi shart emas, deyish fik­ridan yiroqman. Aytish joiz, dublyaj sohasida ustoz-shogird an'anasi ham oqsagan. Izdosh qoldirish istagim kuchli bo‘lgani bois imkon qadar shogird tayyorlayapman. Nasib bo‘lsa, avlodma-avlod davom etib kelayotgan dublyaj san'ati "zanjiri” uzilib qol­maydi. Masalan, Alisher Uzoqov, Akmal Mirzo, Ulug‘bek Qodirov, Dildora Bekjonova munosib davomchi bo‘la olishadi. Alisher Uzoqovning ovozi universal, Ulug‘bekning ovoz tembri zo‘r, dublyaj aktyori Hamidulla Narimonovning ovoziga o‘xshaydi. Ulug‘bek kutilmaganda "g‘azal o‘qigim kelyapti”, deb qoldi. Qiziqishi, harakati borligi uchun buni ham o‘rgatyapman.


Shaxsan o‘zim O‘zbekiston xalq artis­ti YOqub Ahmedovga ixlos qilganman. Boisi u kishi ham sahna, ham kino, ham dublyajda birinchi raqamli ijodkorlardan. Shukr, bugun ustozim singari har uchala yo‘nalishda faoliyat yurit­yapman, niyatda gap ko‘p. Yosh aktyorlar ham hozirgi dublyaj aktyorlariga ixlos qilib, tirishqoqlik bilan shu sohaga intilayotgan ekan, dublyajning ertasi ishonchli qo‘llarda. Faqat ularga imkoniyat berilsa, bas!
Категория: Har-Hil | Просмотров:1795 | Добавил: Admin | Теги: Behzod Muxammadkarimov Mening Rolim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:06
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031