• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 21 » Beeline abonentlari soxta aksiya sabab 1 mlrd so‘m yo‘qotdi
17:01
Beeline abonentlari soxta aksiya sabab 1 mlrd so‘m yo‘qotdi

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi "Beeline 
Uzbekistan” mobil operatori abonentlarga "G‘olib bo‘l va yutib ol!” aksiyasi bo‘yicha soxta reklama orqali iste’molchilarga noto‘g‘ri ma’lumot 
berganligi uchun "ViaMobi” MCHJga nisbatan qarshi ish qo‘zg‘atdi.

Xususan, aksiya ishtirokchilari – iste’molchilar so‘roviga binoan ularning telefon raqamlariga "Sizning  telefon raqamingiz 100 000 000 so‘mlik super yutuqning sohibi sifatida tanlandi! Xizmatga obuna bo‘lish narxi kuniga 1999 so‘m” kabi mazmundagi SMS-xabar yuborilgan.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan yuborilgan so‘rovni "ViaMobi” MCHJ batafsil o‘rganib chiqqanidan so‘ng mazkur aksiyada ishtirok etishga e’tiborni jalb qilish uchun tanlangan Abonentlar guruhiga SMS-xabar yuborilganligini tan oldi. Matnni moslashtirish (tarjima qilish) jarayonidagi xato tufayli xabarning ma’nosi o‘zgarib ketgan. Natijada abonentlar "Siz g‘olib bo‘lishingiz mumkin” o‘rniga (Hisobni to’ldirganingiz uchun Sizga 500 ball taqdim etildi. Sizning raqamingiz 100 000 000 so’mlik super yutuqning ehtimoliy sohibi sifatida tanlandi! SMS orqali 3 sonini 6767 ga yuboring! Xizmatga obuna bo’lish narxi 1999 so’m/kun. Ma’lumot: http://win.beeline.uz)” mazmunida yuborilgan noto‘g‘ri matnni olganlar.

Ushbu reklama aksiyasida 749 ming iste’molchi ishtirok etgan bo‘lib, joriy yilning mart oyi holatiga umumiy daromad miqdori 1 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Shu munosabat bilan "ViaMobi” MCHJ tomonidan taqdim etilgan reklama beruvchiga nisbatan  O‘zbekiston Respublikasi "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” va "Reklama to‘g‘risida”gi qonunlarni buzganlik uchun ish qo‘zg‘atildi.

"Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, noto‘g‘ri reklama oqibatida sotib olingan tovar (ish, xizmat) tufayli 
iste’molchiga yetkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim.

"Mazkur holatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berilishini ma’lum qilamiz.

Iste’molchilar diqqatiga – "G‘olib bo‘l va yutib ol!” aksiyasi ishtirokchilari noto‘g‘ri reklama natijasida yetkazilgan zarar qoplanishi to‘g‘risida Agentlik va "ViaMobi” MCHJga murojaat qilishingiz so‘raladi”, deyilgan agentlik xabarida.
Категория: Har-Hil | Просмотров:514 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:47
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь