Har-Hil [10401] |
Turfa olam [22] |
Odnoklassniki Sirlari [39] |
Dunyo Habarlari [26] |
Telefon Kodlari [18] |
Telefonlar Haqida [8] |
Sherlar [108] |
Futbol Yangiliklari [30] |
Maslahatlar [37] |
Latifalar [81] |
Yangi Yil Tabriklari [2] |
Senga Oshiqman [3] |
Bilimlar [6] |
Yulduzlar Biografiyasi | Юлдузлар Хаёти [126] |
Tush Ta'birlari [486] |
Muchal va Burjlar [8] |
![]() | Xamid Toshpo'latov Biografiyasi |
![]() | Anvar Kartayev Biografiyasi |
![]() | Ma'suda Otajonova Biografiyasi |
![]() | Lola Eltoyeva Biografiyasi |
![]() | Husan Sharipov Biografiyasi |
![]() | Gulnora Qosimova Biografiyasi |
![]() | Yodgora Ziyomuhammedova Biografiyasi |
![]() | Shaytanat Xongrey Biografiyasi |
![]() | Barno Qodirova Biografiyasi |
![]() | Farziddin Fayozov Biografiyasi |
![]() | Hoshim Arslonov Biografiyasi |
![]() | Gulchehra Ibrohimbekova Biografiyasi |
![]() | Erkin Komilov Biografiyasi |
![]() | Dildora Rustamova Biografiyasi |
![]() | Alisher Hamroyev Biografiyasi |
![]() | Afzal Rafiqov Biografiyasi |
![]() | Ra'no Shodiyeva Biografiyasi |
![]() | To'lqin Tojiyev Biografiyasi |
![]() | Zuhra Ashurova Biografiyasi |
![]() | Behzod Muhammadkarimov Biografiyasi |
![]() | Tush tabiri - Tushda Yel chiqarish ko'rish |
![]() | Tush tabiri - Tushda Kaklik ko'rish |
![]() | Tush tabiri - Tushda Ho'kiz ko'rish |
![]() | Tush tabiri - Tushda Hulkar yulduz ko'rish |
![]() | Tush tabiri - Tushda Homiladorlik ko'rish |
![]() | Tush tabiri - Tushda Hojatga chiqish ko'rish |
![]() | Tush tabiri - Tushda Hojatga borish ko'rish |
![]() | Tush tabiri - Tushda Hovuz ko'rish |
![]() | Tush tabiri - Tushda Hassa ko'rish |
![]() | Tush tabiri - Tushda Hammom ko'rish |
20:11 Baxtga yetmasam kerak | |
![]() Esimda, bundan bir yil avval,dugonalarim bilan maktabni bitirgan edik. Charaqlab yonayotgan quyosh ostida, yosh bolalarday hiyobon arg‘imchoqlarida uchgandik, muzqaymoq yegandik, kechgacha sayr qilgandik. Men bahtli edim, juda bahtli! Biroq, buni o‘sha damda bilmagan ekanman... 2012 yil 17 iyun Bugun menga yangi shifokor biriktirildi. issiq havoda ko‘p yurish zararli. Ayni shu sabab, bir o‘zim zerikib gullarni tomosha qilardim. Birdan eshik ochildi-yu, oq halat kiygan, baland bo‘yli, yoqimtoy doctor kirdi. U juda ham muloyim, tarbiyali, mehribon ediki... —Endi seni shifokoring menman. Hali hammasi yaxshi bo‘ladi. — Men tuzalmasligimni bilaman doktor... — Yo‘q!— dedi u men tomonga egilib, ko‘z qisarkan,— Sen albatta tuzalasan, menga ishonaver. U menga kulib qaradi-da, honadan chiqib ketdi. Yashagim kelib ketdi... 2012 yil 25 iyul Biz doktorim bilan har kuni suhbat quramiz. U hayotim, rejalarim, orzularim va hozirgi ahvolim hususida turli savollar beradi. — Yoshingiz nechchida? — dedim yurak yutib. — Yoshim?!— dedi u ajablanib va muloyim jilmaydi. — Yigirma to‘qqizda. — Nahotki?! Lekin siz juda yosh ko‘rinasiz... — Yoshligim qolibdimi. Mana seni yosh desa bo‘ladi. O‘n yetti yosh! — u jovonimdagi dorilarni qo‘liga olib, nimalarnidir o‘qir, menga qaramas, lekin savollarimga erinmay javob berardi. — Mana bu dori achchiqroq. — Siz uylanganmisiz? — Uylanganmisiz?— savolimni takrorladi va miyig‘ida kuldi.— Hali sendakasini uchratmadim-da. Qani endi uxlab ol, charchab qolasan. 2012 yil 4 avgust Kecha meni ko‘rgani oila a'zolarim kelishdi. Ularning kulib turgan yuzlariga qarab, aslida ichlarini it tirnayotganini bilish mushkul emas.— Ko‘rinishing yaxshi qizim! — Ha dada menga yaxshi qarashyapti... — Singlim ancha o‘zingga kelib qolibsan! Dadam va akam kuchlarini jamlab bu gaplarni ayta olishdi-yu, biroq onam hech narsa deyolmadi. Hamma rol o‘ynayotgan bir paytda kichik singlim bor haqiqatni aytib qo‘ydi. — Opa sochingizni nega qirqib tashladingiz, juda hunuk bo‘p qopsiz... 2012 yil 17 avgust. Tobora majolim yo‘qolib boryapti. Meni ko‘rgani kelganlarning og‘zida bir gap : "tez orada tuzalib ketasan!” Ko‘zguga qarab ahvolimga kulgim keladi. Oriq tana, oqarib ketgan yuz, sochsiz bosh, nursiz ko‘zlar. Kimyo terapiyasidan so‘ng qosh va kipriklar to‘kilishi haqida ogohlantirishdi. — Sen juda aqlli qizsan. Mudom kulib turishing taqsinga loyiq!— deydi men uchun qadrdon insonga aylanib borayotgan doktor. — O‘lishingni bilsang ham masxarabozga o‘xshab kulaverasan deysizmi?!— undan ko‘z uzmay, tartibli harakatlarini kuzatardim. —yo‘q!— dedi u hayajon bilan qarshimda tiz cho‘karkan.— Bunday dema. S-sen hali yashaysan! — Siz juda yaxshi odam ekansiz, bilasizmi nega ? — Nega? — Yolg‘on gapirayotganda sezdirib qo‘yarkansiz... 2012 yil 25 avgust. O‘n yetti yoshga kirib, hech kimga ko‘ngil qo‘ymaganman. Ammo bugun... Ha u mening doktorim! Samimiy, oqko‘ngil, tarbiyali, mehribon shifokor. Har kuni, u yonimga kirishidan avval oynaga qarayapman, atir sepyapman, nimalar to‘g‘risida gapirishim ma'qulligini chamalayapman. Bu satrlarimni kimdir o‘qisa, ustimdan rosa kulsa kerak. Yo‘q, kimdir bu sirimni bilishini, qalbimda uyg‘ongan yagona, birinchi va ohirgi hisni anglab qolishini hohlamayman.. 2012 yil 12 sentyabr Kun sayin yozishga-da, kuchim qolmayapti. Qalam tutgan barmoqlarim, ikki satr yozadi-yu, qog‘oz ustiga qulaydi. Tomog‘im qurib, tez chanqaydigan odat chiqardim. Aytishlaricha, o‘lim oldidan odamlar juda ko‘p chanqasharmish... Yashagim kelyapti... 2012 yil 17 oktyabr. Hayot shunchalar shirin ne'matki... Garchi madorim yetmasa-da, o‘rnimdan turdim, qalam oldim. Yozyapmanu, titrab ketyapman. Derazadan qarab to‘ymayapman. Bugungi voqyeani yozmasdan ilojim yo‘q. — Doktor havo ajoyib! — Ha. — Nega hafasiz? Yig‘layapsizmi? Ha siz ishni endigina boshlagansiz-ku, o‘rganib ketasiz. Hali qo‘lingizda yuzlab odamlar o‘ladi... — Unday dema! — Sizga omonatim bor. Mana bu qo‘limdagi kundalikni vafotimdan so‘ng olib, o‘qib chiqing. U yostig‘im ostida bo‘ladi. Oxirgi bir yilini bo‘lsa-da! Iltimos... Ko‘zlaridan yosh oqayotgan doktorim menga uzoq tikilib turdi-da, "Men ham seni yaxshi ko‘raman” dedi. Qanday baxt! Ammo biz saraton kasaliga yo‘liqqanlarmiz, ahmoqlar emas. U meni aldaganini, faqat insoniylik yuzasidan shunday deganini yaxshi bilaman. Qadrdonim, ellik yildan keyin ham qo‘lingizda jon berayotgan bemorlaringizga, bugungiday iltifot ko‘rsating, zora shunda men yetmagan baxtlarga yetsangiz! Ortiq yozmasam kerak, ortiq nasib bo‘lmasa kerak... | |
|
Всего комментариев: 0 | |